SUNNAT TOYI BILAN BOGLIQ URF-ODAT VA DASTURLAR
Xalqimizda bolani xatna qilishdagi marosim sunnat toʻyi deb ataladi. Xatna qilingandan keyin esa ziyofat uyushtirish odati bor. Shu oʻrinda savol tugʻiladi: xoʻsh, xatna qilish sunnatmi yoki xatnadan keyingi ziyofat sunnatmi?
Xatna munosabati bilan ziyofat qilish aslida baʼzi sahobalarning odati, qilgan ishlaridir.
Aqiqa va sunnat bir-biridan farqli.
Solim (roziyallohu anhu): “Men va Nuaymni Ibn Umarning oʻzlari xatna qilgan va bizga bir qoʻchqor soʻygan. Men Ibn Umarning bizning nomimizdan qoʻchqor soʻyganidan bolalarga maqtanib, oʻzimcha quvonib, shodlanib yurganman” (Imom Buxoriy rivoyati). Demak, sunnat toʻyi, yaʼni xatna munosabati bilan qoʻy soʻyib, ziyofat berish paygʻambarimiz (sollallohu alayhi vasallam)ning sunnatlari emas, balki baʼzi sahobalarning odatlari ekan. U zot (sollallohu alayhi vasallam)ning oʻzlari nabiralari Hasan (roziyallohu anhu)ning nomlaridan bitta qoʻy soʻyib, aqiqa qilganlar.
Aqiqa farzand tugʻilgani munosabati bilan soʻyiladigan hayvon (odatda qoʻy) ga aytiladi. Bu xususda paygʻambarimiz(s. a. v)dan quyidagi hadisi sharif keltiriladi: “Har bir yangi tugʻilgan bola tavalludi munosabati bilan yetti kunligida sochi olinib, ism qoʻyilib, oʻtkaziladigan aqiqa marosimi bilan garov qilingandir”. Demak, aqiqa bilan sunnat toʻyi bir-biridan farqli amallardir.
Afsuski, bugungi kunda xalqimiz ichida sunnat toʻyi qilaman deb, dabdaba va orzu-havasga berilib sunnatni bidʼatga almashtirayotganlar ham bor. Bizda Sunnat toʻyida avvaliga bolani sunnat qilishdan avval kattalarning oq fotihasi olinadi va keyin sunnat qilinadi. 3 kun oʻtib "Sunnat" toʻyi boʻlib oʻtadi. Bola toʻshakda yotadi va uni hamma koʻrishga kirib pul berishadi qarindosh urugʻ sovgʻa olib keladi.Keyin kechga yaqin xalq toʻyxonaga yigʻilib toʻy berishadi. Bola toʻyxonaga "Toʻy bola" qoʻshigʻi bilan kirib keladi.
QIZLAR BAZMI BILAN BOG‘LIQ URF-ODAT VA DASTURLAR
Qizlar bazmi kuni bizda toʻydan bir kun oldin boʻlib oʻtadi. Kelin bu kun abetda oʻz dugonalari bilan mashinada shaharni aylanib keladi va kechga toʻy xonaga butun qarindosh - urugʻ va qoʻni - qoʻshni oʻyxonaga yigʻiladi va "Toʻylar muborak" aytigandan keyin qiz toʻy xonaga kirib keldi. U oʻz joyiga borayotgandan oldin va oʻtirishdan oldin ham qayin tarafga kelin salom yani tazim qiladi.Qizlar bazmi kechasiga uning barcha dugonalari taklif etiladi. Kecha tugagach qizning uyuga dugonalari va qarindosh ayollar yigʻilib barchasi oʻz qoʻliga xina qoʻyishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |