Gandbol o‘yinida shug`ullanuvchilarning o‘yin texnikasini va taktikasini takomillashtirish shu bilan birga mahoratini oshirish reja



Download 32,4 Kb.
bet7/8
Sana12.06.2022
Hajmi32,4 Kb.
#660320
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
GANDBOL O‘YINIDA SHUG`ULLANUVCHILARNING O‘YIN TEXNIKASINI VA TAKTIKASINI TAKOMILLASHTIRISH SHU BILAN BIRGA MAHORATINI OSHIRISH

HIMOYA TAKTIKASI
Oxirgi paytlarda Gandbol sohasidagi ilmiy-metodik va maxsus adabiyotlarda o‘yindagi hujum himoyaga nisbatan jadal sur’atlarida rivojlanayotganligi to‘g‘risida ko‘p yozilmoqda.
Mutaxassislar fikricha o‘yinning asosiy bo‘limlaridan biri bo‘lgan himoyaga murabbiylar kam e’tibor qaratishmoqda.
Biroq maxsus adabiyotlarda o‘yinchini himoya o‘yiniga tayyorlashning yagona uslubiy tavsiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar еtishmaydi. Hozirgi kunda himoya o‘yini to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish va uni amaliyotga tadbiq qilish talabi hosil bo‘ldi.
Shuning uchun aynan o‘yin himoyasiga katta e’tibor berish jamoaning xujumdagi muvaffaqiyatini mustahkamlabgina qolmasdan, unga kelgusi harakatlarda ishonch baxsh etadi.
Himoya harakatlari raqibning hujum harakatlariga javob bo‘lib, raqib taktikasining o‘ziga xos xususiyat-lariga ko‘ra amalga oshiriladi. Taktik harakatlarning tasniflanishi (30 – rasm) da ko‘rsatilgan.
Himoya o‘yini taktikasining tasniflanishi.
Shaxsiy harakatlar O‘z darvozasini mustahkam qo‘riqlash uchun himoyachi o‘yinning himoya qilish usullarini qo‘llay bilishi lozim.
Himoya taktikasi guruh harakatlari O‘tish Yordam qilish, bekinib kirish jamoa harakatlari, shaxsiy ximoya, hududiy himoya, individual harakatlar, to‘pli o‘yinchini taqib qilib, uzatilgan to‘pni, to‘psiz o‘yinchini nazorat, to‘pni olib qo‘yish, to‘siq qo‘yishni qo‘llash, urib qaytarish, chalg‘itishlar, aralash ximoya, faol harakatda, sust, chiqib, qaytib, almashib, uzatib 2,3 joy almashtirib qo‘llar bilan to‘siq qo‘yish.
O‘tib O‘tmasdan 6 : 0 5 : 1 4 : 2 3 : 3 2 : 4 5 + 1 4 + 2
Ta’qib paytida to‘siq qo‘yish paytida standart holatlarida o‘yin paytida butun maydon bo‘ylab yaqin masofadan to‘p otish zonasida chiqib chiqmasdan joyida taqib qilish. Maydon bo‘ylab taqib oldidan orqadan o‘yinchilarni taqsimlab olish Usulni bilishdan tashqari, uni muayyan bir holatda qo‘llash qoidalarini bilgan holda, amalda qo‘llashni bilish kerak. To‘pni urib chiqarishni qo‘llash. Hujumchidan to‘pni urib chiqa-rish uchun himoyachi to‘pgacha bo‘lgan masofani, o‘yinchining tezligini, o‘zining jamoadoshlarining joylashishini va beixtiyor raqiblarga to‘pni uzatmaslik uchun ularning joylashishini aniqlab olishi kerak. Urib chiqarish taktikasining asosiy sharti – uni kutilmaganda amalga oshirish. Shuning uchun himoyachi o‘zini vazmin tutishi bilan o‘z maqsadlarini bildirmasligi kerak.
To‘pni otishda olib qo‘yish. Bu taktik harakat holatida hujum-chining butun e’tibori darvozabonda bo‘lgani sababli himoyachi o‘zining maqsadlarini yashirmaydi. Bu usulni amalga oshiradigan himoyachi qo‘yidagilarga e’tibor berishi lozim:
1. Darvozaga to‘pni otayotgan o‘yinchiga nisbatan to‘g‘ri pozitsiyani tanlab olish (to‘pni otayotgan qo‘l tomonida joylashishi lozim);
2. Butun diqqatini qo‘ldagi to‘pga qaratish;
3. O‘z harakatlarini to‘g‘ri qurish uchun sovuqqonlik va sabirlilik sohibi bo‘lish;
4. To‘p tezligini yo‘qotayotgan paytida himoyachi tez va aniq harakatlar bilan usulni bajarish.
To‘siq qo‘yishni qo‘llash. Bu usulni qo‘llashda himoyachi qo‘yi-dagilarni bilishi kerak:
1) to‘g‘ri harakat qilish uchun haqiqiy to‘p urishni aldovchi to‘p urishdan farqlay ola bilish;
2) to‘p yo‘nalishini bilib olish uchun to‘p otish turini aniqlab olish;
3) darvoza zonasini yaxshi berkitish uchun hujumchi qarshisida puxta pozitsiyani egallash.
To‘psiz o‘yinchini ta’qib etish- bu himoyachining shaxsiy harakati bo‘lib, hujumchining to‘pni qabul qilishi uchun qulay pozitsiyani egallashga to‘sqinlik etishda va to‘pni ta’qiblanuvchidan olib qo‘yishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Sust ta’qib– hujumchiga darvozani ishg‘ol qilish uchun qulay pozitsiyani egallashga tusqinlik etishga qaratilgan himoyachi harakatlaridir. Bu ta’qib turi zonali himoyaga hosdir.
Himoyachi to‘p uzatishlarni, o‘yinchilar harakatini va ta’qib etayotgan o‘yinchining harakatlarini kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun darvoza maydonida joylashadi.
Faol ta’qib–bu himoyachining ta’qib etilayotgan o‘yinchiga to‘pni qabul qilishga to‘sqinlik etishga qaratilgan harakatlaridir. Himoyachi o‘zining ta’qib etayotgan hujumchisiga yaqin masofada joylashadi va sherigidan to‘pni qabul qilishiga to‘sqinlik qiladi. Agar ta’qib etilayotgan hujumchi maydonning uzoqdan to‘p otadigan joyida joylashgan bo‘lsa (31a rasm), himoyachi o‘zining ta’qiblanayotgan hujumchisining hujum chizig‘idan biroz chetrog‘ida joylashadi. Agar ta’qiblanayotgan o‘yinchi 6 metrli maydonda bo‘lsa, himoyachi to‘pli va to‘psiz bo‘lgan hujumchilar orasidan ta’qiblanayotgan hujum-chiga orqasini o‘girib joy oladi. To‘psiz hujumchini taqib qilayotgan himoyachining joylashishi:
a) darvozabon maydonidan bir qancha masofada,
b) darvozabon

Download 32,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish