Predmetning turli belgilarini, bir predmetning ikkinchi predmetga qarashli ekanligini bildiruvchi ikkinchi darajali bo'lak aniqlovchi deyiladi. Aniqlovchi qanday? qanaqa? qaysi? qancha? kimning? nimaning? qayerning? kabi so'roqlaridan biriga javob beradi. Masalan: Oq, sariq. qizil, rang-barang chirmoviqlar, tikanli gullaming hammasi shudring bilan top-toza yuvilgan. (O.Yo.) Aniqlovchi asosan, otga bog'lamb keladi. Aniqlovchi qanday ma'noni ifodalashiga ko'ra uch xil: 1) sifatlovchi, 2) qaratqichli, 3) izohlovchi.
Sifatlovchi. Predmetning belgi-xususiyatL hajmi, shakli, maza-ta'mi, rang-turi, miqdor-darajasi, tartibi kabilarni bildiruvchi aniqlovchi turi sifatlovchi deyiladi. Sifatlovchi bog'lanib kelgan so'z sifatlanmish deyiladi. Sifatlovchi o'z sifatlanmishiga bitishib yoki bog'lanib, sifat, son, olmosh, ravish, sifatdosh. undov, taqlid so'zlar va so'z birikmasi bilan ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |