Siyosiy sezgirlik tarbiyasi va jamoat faoliyatining taraqqiyoti
.
Ish rejasining
bu qismida g’oyaviy, siyosiy, vatanparvarlik, vatan,do’stlik, baynalmilliy tarbiyaga
o’rin beriladi. Tarbiyaviy ish rejasining bu qismini tartibga keltirishda guruh
rahbari o’quvchilarning fidokorlik hissini takomillashtirish, jamoat faoliyatini va
uning jamiyatdagi mavqei, Vatan madhiyasi. Gerbi, Konstitutsiya va bayrog’imiz,
millatlararo do’stlik, turistik ishlar. O’lkashunoslik, iqtisodiy, ekologik, siyosiy-
ma’orif ishlarini rejalashtirishni lozim.
Siyosiy sezgirlikni shakllantirish va rivojlantirishda quyidagi mavzularni:
“O’zbekiston”. “Harbiy vatanparvarlik”ni dastlabki ish mavzusi qilib olish lozim.
Bu narsaga ilova qilib siyosiy ro’znoma va oynomalarga obuna qilish, ularni
baynalmilliy, do’stlik klubiga a’zo etish, siyosiy maktab radiokanalining
sharhlovchilar guruhiga jalb qilish, harbiy sport uyinlarga jalb qilish ham zarur.
Talabalarni bu narsaga jalb etish ularning siyosiy saviyasini ko’taridi, Vatanga
bo’lgan mehrini oshiradi.
Guruh rahbari avval boshdanoq shakllantirilayotgan talabalar jamoasi faqat
guruh doirasida qolib ketmasin. O’y – niyatlari va ishlari bilan ta’lim muassasasi,
shahar hayoti bilan ham bog’lanishi uchun choralar ko’radi. U metall parchalari
to’plash, territoriyalarini yig’ishtirish, daraxt ko’chatlari o’tqazish kabi
musobaqalarda talabalar shaxsiy quvonchi yoki o’z mag’lubiyati alamini boshdan
kechirmasdan, umumiy xulosani va umumiy ishga o’zlari qo’shgan hissani tahlil
etishlari to’g’risida g’amxo’rlik qiladi. Afsuski hamma pedagoglar ham bu qoidaga
rioya etishmaydi. Ular asosiy e’tiborni guruhning ichki ishlariga qaratadilar.
Musobaqa, agar undan jamoaning rivojlanish darajasi va talabalarning yosh
hisobga olingan tarzda foydalanilsa, jamoani shakllantirishning samarali vositasi
hisoblanadi.
Guruh o’z navbatida umuta’lim muassasasi musobaqasiga qo’shilishi
mumkin. Bu ancha ma’suliyati ish. Uning muvaffaqiyati ko’p jihatdan faollarning
uyushqoqligi, tashabbuskorligi va mustaqilligiga bog’liq bo’ladi.
Guruh rahbarlari talabalarning ota-onalari bilan ham xilma-xil
mashgulotlarni birga kushib olib borishsa yanada maqsadga muvofiq bo’ladi.
Buning uchun o’qish mobaynida ikkita umumta’lim mashgulotini va xar bir guruh
ota-onalari uchun 6 tadan 9 tagacha mashgulot utkazish kuzda tutilgan.
Mashgulotlar shunday tarzda kuriladiki, ota-onalar pedagogika, psixologiya va
fiziologiya asoslari izchil kursini uzlashtirib, farzandlari bilan kursdan-kursga
utgandek bulishadi. Kurs talabalarning yosh xususiyatlariga muvofik va ta’limning
har bir yilidagi ta’lim-tarbiya vazifalarini hisobga olib kurilgan.
Ota-onalarga pedagogik bilim berishni amalga oshirishda fakat bilim berib
kolmasdan, ularni tarbiya sohasidagi amaliy malaka va kunikmalar bilan
kurollantirish, ularning pedagogik fikrini uygotish, mustakil shugullanishga
undash, maksadga muvofik (tarbiya nuktai nazaridan) oila ichki munosabatlarini
yulga kuyish goyat
muximdir.
1
Do'stlaringiz bilan baham: |