1.3.1-rasm. Relatsion ma’lumotlar bazasi munosabati.
Jadvalda (1.3.1-jadval) relatsion ma’lumot bazasini ishlab chi- qish nazariyasi va amaliyotda ishlatiladigan terminlar keltirilgan.
1.3.1-jadval.
Fayl
|
Jadval
|
Munosabat
|
Mohiyat
|
Yozuv
|
Satr
|
Kortej
|
Mohiyat nusxasi
|
Maydon
|
Ustun
|
Atribut
|
Atribut
|
Quyida relatsion ma’lumotlar bazasining munosabatlariga qo‘yiladigan shart va cheklanishlarni sanab o‘tamiz. Ular muno- sabatlarni jadval deb hisoblash imkonini beradi:
Bir xil birlamchi kalit bo‘lmasligi kerak, ya’ni jadvalning barcha satrlari yagona bo‘lishi kerak.
Jadvalning barcha satrlari bir xil tuzilishga (strukturaga) ega bo‘lishi kerak, ya’ni bir xil sondagi atributlarga nomlari mos ravishda bir-biriga to‘g‘ri kelishi kerak.
Jadval ustunlarining nomlari har xil, ularning qiymatlari bir jinsli bo‘lishi kerak.
Atribut qiymatlari atomar bo‘lishi zarur, demak munosabat tarkibida boshqa munosabat komponent bo‘lib kela olmaydi.
Tashqi kalitlarda murojaatning yagonaligiga rioya qilish zarur.
Jadvalda satrlarning kelish tartibi muhim emas, chunki u faqat satrlarga murojaat qilish tezligigagina ta’sir qiladi.
Relatsion ma’lumotlar bazasida optimal tuzilishni qurish uchun muhim tushunchalardan biri kalit yoki kalit maydon tu- shunchasi hisoblanadi. Kalit deb, o‘zining qiymatlari bilan jad- valdagi qolgan barcha maydonlarning qiymatlarini aniqlaydigan maydonni tushunamiz. Masalan, pasport nomeri yoki soliq to‘lovchining identifikatsion nomeri maydoni, ixtiyoriy fizik shaxsning xarakteristikasini bir qiymatli aniqlaydi (kadrlar bo‘limi yoki korxona buxgalteriyasi uchun mos ma’lumotlar bazasi jad- vallarini tuzishda).
Jadvalning kalit maydoni bitta maydondan emas, balki bir nechta maydondan tashkil qilinishi mumkin. Maydonlar to‘plami jadvalning mumkin bo‘lgan kaliti hisoblanadi. Bunday hollarda kalit maydon vaqt bog‘liq bo‘lmagan ikkita shartni qanoatlanti- rishi kerak:
Kalit maydon tarkibiga kirmagan har bir maydon jadvalning kalit bo‘lmagan (kalitsiz) maydoni deyiladi.
Kalitning yagonaligi, MB jadvali tarkibida ixtiyoriy vaqt momentida kalit maydonining qiymati bir xil bo‘lgan ikkita har xil yozuv bo‘lmasligini anglatadi.
Bu shartning bajarilishi juda muhim. Kalit maydonlarni mini- mallashtirish sharti, faqat tanlab olingan maydonlarning qiymatlari birgalikda ma’lumotlar bazasi jadvali yozuvlarini yagonaligi talablariga javob berishini anglatadi.
Bundan tashqari, kalitga kiruvchi maydonlardan hech birini yagonalik shartini buzmasdan olib tashlab bo‘lmaydi. Ma’lumotlar bazasi jadvalida bir necha maydondan tashkil topgan kalitni yaratishda quyidagi talablar bajarilishi zarur: jadvalni kalit may- donining tarkibiga, jadvaldagi yozuvlarni o‘z qiymati bilan bir xil qiymatli identifikatsiyalaydigan ma’lumotlarni kiritmaslik kerak, masalan, bir vaqtning o‘zida pasport nomeri va soliq to‘lovchining identifikatsion nomeridan atributlarni jadvalning kalit maydoni tarkibiga kiritmasligi kerak, chunki bu atributlarning har biri o‘zi jadval yozuvlarini identifikatsiyalashi mumkin.
Kalit tarkibiga jadvalda qiymatlari takrorlanuvchi maydon- larni (yagona qiymatli bo‘lmagan maydonlarni) kiritmaslik kerak. Har bir jadvalda hech bo‘lmaganda bitta kalit bo‘la ola- digan maydon bo‘lishi kerak va u birlamchi kalit deb tanlab olinadi.
Agar jadvalda yozuvlarning bir qiymatli aniqlovchi maydonlari mavjud bo‘lsa, unda bu maydonlar alternativ kalitlar sifatida qabul qilinishi mumkin. Masalan, agar birlamchi kalit sifatida soliq to‘lovchining identifikatsion nomerini tanlab olsak, unda pasport nomeri alternativ kalit bo‘ladi.
Relatsion ma’lumotlar bazasi jadvalini normallashtirish
Relatsion ma’lumotlar bazasini o‘zaro bir-biri bilan bog‘langan jadvallarning birorta to‘plamidan iborat deb qarash mumkin. Bitta ma’lumot bazasi yoki bitta fayldagi jadvallar soni bir qancha omillarga bog‘liq, ulardan asosiylar quyidagilar:
ma’lumotlar bazalaridan foydalanuvchilar tarkibi;
axborotlar yaxlitligini ta’minlash (ayniqsa, ko‘p foydalanuv- chili axborot tizimlarida);
talab etilgan xotiraning minimal hajmini va ma’lumotlarni qayta ishlashning minimal vaqtini ta’minlash.
Relatsion ma’lumotlar bazasini loyihalashda bu omillar- ni hisobga olish jadvallarni normallashtirish va ular o‘rtasida bog‘lanishlarni o‘rnatish bilan amalga oshiriladi. Jadvallarni normallashtirish, ma’lumotlar bazasining bitta jadvalini yuqoridagi sanab o‘tilgan talablarga to‘la javob beradigan bir necha jadvalga bo‘lish usulidan iborat bo‘lgan jarayondir. Jadvalni normallashtirish jadval strukturasini (tizimini) oxirgi normal forma talablari- ga javob beradigan bo‘lgunga qadar, ketma-ket o‘zgartirishdan iborat.
Hammasi bo‘lib normallashtirishning 6 ta normal formalari mavjud:
Birinchi normal forma (First Normal Form — 1HF).
Ikkinchi normal forma (Second Normal Form — 2HF).
Uchinchi normal forma (Third Normal Form — 3HF).
Boys kodd normal forma (Brice—Codd Normal Form — BCHF).
To‘rtinchi normal forma (Fouth Normal Form — 4HF).
Beshinchi normal forma (Fifth Normal Form — 5HF).
Normal formalarni tavsiflashda quyidagi tushunchalar ishla- tiladi:
«Maydonlar orasida funksional bog‘lanish»;
«Maydonlar orasida ko‘p qiymatli funksional bog‘lanish»;
«Maydonlar orasida tranzitiv funksional bog‘lanish»;
«Maydonlar orasida o‘zaro mustaqillik».
Agar ixtiyoriy vaqt momentida A maydonning har bir qiy- matiga B maydonning barcha mumkin bo‘lgan qiymatlaridan bitta (yagona) qiymat mos kelsa, A va B maydonlar orasida funksional bog‘lanish bor deb aytiladi. Masalan, soliq to‘lovchining identifikatsion nomeri bilan uning pasport nomeri orasidagi bog‘lanishini keltirish mumkin.
Agarda B maydon A murakkab maydonga funksional bog‘langan bo‘lib, uning ixtiyoriy qism to‘plamiga funksional bog‘liq bo‘lmasa, unda A murakkab maydon bilan B maydon orasida to‘la funksional bog‘lanish bor deyiladi.
Ko‘p qiymatli funksional bog‘lanish quyidagicha aniqlanadi: A maydon B maydonni ko‘p qiymatli aniqlaydi, agarda A maydon- ning har bir qiymatiga, B maydonning mos qiymatlariga yaxshi aniqlangan to‘plam mos kelsa. Masalan, maktabdagi o‘quvchilar o‘zlashtirish jadvalini ko‘rib chiqsak, «o‘zlashtirish» jadvali o‘z tarkibiga predmet (maydon A) va «baholar» (maydon B)ni oladi. Unda B maydon yaxshi aniqlangan to‘plamga ega. Ya’ni mumkin bo‘lgan 1, 2, 3, 4, 5 qiymatli baholar, predmet maydonining har bir qiymatiga baholar maydonining ko‘p qiymatli yaxshi aniqlangan to‘plami mavjud. A va S maydonlar orasida tranzitiv funksional bog‘lanish shu vaqtda mavjud deyiladi, agarda S maydon B maydon bilan funksional bog‘liq bo‘lsa, B maydon esa A may- donga funksional bog‘liq bo‘lib, bunda A maydon B maydonga funksional bog‘liq bo‘lmasa.
Maydon orasida o‘zaro mustaqillik quyidagicha aniqlanadi: bir nechta maydon o‘zaro mustaqil, agar ulardan birortasi ham boshqasiga funksional bog‘liq bo‘lmasa.
Funksional bog‘lanishga doir misolni ko‘rib chiqamiz. Bizga R (o‘qituvchi, fan, kafedra) munosabati (jadvali) berilgan bo‘lsin:
Do'stlaringiz bilan baham: |