Fade Out
tuguni – yuqori o‘ng burchakda.
a)
b)
c)
Audioxabarning tovush balandligini o‘sish tomonga mayinlik bilan
o‘zgartirish uchun,
uskunasi bilan Fade In (rasm (a)) tugunini o‘ng
59
tomonga siljitish kerak. Bunda sichqoncha ko‘rsatkichi oldida
Fade In
(loyiha vaqt o‘qining boshiga nisbatan) yakunlovchi fazaning pozitsiyasi
va uning davomiyligi (audioxabar boshlanishiga nisbatan) aks etadi.
Qo‘llab-quvvatlash fazasining tugunini pastga siljitamiz (rasm c).
Sichqoncha ko‘rsatkichi yonida quyidagicha yozuv aks etadi: qo‘llab-
quvvatlash fazasida audioxabardagi signalning mumkin bo‘lgan maksimal
darajasi, qavs ichida – egri chiziq oxirgi muharrirlanishi natijasida
amplitudaning o‘zgarishi.
Fade Out
tugunini chapga surganimizdan so‘ng,
amplitudali egri chiziqni shakllantirish jarayonida unga mos ravishda
to‘rtburchak-audioxabar ichidagi to‘lqinli shaklning o‘zgarishini ko‘rish
mumkin.
SEMPLLAR
Sempl (ingl. Sample – namuna) – unchalik katta bo‘lmagan
raqamlashtirilgan tovushli fragmentdir. Sempl sifatida ko‘p hollarda
akustik cholg‘uning (masalan, Steinway royali, litavralar, fleytalar va
shunga o‘xshash) hamda elektr musiqali cholg‘ularning tovushlari
ishlatiladi. Asosini sempllar (ko‘p hollarda egri chiziqning keyingi qayta
ishlanishi va qo‘shimcha tovushli effektlar) tashkil qilgan elektron musiqiy
cholg‘u sempler deb ataladi.
Sempllar bilan hamma narsa qilish mumkin. Ularni qanday bo‘lsa,
shundayligicha qoldirish mumkin, u holda sempler birlamchi manba
cholg‘ular ovozidan deyarli farq qilmaydigan ovozlarda yangraydi.
Sempllarga modulyatsiya, filtratsiya, turli xil effektlarni qo‘llab, aqlga
bovar qilmaydigan fantastik tovushlarni hosil qilish mumkin.
Sempllarning oddiy audioyozuvlardan farqi shundaki, ularning
uzunligi (hajmi) juda kichikdir (ba’zi hollardan tashqari). Bundan tashqari
sempllarning bir necha ko‘rinishlari mavjud: bir marotaba ishlatiluvchi
sempllar (One-shot samples), ulardan, odatda, tovushli effeklarni yoki
zarbli tovushlarni yaratish uchun foydalaniladi, ular bir marotaba,
boshidan oxirigacha yangraydi, bu erda tsikllik mavjud emas hamda tsiklli
sempllar (Loop samples), ular yana semplerli sirtmoqlar yoki luplar
(Loops) deb ham nomlanadi, ular bir butun cholg‘u partiyalarini, masalan
zarbli cholg‘ular partiyalarining to‘rtta taktini imitatsiya qilishi mumkin.
Hozirgi kunda, sempllar bilan ishlovchi dasturiy qurilmalarning keng
tarqalganligi evaziga, tsiklli sempllarni birlashtirish yo‘li bilan to‘la qonli
musiqiy asarlarni yaratish imkoniyati tug‘ildi. Bu borada boshqa amallarni
bajarish talab etilmaydi.
60
Internetda juda ko‘p sonli tayyor sempllar va luplarni topish mumkin.
Ularni muharrirlash uchun Cubase dasturida maxsus Sample Editor
muharriri mavjud bo‘lib, uni audioxabarga yoki semplga ikki marotaba
sichqoncha chap tugmasini bosish yordamida yuklash mumkin.
Sempl
Sample Editor oynasi
Do'stlaringiz bilan baham: |