G shaxmurova, I. Azimov, U. Raxmatov


Odam va uning salomatligi bo‘yicha foydalaniladigan masala va mashqlarga qo‘yiladigan talablar



Download 1,14 Mb.
bet24/77
Sana04.12.2022
Hajmi1,14 Mb.
#878596
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   77
Bog'liq
G. shaxmurova, I. Azimov, U. Raxmatov

Odam va uning salomatligi bo‘yicha foydalaniladigan masala va mashqlarga qo‘yiladigan talablar
Odam va uning salomatligi bo‘yicha foydalaniladigan masala va mashqlar yechish davomida o‘quvchilar quyidagi bilimlarni egallagan bo‘lishlari lozim:

  • hujayraning tuzilish xususiyatlarini va hayot faoliyatining aso­siy jarayonlarini;

  • to‘qimalar, organlar, organlar sistemasining tuzilishi xusu­siyatlarini va funksiyalarini, organlar sistemasini nerv va gumoral boshqarilishini;

  • odam va hayvonlar organizmining tuzilishi va funksiyalaridagi o‘xshashlik va farqlarini;

  • odam organizmining mehnat faoliyati, tik yurish va ijtimoiy yashash tarzi bilan bog‘liq bo‘lgan xususiyatlarini;

  • organizm ichki muhitining nisbiy doimiyligini, immunitet, is- siqlikning boshqarilishi, moddalar almashinuvi, plastik va energetik almashinuvining o‘zaro bog‘liqligini, ratsional ovqatlanishni;

  • sun’iy nafas oldirish usullarini, shikastlanganda birinchi yor- dam ko‘rsatishni, odam qad-qomatini aniqlash usullarini;

  • odam organizmining rivojlanishi;

  • jismoniy mashqlaming organizmga ta’sirini;

  • sog‘liqni saqlovchi va unga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar- ga bog‘liq masala va mashqlami bajarishni.

Odam va uning salomatligi fanini o‘sitishda masala va mashqlardan foydalanishdagi fanlararo bog‘lanishlar
0‘quvchilarga ta’lim berish jarayonida fanlararo bog'lanish asosiy o‘rinda turadi. Chunki har bir hodisani ilmiy jihatdan asoslash unga ko‘p tomonlama yondashishni talab etadi. Biologik jarayon- lami borishini o‘rganish davomida ham kimyoviy, fizikaviy, matematikaga oid bilimlardan foydalanish zarur.

  • masala va mashqlami yechishda suyaklaming kimyoviy tar- kibini, tuzlaming xossalarini o‘rganishda kimyodan olgan bilimlar­dan foydalaniladi;

  • bo‘g‘imlarda suyaklaming harakatlanish mexanizmi, mexanik ish bajarish va ishqalanish kuchiga oid fizikadan olgan bilimlarga asoslanadi;

  • organizmda qonning harakatlanishi esa gemodinamika qonun- lari bilan o‘rganiladi;

  • o‘pkalar va to‘qimalarda gazlar almashinuvi, qonning trans­port funksiyasi, oksidlanish haqidagi bilimlar kimyo bilan bog‘lab o‘rganiladi;

  • gazlar va suyuqliklardagi diffuziya, atmosfera bosimi haqidagi bilimlar fizikadan olgan bilimlarga asoslanadi;

  • nafas olish va chiqarish mexanizmini, qon bosimim tushun- tirishda suyuqliklar bilan gazlardagi bosimlar farqiga qarab harakat­lanish qonuniyatlari haqidagi ma’lumotlarini o‘rganishda fizikaga oid bilimlardan foydalaniladi;

  • fermentlar, katalizatorlar, muhitning kislotali, ishqoriy va neytral reksiyalari kimyodan olingan bilimlarga tayanib o‘rganiladi;

  • plastik va energetik almashinuvni o‘rganishda o‘quvchilarning jonli va jonsiz tabiatdagi hayot birligi haqidagi xulosaga olib kelish uchun energiyaning saqlanish va bir turdan ikkinchi turga aylanish qonuni oid masalalar yechishda kimyoviy bilimlardan foydalaniladi;

  • issiqlikning boshqarilishi to‘g‘risidagi tushunchani shakllan- tirishda fizikadagi bug4 hosil bo‘lishidagi solishtirma issiqlik bo‘yi- cha olingan bilimlarga asoslanadi;

  • ko‘rish organi - ko'zning funksiyalari optikaga oid bilimlar asosida tushuntiriladi.

Tayanch harakatlanish sistemasiga oid masala va mashqlar
Organlar sistemasini o‘rganish tayanch-harakatlanish sistema- sidan boshlanadi. 0‘quvchilaming ilmiy dunyoqarashini shakllanti- rishda bu mavzu katta ahamiyatga egaki, uni o‘rganish davomida odam va sut emizuvchi hayvonlar tayanch harakatlanish sistema- sining o‘xshashlik va farqlarini yaqqol ko‘rsatib berish uchun imkon beradi. Bu mavzuni o‘rganish davomida masala va mashqlardan foydalanish skelet va muskullaming anatomik, funksional aloqasini, organizmning bir butunligini, organlar sistemasini faoliyati nerv va gumoral yo‘l bilan boshqarilishi bilan uzviy bog‘liqligi yoritishda muhim rol o‘ynaydi. Muskullar faoliyati nerv sistemasi bilan bog‘liq holda ishlaydi, muskullar faoliyatini tartibga soladigan va bosh- qaradigan omil nerv sistemasi ekanligi, muskulning charchashi nerv hujayralarining chapchashiga bog‘liq ekanligini ko‘rsatib berishdan iboratdir. Mazkur mavzularni o‘qitishda masala va mashqlardan foydalanish mehnat fiziologiyasi, sog‘liqni saqlash gigienasi, qad qamotning shakllanishi, barcha organlaming mashq qildirib borishni sabab va mohiyatini atroflicha yoritib beradi.
Mustaqil yechish uchun masala va mashqlar

  1. Tibbiyot fanidagi tadqiqotlardan ma’lumki, agar odamning sog‘ligi 100 % deb olinsa, uning ... %i har qaysi odamning turmush tarziga, ...%i tashqi muhit sharoitiga, ... % i nasi xusuiyatlariga va nihoyat ... %i tibbiy yordamga bog‘liq. Nuqtalar o‘miga zarur sonlarni qo‘ying va izohlab bering.

  2. Odam tanasida ... ta suyak bor, shundan ... tasi naysimon suyaklar ulardan ... tasi uzun ... tasi kalta naysimon suyaklar. Nuqtalar o'miga topshiriqdagi suyaklar sonini qo‘ying.

  3. Odam vazni o‘rtacha 70 kg bo‘lganda skelet massasi 8-9 kg ni tashkil etadi. Skelet massasini qanchasini oseinlar, qanchasini anor- ganik moddalar tashkil etadi?

  4. Odam vazni o‘rtacha 70 kg bo‘lganda skelet massasi 8-9 kg ni tashkil etadi. Skelet massasini qanchasini fosfat tuzlari, qancha­sini karbonat tuzlari tashkil etadi?

  5. 70 kg li odamning tana massasini necha kilogrami muskulga to‘g‘ri kelishini hisoblab bering.

  6. Ma’lumki, odatdagi yurish vaqtida odam bir oyog‘ini yerdan uzib. uni oldinga uzatishi va yerga qo‘yishi uchun yarim sekund o‘tadi, shu vaqt davomida 50 dan ortiq muskul ishga tushadi. Agar odam bir soat odatdagidek yursa necha qadam tashlagan bo‘ladi va bunda qancha muskul ishga tushgan bo‘lardi?

  7. Odam tanasidagi eng uzun hujayra qaysi bo‘lishi mumkin? Javobingizni izohlang.

  1. Egallagan bilimlaringizga asoslanib: egilgan, lordoz, kifoz, kekkaygan, skolioz qad-qomatli odamlaming umurtqa pog‘onasidagi egilmalami sxematik chiziqlar yordamida tasvirlab bering.

  2. Ikki boshli muskul 5 kg li yukni 20 sm balandlikka ko‘tar- ganda qanday ish bajaradi?

  3. To‘qima Turlarini aniqlang va jadvalga har bir rasm ostiga mos raqamlami yozing.

1) Silliq tolali muskul; 2) Ko‘ndalang yo‘Ui muskul; 3) Kubsimon epiteliy; 4) Neyron; 5)Yurak muskuli; 6)Suyak; 7)Yasssi epiteliy

1




ШЙ

M




1


Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish