109
Ko‗p hollarda gidronefrozda rekonstruktiv – plastik operatsiyalardankeyin
jom drenajlanadi va jom – siydik nayi segmentini shinalanadi.shinalovchi
naycha
operatsiyadan keyin 2– 3 hafta o‗tgach olinadi. Nefrostomikdrenaj jomdan huddi
shu muddatda, siydik nayi bo‗ylab pastga siydikningerkin oqishi (bu antegrad
pieloureterografiya yordamida aniqlanadi),tiklanganda olinadi.
Uzoq muddatlarda 10–18 % hollarda ahzoni saqlovchi operatsiyalar
Qilingandan keyin torayishning qaytalanishi kuzatiladi va qayta operatsiyaqilishni
talab qiladi.
Rentgenoendoskopik texnikaning rivojlanishi bilan gidronefroznidavolashda
antegrad (perkutan) va retrograd (uretra orqali) kirishusullarini qo‗llash bilan jom –
siydik nayi segmenti va siydik nayidagitorayishlarni kaminvaziv endourologik
usullarda bujlash, ballonlidilyatatsiya va endotomiyani( endoskopik kesish)
qo‗llash imkoni paydo bo‗ldi.
Gidronefrozni
davolashning
eng
patogenetik
isbot
qilingan
usuli
endotomiyabo‗ladi, buning muvaffaqiyatli samarasi 80 % ni tashkil etadi.
Torayishni bujlash rentgen televizorda nazorat qilib turib simo‗tkazgich bo‗ylab
kalibri kattalashib boruvchi bujlarni ketma –
ketalmashtirish bilan uni
kengaytirishdan iborat. Ballonli dilyatatsiya texniktomondan xuddi tomirlarning
ballonli dilyatatsiyasi kabi o‗tkaziladi:ballonning rentgenkontrastli belgisi rentgen
televizorda nazorat qilibturib shunday o‗rnatilishi kerakki,
toraygan joy ular
o‗rtasida bo‗lsin;ballon suyultirilgan kontrast modda bilan to‗ldiriladi va
ballondagi ―beli‖ning yo‗qolishiga qarab toraygan joyning kengayganligi
to‗g‗risida fikryuritiladi. Endotomiya (endopielotomiya, endoureterotomiya)
buyrakningjomiga yoki siydik nayiga ko‗z bilan ko‗rib turib kiritilgan maxsus
endoskoporqali torayishni o‗tkir pichoq yoki
elektrod bilan toraygan
joyningustidan hamma qavatlarini paranefral kletchatkagacha uzunasiga yoki
qiyalatib kesish orqali qilinadi. Jom – siydik nayi segmenti va siydik nayidagi
torayishni rentgenendoskopik davolashning hamma usullarida toraygan joyni 4– 6
haftamuddatga (ichki
yoki tashqi stent, intubatsiyalovchi nefrostoma va
b.)Shinalanadi (intubatsiya).
110
Gidronefrozni davolashda laparoskopik va retroperitoneoskopikusullarning
rivojlanishi sababli kichik invaziv davolashning yangiimkoniyatlari aniqlandi.
Operatsiya
pnevmoperitoneum
yokiretropnevmoperitoneum
bajarish
bilan
boshlanadi. Qorin bo‗shlig‗iga yoki
Qorin parda orti bo‗shlig‗iga kiritilgan bir nechta (4– 5)troakar (ularningbittasidan
videokameraga ulangan endoskop kiritiladi, boshqalari esa harxil manipulyatorlar)
yordamida buyrak, jom va siydik nayi ajratiladi,toraygan joy (jom)
rezektsiya
qilinadi va anastomoz qo‗yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: