G’aforov Aslam
Pul muomalasining asosiy qonuni, formulasi K. Marks tomonidan taqdim etilgan.
Karl Marks ( 5-may, 1818 Trir, Prussiya – 14-mart, 1883 London, Buyuk Britaniya) — nemis faylasufi, tarixchisi, iqtisodchisi, sotsiologi, siyosiy jurnalisti va sotsial inqilobchisi. Uning gʻoyalari ommaviy fanlar yaratilishida va sotsialistik harakatning rivojlanishida muhim oʻringa ega boʻlgan. Marks falsafada dialektik va tarixiy materializm, iqtisotda qoʻshimcha narx nazariyasi, siyosatda sinflar kurashi nazariyasining muallifidir. U hayoti davomida koʻplab asarlar yaratgan, ulardan eng taniqlilari — «Kommunistik partiya manifesti» va «Kapital».
Fuqaroligi
|
Prussiya qirolligi[1]
|
Otasi
|
Heinrich Marx[2][3]
|
Onasi
|
Henriette Presburg
|
Yoshlik davri
Karl Marks Trir shahridagi advokat Geynrix Marks (yahudi) oilasida 3-chi farzand boʻlib dunyoga keldi. Tugʻilgan uyi (hozirda muzey) Trir shahrining Bryukkergasse/Brückergasse, 669 manzilida joylashgan. 1819-yilda Marksning oilasi Simyonshtrasse/Simeonstraße, 8 manziliga koʻchib oʻtadi.
1830-35 yillar davomida Marks Trir shahridagi gimnaziyada tahsil oladi.
17 yoshida gimnaziyani tamomlab,avval Bonn Universitetida, soʻng Berlin Universitetida tahsil oladi. Universitetda yuridik fanlarini oʻrganadi, biroq keyinchalik tarix va falsafaga qiziqishi kuchayadi.
1836-yilda Jenni fon Vestfalen (Jenny von Westphalen 1814 - 1881) bilan unashtiriladi. Keyinchalik unga uylanadi.
1841yilda Universitetni tamomlagach, Marks Bonn shaxriga koʻchib oʻtadi.
1842-43 yillarda Marks "Rheinisehe Zeitung" gazetasida jurnalist va muhbir boʻlib ishlaydi. 1843-yilda gazeta oʻz faoliyatini tamomlaydi, oqibatda Marks ham ishdan boʻshaydi. Shu yili u Jenni fon Vestfalen honimga uylanadi va yosh oila Parijga koʻchib oʻtadi.
Parijda u Geine va Engels bilan tanishadi. Umrining ohirigacha shu insonlar bilan doʻst va hamkasaba boʻlib yashaydi. Marksning ishchilar sinfining sharoitiga e'tibor qaratishiga ham Engels sababchi boʻlgan.
1849-yilda Marks Londonga koʻchib oʻtadi. 1864-yilda Marks "Halqaro ishchilar assotsiatsiasini" tashkil etdi. 1867-yilda "Kapital" ning 1chi tomi nashr qilinadi. Karl Marks 1883-yilda London shaxrida 64 yoshida vafot etgan. Londondagi Hengeyst mozoriga davn etilgan.
"Kapital"ning keyingi tomlari Engels tomonidan nashr qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |