GALOGENLARNING DAVRIY SISTEMADGI O’RNI. ATOM TUZULISHI. REJA
1
Galogenlar haqida ma’lumot.
2
Galogenlarning olinishi.
3
Galogenlarning xossalari.
Galogenlar haqida ma’lumot.
Bizga ma`lumki, hozirgi kunda elementlar davriy sistemasida 118 ta element ma`lum bo`lib, ulardan VII-guruh bosh guruhcha elementlari ya`ni,F,CL,Br,J,At galogenlardir. “Galogen”so`zini dastlab 1811 yilda nemis kimyogari I.Shveyger taklif qilgan.Galogen so`zi “Tuz hosil qiluvchi” degan ma`noni bildiradi,ya`ni galogenlar ishqoriy metallar bilan birikib,tuzlarni hosil qiladi.
Galogenlarning barchasi - metallmaslardir. Lekin yodda va sun'iy olingan astatda kuchsiz metall xossalari borligi aniqlangan. Galogenlarni o‘rganish nazariy va amaliy kimyoning taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Elementlarning tabiiy guruhlari haqidagi tushuncha davriy qonunni kashf etishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Kislotalarning tarkibi va xossalari, ularning kuchi va oksidlash xususiyatlariga oid hozirgi tasavvurlar galogenlarning kislorodli va vodorodli birikmalarini o‘rganish tufayli shakllangandir.
| Galogenlar haqida ma’lumot. Ftordan yodga o‘tishfa galogenlar ba'zi xossalarining turlicha o‘zgarishlarga asoslanib, rus olimi Ye.V.Biron ikkilamchi davriylik hodisasi mavjudligini aniqladi (masalan xlor kislorodli birikmalarning mustahkamligi, ftorning shunday birikmalarining mustahkamligidan kuchliroqdir; bromda bu xossa yanada susayadi va yodga borganda ortadi). Uglevodorodlarning galogenli hosilalari ko‘pchilik organik moddalarni olishda juda muhim oraliq mahsulot bo‘lib xizmat qiladi. Huddi ana shulardan foydalanish XIX-asrda organik kimyoning taraqqiy etishiga katta turtki bergan edi. Xlorlash usuli mineral va rudalardan turli metallarni ajratib olishda keng qo‘llaniladi. Yodidlarni termik parchalash yo‘li bilan tozalik darajasi nihoyatda yuqori bo‘lgan metallar olinadi. Hozirgi vaqtda ftor kimyosi mustaqil ilmiy fan sifatida ajralib chiqqan. Galogenlarning olinishi.
1
Ftorid ionidan ftor olish uchun faqat elektroliz jarayonidan foydalaniladi.
2
Bromidlardan bromni olish uchun bromid ionlari tutgan eritmalarni elektroliz qilib yoki kuchli oksidlovchi ta’sir ettirib olish mumkin. Bundan tashqari bromidlarning eritmalariga xlor ta’sir ettirib ham bromni olish mumkin. Chunki xlor bromga nisbatan kuchli oksidlovchidir: 2 KBr-1+Cl02 ➡️ 2KCl-1+Br02
3
Xloridlardan xlorni olish uchun xlorid ioni tutuvchi eritmalarni elektroliz qilib yoki kuchli oksidlovchilar ta’sir ettirib olish mumkin: 2K Mn+7 O4+10NaCl-1+8H2SO4=K2SO4+5Na2SO4+2Mn+2SO4+5Cl02+8H2O
Galogenlar tabiiy birikmalarida asosan manfiy bir (–1) oksidlanish darajasida bo‘ladi. Demak, galogenlarni tabiiy birikmalaridan erkin holda ajratib olish uchun galogenid ionlarini oksidlash kerak bo‘ladi.
4
Yod olish uchun yodidlarning eritmalari elektroliz qilinadi yoki kuchli oksidlovchilar ta’sir ettiriladi, shuningdek, uni xlor, brom ta’sir ettirib ham olish mumkin.
2KL+Cl2=2KCl+I2 2Kl+Br2=2KBr+I2
| GALOGENLARNING XOSSALARI.
1
FIZIKAVIY XOSSALARI. Galogenlarning ayrim xossalari bilan “Kimyoviy elementlarning tabiiy oilalari” mavzusida tanishgansiz. Galogenlarning nisbiy atom massalari ortgan sari fizik xossalari ma’lum qonuniyat bilan o‘zgaradi. Oddiy sharoitdagi agregat holati va rangi quyuqlashib boradi. Ftor och-sariq rangli gaz, xlor sarg‘ish-yashil rangli og‘ir gaz, brom qoramtir-qo‘ng‘ir rangli suyuqlik, yod esa qoramtir kulrang kristall moddadir (18- jadval). Shu tartibda qaynash harorati va zichlik ortib boradi. Galogenlarning suvda eruvchanligi nisbatan ancha kam. Masalan, 1 hajm suvda odatdagi sharoitda 2 hajm Cl 2 eriydi, I 2 ning eruvchanligi 0,02 ga teng (100 g suvda 0,02 g yod eriydi). Organik erituvchilarda galogenlar yaxshi eriydi (organik erituvchilar — benzin, kerosin, atseton, turli xildagi spirtlar, benzol va h.k.). 1866- yilda fransuz kimyogari Anri Muassan ftorni kashf qilgan va bu kashfiyoti bilan Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan. 1774- yilda shved kimyogari Karl Velgelm Sheyele xlorni, 1826- yilda fransuz kimyogari Antuan Jeromom Balar bromni, 1811- yilda fransuz olimi Bernar Kurtua yodni kashf qilgan. Yod sublimatlanish xossasiga ega, ya’ni u qizdirilsa, suyuq holatga o‘tmasdan gunafsha rangli gaz holatiga o‘tadi.
2
KIMYOVIY XOSSALARI. Ftordan yodga tomon (F2 , Cl2 , Br2 , I2 qatori) galogenlarning atom radiusi ortib boradi. Bu ftorning valent elektronlari yadroga yaqin, yodda esa uzoq, ya’ni yadroga bo‘shroq tortilib turadi. F02 ➡️ Cl02 ➡️ Br02 ➡️ I02 qatorda: — oksidlovchilik xossasi kamayib boradi;
— kimyoviy faolligi kamayib boradi; — qaytaruvchilik xossasi ortib boradi. F– → Cl– → Br– → I– qatorda esa kimyoviy faolligi ortib boradi. Bu ionlarda tashqi energetik qavat sakkizta elektron bilan to‘lgan, ular elektron qabul qila olmaydi, aksincha, elektron berib oksidlanadi. Ftor galogenlar ichida eng faol elementdir. Hatto kislorod ham ftor ta’sirida oksidlanadi. Suv esa alangalanib yonadi: 2H2O-2+2F02=4HF-1+O02
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT.
Do'stlaringiz bilan baham: |