Gʻafur Gʻulom



Download 0,78 Mb.
bet21/26
Sana04.01.2021
Hajmi0,78 Mb.
#54632
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
Sen Yetim Emassan

Ijodi


„Dinamo“ (1931), „Tirik qoʻshiqlar“ (1932) toʻplamlarida shoir ruhidagi betakrorlik, milliy oʻziga xoslik aks etdi. Insonga xos mangu tuygʻular „Qish va shoirlar“ (1929), „Non“ (1931), „Toshkent“ (1933), „Qutbda saylov“ (1937), „Men Yahudiy“ (1941), „Qish“(1941), „Xotin“ (1942), „Afsuski, afsusni qoʻshib koʻmmadi“ (1945) singari sheʼrlarda aks etdi.

„Bogʻ“ (1934), „Sogʻinish“ (1942), „Kuz keldi“ (1945), „Kuzgi koʻchatlar“ (1948) singari sheʼrlarida obod bogʻ, saxiy bogʻbon, umiddagi kelajak gavdalanadi. Gʻafur Gʻulomda yurt, xalq, kelajak oldidagi masʼullik Ota timsolida aks etgan „Sen yetim emassan“(1942), „Sogʻinish“ (1942), „Biri biriga shogird, biri biriga ustod“ (1950), „Sizga“ (1947), „Bahor taronalari“ (1948) singari sheʼrlarida yurt, xalq, kelajak mas’uliyati tasvirlanadi.

„Netay“ (1930), „Yodgor“ (1936), „Shum bola“ (1936–1962) qissalari, „Hiylai sharʼiy“ (1930), „Mening oʻgʻrigina bolam“ (1965) singari hikoyalarida qahramon xarakterining milliy betakrorligini aks ettirgan.

1943-yilda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasiga haqiqiy aʼzo boʻldi. Akademik sifatida u adabiyot tarixini, yozuvchilar ijodini („Navoiy va zamonamiz“ (1948), „Folklordan o`rganaylik“ (1939), „Jaloliddin“ dramasi haqida]]" (1945), „Muqimiy“ (1941)) yoritib berdi.

Gʻafur Gʻulom ijodi Oʻzbekiston yurtining betakror qiyofasini, oʻzbek xalqining oʻta tabiiy xarakterini yuksak badiiylik bilan yoritadi. Shoir Gʻafur Gʻulom 1966-yilning 10-iyunida vafot etdi, Chigʻatoy qabristoniga dafn etildi.

O‘zbek adabiyotining mashhur namoyandalaridan biri G‘afur G‘ulom 1903 yil 10 mayda Toshkent shahrining Qo‘rg‘ontegi mahallasida tavallud topdi. To‘qqiz yoshida otasidan, o‘n besh yoshida onasidan yetim qolgan G‘afur avval eski maktabda, so‘ngra rus-tuzem maktabida ta’lim oldi. U Oktyabr to‘ntarishidan keyingi yillarda muallimlar tayyorlov kursini bitirib, yangi usuldagi maktablarda o‘qituvchilik qildi. 1923 yildan bolalar uyida mudir va tarbiyachi, so‘ng «Kambag‘al dehqon», «Qizil O‘zbekiston», «Sharq haqiqati» gazetalari muharririyatlarida ishladi. Gazeta uning uchun dorilfunun rolini o‘tadi, xalq hayotini o‘rganish, unga faol aralashish yo‘lida muhim vosita bo‘ldi.

Uning mamlakatni himoya qilish haqidagi tantanavor she’rlari, o‘tmish sarqitlarini qoralovchi hajviyalari va xalqning kundalik ijodiy mehnatini olqishlovchi asarlaridan jamlangan «Dinamo» va «Tirik qo‘shiqlar» nomli dastlabki she’riy to‘plamlari 1931—1932 yillarda chop etildi.

Urush yillarida shoir o‘z ijodining butun haroratini fashist bosqinchilariga qarshi kurashayotgan xalqqa qaratdi, uning muqarrar g‘alabasiga ishonch ruhi bilan sug‘orilgan she’rlar yaratdi. U «Sen yetim emassan», «Kuzatish», «Vaqt», «Sog‘inish» kabi she’rlar, publitsistik ocherk va maqolalar yozib, xalqni jang va mehnat g‘alabasiga otlantirdi.

G‘afur G‘ulom urushdan keyingi yillarda ham adabiyot janrlarining ko‘pgina turlarida samarali qalam tebratib, yuksak badiiy asarlar yaratdi, publitsistika va adabiyotshunoslikka oid qator ajoyib maqolalarini e’lon qildi. Uning ijodi xalq hayotining shu davrdagi o‘ziga xos yilnomasi o‘laroq namoyon bo‘ldi.

Agar G‘afur G‘ulom bu davrda she’riy asarlari bilan faylasuf shoir darajasiga ko‘tarilgan bo‘lsa, «Shum bola» qissasi, «Mening o‘g‘rigina bolam» singari hikoyalari bilan xalq turmushi va ruhini yaxshi biluvchi mohir nosir ekanligini namoyish etdi.

G‘afur G‘ulom o‘zbek tarjima maktabining maydonga kelishiga ham ulkan hissa qo‘shgan. U «Otello», «Qirol Lir» singari jahon va rus adabiyoti durdonalarini o‘zbek tiliga katta mahorat bilan o‘girgan.

G‘afur G‘ulom O‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi (1943) edi. Unga 60 yillik yubileyi munosabati bilan O‘zbekiston xalq shoiri faxriy unvoni berilgan (1963).

Shoirning ko‘pgina asarlari Osiyo va Yevropa xalqlari tillariga tarjima qilingan.

O‘zbek she’riyatining otashin jarchisi, ulkan so‘z san’atkori G‘afur G‘ulom 1966 yil 10 iyulda Toshkentda vafot etgan. Vafotidan so‘ng «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan (2000).



Urush yillarida G‘ofur G‘ulom “Sen yetim emassan”, “Seni kutyapman, o‘g‘lim!”, “Vaqt”, “Kuzatish”, “Ayol”, “Bizning ko‘chada ham bayram bo‘lajak” kabi ajoyib she’rlar yaratgan. “Seni kutyapman, o‘g‘lim!” she’rida shoir front ortida o‘zlarining qahramonona mehnatlari orqali dushman ustidan g‘alabani yaqinlashtirgan otalarning sabri va kuchini madh etadi.


Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish