O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI URGANCH FILIALI “KOMPYUTER INJINERINGI” FAKULTETI “AXBOROT XAVFSIZLIGI” YO’NALISHI TALABASI
GANJABOYEV SHOKIRJON
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Ekologik iqtisodiy tarbiya .
Topshirdi: Ganjaboyev Shokirjon
Qabul qildi : Abdullayeva Shohida
URGANCH 2022
Reja:
1.Oilaning Ekologiya masalalarga yondashuvi.
2..Bolalarga ilk iqtisodiy bilimlarni berish tog’risida
3.Yoshlarning ongini rivojlantirish.
4.Xulosa.
. Iqtisodiy tarbiyaning hozirgi kundagi ahamiyati, uning maqsad va vazifalari yoritib beriladi. Iqtisod, iqtisodiyotning o`zi nima? Bu tushuncha yunon olimi Geliot tomonidan kiritilgan bo`lib, bu – «uy xo`jaligini boshqarish san’ati» ma’nosini anglatadi. Keyinchalik bu tushunchaning mohiyati kengayib, ma’nosi ham to`ldirib borilgan. Iqtisodiyot – bu juda keng va murakkab tushuncha. Iqtisod atamasi tor ma’noda inson yaratgan barcha boyliklarni tejash, shuningdek, inson mehnatini qadrlash ma’nosini anglatadi. Keng ma’noda iqtisodiyot insonning tirikchiligini o`tkazishga qaratilgan xo`jalik faoliyati bo`lib, bu faoliyat ishlab chiqarishdan boshlanib, yaratilgan mahsulotlarni iste’mol etish bilan yakunlanadi.
Demak, iqtisod inson faoliyatining asosiy jihati bo`lib, jamiyatning eng muhim negizi, uning poydevori hisoblanadi. Chunki, eng avvalo, insonning inson sifatida talab-ehtiyojining qondirilishi, albatta, uning iqtisodiy faoliyati asosida erishiladi.
2. Mehnat tarbiyasining iqtisodiy tarbiya bilan aloqadorligi va iqtisodiy ta’lim, iqtisodiy tarbiya haqida fikr yuritiladi. Iqtisodiy ta’lim o`quvchilarga xo`jalik yuritish tizimi (oila byudjetini shakllantirish, xo`jalikni yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko`paytirish, savdo-sotiq munosabatlarini to`g`ri tashkil etish va hokazolar) to`g`risidagi nazariy bilimlarni berishga yo`naltirilgan pedagogik jarayon.
Iqtisodiy tarbiya o`quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish, ularda xo`jalik yuritish faoliyat (oila byudjetini shakllantirish, xo`jalikni yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko`paytirish, savdo-sotiq munosabatlarini to`g`ri tashkil etish va hokazolar)ni tashkil etish ko`nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat pedagogik faoliyat jarayoni.
Yurtboshimizning bu masalaga iqtisodiyotning rivojlantirishning muxim 5 tamoyili iktisodiyot siyosatdan ustun bulishi. Davlat bosh islohatchi bulishi. Qonun ustivorligi. Axolining ijtimoiy ximoyasi. Bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o`tilishi haqidagi qarashlari va iqtisodiy tarbiya berishning yo`l-usullarini ham ko`rib chiqishi lozim.
3. Tabiat bilan inson o’rtasidagi o’zaro munosabatlar ma’lum qoidalarga bo’ysungan holda boradi.Bu qonunlarni buzilishi ertami kechmi ekologik xalokatga olib keladi. Mustaqil respublikamizdagi ekologik muammolar umumijtimoiy masalalarning ajralmas qismi hisoblanib,keng jamoatchilik oldidagi xal etilishi zarur bo’lgan masalalardan biridir.Ekologiya tushunchasi fanga birinchi bo’lib ,1866 yilda nemis biologi E.Gekkel tomonidan kiritilgan. Ekologiya yunoncha so’z bo’lib ,uning ma’nosi tirik organizmlarning yashash sharoiti yoki tashqi muxit bilan o’zaro munosabatini bildiradi. Ekologik ta’lim va tarbiyani bog’chadan hamda umumta’lim maktablarining 1- sinfidan boshlash kerak. Ekologik tarbiya insonning tabiatiga, biosferaga bo’lgan yangicha munosabatlarni shakllantirishda muhim bosqich hisoblanadi. Ekologik tarbiya atrof muhitga, olamga, xayvonot va o’simlik dunyosiga muxabbat va extiyotkorona munosabatlarni shakllantirish jarayonidir.
Ajdodlarimiz bu masalaga aloxida e’tibor bilan qaraganlar . Bolalar go’daklik chog’laridanoq axloqiy va mehnat tarbiyasini oilada boshlaganlar. Ularda mehnatga muxabbat atrof muxitga xurmat, obodonchilik va ko’kalamzorlashtirish hissi shakllantirilgan. Oila davrasida farzandlarga "Suvga tuflama, uni iflos qilma, chunki barcha jonivorlar uni ichib baxra oladi", "Birni kessang, o’nni ek" kabi o’git, nasixat qilganlar. Hozirda umumta’lim maktablarining 5 - sinflaridan boshlab, e k o l o g i ya fani o’qitila boshlanadi.
4. Bolalarda ekologik xususiyatdagi tasavvurlarini kengaytirishda tarix va geografiya fanlarining imkoniyati katta. Bundan 500 yil,1000 yil avval o’lkamiz tabiati qanday bo’lgan , o’simlik va xayvonot olami qanday bo’lgani kabi savollarga javob topish mumkin. Ona tili darslaridagi ko’plab mashqlar o’quvchilarda tabiatga mexr uyg’otishi qo’l keladi.
Matematika fanida beriladigan ekologik ta’lim tarbiya jarayonida o’quvchilar tabiatidagi salbiy yoki ijobiy o’zgarishlar inson sog’ligiga qanday ta’sir qilishi haqida aniq tasavvurga ega bo’lishadi. Masalan: Respublikamizda 1200 ga yaqin sanoat korxonasi borligi, ular xavoga 1500 tonnaga yaqin zaharli moddalarni chiqarayotganligi, bunday holat 10 yil, 20 yildan keyin shu maromda ketaversa nimalarga olib kelishi mumkinligini misollar vositasida ekologik falokat oqibatlari yoshlarga tushuntiriladi.
Ekologik yo’nalishdagi to’garaklarda bolalar tabiatga zarar yetkazmaslikka, tabiat go’zalliklaridan zavqlanishga, atrof muxitni sevishga o’rgatilib boriladi.
To’garak mashg’ulotlarida o’tiladigan "Tabiatni e’zozlaylik", "Tabiat va inson", "Ekologiya va inson", "Orol madad so’raydi", "Kushlar bizning do’stimiz" kabi mavzularda tabiatga qiziqishni yanada oshiradi. O’qituvchining bolalarga ekologik ta’lim tarbiya berishda xalqimizning o’ziga xos milliy tarbiyasidan o’rinli foydaanishi yaxshi samara beradi.
Tabiatshunoslar” guruhi maktabgacha yoshdagi bolalarni nafas oladigan havoni, suvni, yerni ifloslamaslik, jonivorlarga ozor yetkazmaslik, o`simliklarni payhon qilmaslikka o`rgatish bo`yicha o`z guruhini himoya qiladi.
“Huquqchilar” guruhi bolalarga nima mumkin, nima mumkin emas, davlat ramzlari, tug`ilib o`sgan o`lkasiga, ota-onasiga mehr-muhabbat uyg`otish masalalarini o`rgatish bo`yicha o`z guruhini himoya qiladi. O`qituvchi oxirida har qaysi guruhning chiqishini tahlik qiladi, to`ldiradi xulosalaydi.
Bolalarni iqtisodiy bilim, ko`nikma va malakalarni egallashga tayyorlash. Buning uchun maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning fikrlash doirasini kengaytirish va chuqurlashtirishga imkon beruvchi turli vaziyatlarni ishlab chiqish, bu vaziyatlarning yechish variantlarini amalga oshirishga sharoit yaratish; iqtisodiy bilimlarni egallashga zamin bo`luvchi mantiqiy, matematik fikrlarini rivojlantiruvchi o`yinlar kompleksini amalga oshirish zarur.
Ikkinchi bosqichni hayotga tadbiq etish yo`nalishlari
1. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning iqtisodiy savodxonlik darajasi mezonlarni ishlab chiqish. Shunga ko`ra dastur bo`limlarni integrasiya qilish.
“Matematika – iqtisodiy – mehnat”, tarbiya – iqtisodiy, “Ma`naviyat – iqtisod”, “Xorijiy tillar – iqtisod”, kabilar.
2. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun “O`yinlar lobirinti” tizimini ishlab chiqish va amalda sinash.
3. “Tabiatdagi ta`lim” kompleksi dasturini yaratish. Bu kompleks dasturida maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga bevosita tabiatda o`yin tarzida tabiiy boylik, ne`matlarining iqtisodiy ahamiyatini ko`rsatuvchi ta`limiy, tabiat qo`ynidagi sog`lomlashtirish kabi tadbirlar aks etadi. Bunda xorijiy tillardan rus va ingliz tillarini o`rganishga iqtisodiy tushuncha va so`zlarni ishlatishga alohida e`tibor beriladi.
Hozirgi kunda bozor iqtisodiyotiga o`tish davrida hammaga, jumladan maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar ham iqtisodiy tarbiya bo`yicha boshlang`ich tushuncha berish muhimdir. Bu yoshdagi bolalarga iqtisodiy tarbiya bo`yicha tushunchalar maxsus ravishda tashkil qilingan mashg`ulot, dars shaklida emas, balki kundalik hayotda o`yin, mehnat faoliyatlari jarayonida bolalar ongiga singdiriladi.
Tarbiyachining mohirlik bilan bolaning yosh xususiyattini, o`zlashtira olish darajasini hisobga olgan holda sharoit yaratishi muhim ro`l o`ynaydi.
Bolalar bog`chasining maktabga tayyorlov guruhida iqtisodiy tarbiya bo`yicha tushunchalarni hosil qilishga yordam beradigan alohida burchak yoki imkoniyati bo`lsa alohida xona tashkil qilish lozim. Xona yoki burchakda “Do`kon-do`kon”, “Maktab- maktab”, “Bozor-bozor”, o`yinlarini o`ynash uchun tubandagi anjomlar bo`lishi kerak.
Xulosa
Xulosa o’rnida shuni aytishim mumkinki yoshlarimizga yoshligidanoq iqtisodiy bilimlarini o’rgatib borishimiz kerak va atrof muhit bizga nechog’lik kerak ekanligini tushuntirishimiz darkordir bu ularning o’z kelajagi uchun va salomatligiga kata ta’sir ko’rsatishini anglatishimiz darkordir.
Foydalanilgan adabiyotlar
https://uz.drunkentengu.com/distantsionnyie-obrazovatelnyie-tehnologii-eto-vidyi-i-sredstva-rasshireniya-informatsionnogo-obrazovatelnogo-prostranstva-14623
https://fayllar.org/masofaviy-talim-texnologiyalari-guliston-2020.html
https://arxiv.uz/uz/documents/referatlar/pedagogik-psixologiya/masofaviy-ta-lim-texnologiyasi-1
https://freehotnews.ru/uz/syntax/tehnologiya-distancionnogo-obucheniya-harakterizuetsya-tehnologii-distancionnogo-obucheniya-skolko-stoi.html
Do'stlaringiz bilan baham: |