2003- yilda adib tavalludining 100 yilligi respublikamiz miqyosida keng nishonlandi. O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug`aniyevich Karimov farmoni bilan G`afur G`ulomga “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni berilgan G‘afur G‘ulom
G‘afur G‘ulom 1903 yil 10 mayda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq shoiri (1963). Toshkent shahrida Ko‘rg‘ontegi mahallasidagi eski maktab va madrasada, rus-tuzem (1916) va «Hayot» maktablarida (1918) tahsil olgan. «Dinamo», «Yigit», «Egalari egallaganda», «Xitoydan lavhalar» (1931), «Tirik qo‘shiqlar» (1932), «Ko‘kan» (1934), «Sizga» (1935), «Chashma» (1939), «Yangi she’rlar», «She’rlar» (1946), «O‘zbek elining g‘ururi» (1949), «Sharaf qo‘lyozmasi» (1950), «Tanlangan asarlar» (1956—59, 4 jildli) she’riy to‘plam va dostonlari, «Jo‘rabo‘za» hikoyalar to‘plami, «Muxbir sudi» (1929) pesasi hamda «Netay» (1932), «Tirilgan murda» (1935), «Yodgor», «Shum bola» (1938) kabi qissalar muallifi. Asarlari asosida teatr spektakllari va kinofilmlar yaratilgan («Shum bola» va boshqa). «Otello», «Qirol Lir» singari jahon va rus adabiyoti durdonalarini o‘zbek tiliga tarjima kilgan. 1966 yil 10 iyulda Toshkentda vafot etgan. Vafotidan so‘ng «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan (2000).
Uning «Go‘zallik nimada» nomli ilk she’ri 1923 yilda e’lon qilingan.
G‘. G‘ulom o‘tgan asrning 20-30-yillarida ijodga katta shijoat bilan kirishib, iste’dodining turli qirralarini namoyon qildi va ulkan adib bo‘lib shakllandi.
Uning nasrda yaratgan «Netay», «Yod- gor», «Shum bola» qissalari o‘zbek adabiyotining o‘lmas mulkiga aylangan. Ayniqsa, avtobiografik xarakterga ega «Shum bola» qissasi bu borada alohida qimmatlidir. Milliy bo‘yoqlar bilan muzayyan bo‘lgan bu asar ayni paytda umuminsoniy goya va qarashlar bilan yo‘g‘rilgan.
G‘.G‘ulom Ikkinchi jahon urushi yillarida «Sen etim emassan», «Kuzatish» kabi falsafiy she’rlari bilan o‘zbek she’riyatini umumbashariy darajaga ko‘tardi.
Shoir ijodiy merosida badiiy tarjima katta o‘rin tutadi. U V.Shekspirning «Otello», «Qirol Lir» tragediyalarini o‘zbek tiliga mahorat bilan o‘girgan.
G‘afur G‘ulom 1966 yil 10 iyulda vafot etgan.
Gʻafur Gʻulom buyuk oʻzbek yozuvchisi , adib, ijodkor, muharrir, tarimon va shoir, o‘zbek adabiyotining mashhur namoyandalaridan biri .
U 1903-yilning 10-mayida Toshkent shahrining Qoʻrgʻontegi mahallasida tugʻilgan. Toʻqqiz yoshida otasidan, oʻn besh yoshida onasidan yetim qolgan Gʻafur Gʻulom avval eski maktabda, soʻngra rus-tuzem maktabida taʼlim olgan."Shum bola" (1936) avtobiografik qissasida ijodkorning bolaligi, asr boshidagi Toshkent hayoti tiniq tasvirlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |