Galoidlar va nitratlar
7 Galoidlar va nitratlar
Granatlar guruhi minerallari kub singoniyali; simmetriya ko‘rinishi geksaoktaedrik. Kristall qiyofasi rombik dodekaedr, tetragon-trioktaedr. Ko‘pincha donador yaxlit massalar holida topiladi. Granatlarning rangi va tarkibi o‘zgaruvchan bo‘ladi. Odatda ular qizil, qo‘ng‘irqizil, sariq, zumrad-yashil, qoramtir, ba’zan qora. Qattiqligi 6,5–7,5; notekis yuzalar hosil qilib sinadi. Solishtirma og‘irligi 3,5–4,2. Granatlarga xos belgi-kristallarning o‘ziga xos qiyofasi, yog‘langandek yaltirashi, o‘ta qattiqligi. Granatlar kontakt-metasomatik, regional metamorfizmda yuzaga keladi. Granatlarning shaffof rangli chiroyli xillari zargarlik ishlarida qimmatbaho tosh sifatida ishlatiladi. Sirkon – ZrSiO4. nomi forscha «Sar» – oltin, «gun» – rang degan so‘zlarni anglatadi. Uning tarkibida ZrO2 – 67 % va SiO2 – 32 % bo‘ladi, aralashma tariqasida gafniy HfO2 – 4 %gacha, siyrak yer elementlaridan Y2O3 va Ce2O3 aniqlangan. Bularan tashqari Nb va Ta, ba’zan ThO2 – 1,5 % bo‘ladi. Singoniyasi-tetragonal. Tabiatda tetragonal-dipiramidal, ba’zan prizma shaklida uchraydi. Qattiqligi – 7–8. U notekis chig‘anoqsimon yuzalar hosil qilib sinadi. Solishtirma og‘irligi – 4,6–4,7; uning o‘zgargan xili – sirtalitlarda 3,8 gacha kamayadi. Sirkon turlari bo‘lgan malakon va sirtalit, odatda radioaktivdir. Aniqlash belgilari. Sirkon kristallari ko‘proq tetragonal kalta ustunsimon hamda dipiramidal qiyofada uchraydi. Sirkon magmatik intruziv jinslar: nefelinli sienitlarda, granitlarda, gneyslarda xol-xol bo‘lib joylashgan shakllarda bo‘ladi. Odatda nordon va ishqorli jinslarning pegmatitlarida kengroq miqdorda uchraydi. Sirkonning shaffof hamda rangi chiroyli xillari zargarlikda ishlatiladi. Gafniy va sirkoniy ajratib olinadi. Sfen – CaTiSiO5. yunoncha «sfen» – pona ma’nosini bildiradi. Tarkibida: CaO – 28,6 %, TiO2 – 40,8 %, SiO2 – 30,6 %, bundan tashqari FeO – 6 %gacha, MnO –3 %gacha, (Y, Ce)2O3 – 12 %gacha aralashmalar borligi aniqlangan. U monoklin singoniyali, simmetriya ko‘rinishi rombo-prizmatik, kristallarining ko‘ndalang kesimi ponaga o‘xshash, ba’zan tabletkasimon. Sfenning rangi sariq, qo‘ng‘ir, yashil, ba’zan qora, pushti yoki qizil bo‘ladi. Yaltirashi olmosdek, yog‘langandek, qattiqligi 5–6, solishtirma og‘irligi 3,2–3,5, aniqlash belgisisarg‘ish-qo‘ng‘ir rangi va ponasimon shakli bilan ajraladi. U qizdirilgan HCl, H2SO3, kislotalarida kaltsiy sulfat (CaSO4) tuzi hosil qilib, butunlay parchalanadi. Sfen ikkinchi darajali mineral sifatida ishqorli va nordon o‘rta intruziv jinslarda dala shpatlari, nefelin, egirin, sirkon, apatit va boshqa minerallar bilan bir assotsiatsiyalarda uchraydi. Biroq uning yirik kristallari ishqorli pegmatitlarda bo‘ladi. U ba’zan metamorfik jinslar (gneyslar, kristallik slanetslar, amfibolit) uchun xos mineral holida yuzaga keladi. Topaz – Al[SiO4](F,OH)2. Nomi Qizil dengizdagi Topazos orolidan kelib chiqqan. Tarkibida: Al2O3 – 62,0–48,2 %, SiO2 – 3–28,2 %, F – 13–20,4 %. H2O – 2,45 %gacha. U rombik singoniyali; uning yaxshi kristallari kam uchraydi, faqat bo‘shliqlarda topiladi. Topazning yirik kristallari (25–32 kg) pegmatitlarda topilgan (35-rasm). U ko‘pincha pinakoid, dipiramidalar va boshqa shakllari ko‘proq uchraydigan prizmatik qiyofalarda mavjud. U rangsiz, ba’zan och sariq, somon sariq va och havo rang, och pushti, kamdan kam och qizil tuslarda bo‘ladi. Yaltirashi shishadek; qattiqligi – 8. 35-rasm. Topaz. Uning solishtirma og‘irligi 3,5–3,57. Topaz nordon intruziv jinslarda ikkinchi darajali mineral; ammo ularning pegmatitlarida ko‘p uchraydi. Bularda flyuorit, turmalin, kvars, berill, kassiterit, volframitlar bilan bir paragenetik assotsiatsiyalar hosil qiladi. Topaz ayniqsa greyzenlarda keng tarqalgan. U slanets, gneyslar oralaridagi yuqori haroratli gidrotermal tomirlarda ham yuzaga keladi. Topazning yirik, shaffof rangli chiroyli kristallari bezak tosh hisoblanadi. Download 34,65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |