G’aforov Aslam Pul



Download 22,99 Kb.
bet2/3
Sana13.07.2022
Hajmi22,99 Kb.
#785016
1   2   3
Bog'liq
Olimlar haqida

OʻzMEdan
Karl Marks (1818.5.5, Trir — 1883.14.3, London) — nemis faylasufi, iqtisodchi, jamiyatshunos, marksizm asoschisi. Advokat oilasida tugʻildi. 1835—41 yillarda Bonn va Berlin untlarining yuridik fakultetlarida oʻqidi. Falsafiy qarashlari yosh gegelchilar taʼsirida shakllandi. 1842-yil «Reyn gazetasi» (Kyoln)ga muharrirlik qildi. 1843-yil Parijga koʻchib keldi. Bu yerda Fridrix Engels bilan doʻstlashdi (1844) va u bilan birgalikda yozgan «Muqaddas oila» asari (1845) tuzumni oʻzgartirishga shaylangan proletariatning nazariya va taktikasiga bagʻishlandi.
Prussiya hukumatining tazyiqi tufayli Parijdan chiqarib yuborilgach, Bryusselga keldi. Bu yerda Engels bilan hamkorlikda yaratgan «Nemis mafkurasi» (1845—46) asarida dialektik va tarixiy materializmning asosiy qoidalari bayon etilgan.
Marksning «Falsafa qashshoqligi» (1847) asarida esa tarixiy materializm va proletar siyosiy iqtisodi asoslari yoritilgan. «Kommunistlar uyushmasi» xalqaro tashkilotining ishida faol qatnashgan Marks va Engels bu tashkilotning dasturi — «Kommunistik partiya manifesti»ni yozdilar (1848). Fransiyada 1848-yil inqilobi boshlangandan keyin Belgiya hukumati Marksni qamoqqa oldi va mamlakatdan chiqarib yubordi. Marks Parijga kelib, Kommunistlar uyushmasining yangi MKni tuzdi. Aprelda Marks va Engels Kyolnga joʻnadilar, bu yerda Marks «Yangi Reyn gazetasi»ga bosh muharrir boʻldi. 1849-yilning mayida Prussiya hukumati Marksni badargʻa qilib, gazetani yopdi. Marks 1849-yilning avgustida Londonga koʻchib bordi va umrining oxirigacha oʻsha yerda yashadi. Bu yerda Engelsning moddiy yordami bilan nazariyotchilik va jamoatchilik faoliyatini davom ettirdi.
Marks 1-Internatsional (1864—76)ning tashkilotchisi va yetakchisi edi. 1867-yil Marksning asosiy asari «Kapital» (1-jildi) bosilib chiqdi; Marks uning keyingi jildlarini tugata olmadi. Ularni Engels nashrga tayyorladi (2-jild, 1885; 3-jild, 1894). Bu asar marksizm iqtisodiyoti va sinfiy kurash nazariyasiga oid asosiy kitob hisoblanadi. Marksning boshqa asarlari: «Lui Bonapartning oʻn sakkizinchi bryumeri» (1852), «Siyosiy iqtisod tanqidiga doir» (1859), «Fransiyada fuqarolar urushi» (1871), «Gota dasturini tanqid» (1875).



Download 22,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish