Barglar tomirlarining plastinkasida
joylanishiga qarab parallel
tomirli (boshoqli о‘simliklar), yoysimon tomirli (marvaridgul),
panjasimon tomirli (zarang), patsimon tomirli va dixotomik
tomirlilarga bо‘linadi (62-rasm). Parallel tomirli va yoysimon tomirli
barglar bir pallali о‘simliklarga, panjasimon va patsimon tomirli
barglar ikki pallali о‘simliklarga xosdir.
Bargning anatomik tuzilishi.
Bargning anatomik (ichki)
tuzilishi
bajaradigan vazifasiga fotosintez qilishiga moslashgan. Fotosintez
jarayoni barglarning asosiy tо‘qimasi barg mezofillida xloroplastlar
qatnashishi yordamida bajariladi. Bargning boshqa tо‘qimalari esa
mezofillning ishlashiga yordam beradi. Epiderma bargning qoplovchi
tо‘qimasi bо‘lib, gazlar almashinishini va
transpiratsiyani tartibga
soladi. О‘tkazuvchi naylar boylamlari esa mezofill tо‘qimalarida
fotosintez jarayonining ketishi uchun kerak bо‘lgan suv bilan
62-rasm. Barglarning tomirlanishi:
1 – parallel tomirlanish, 2 – yoysimon tomirlanish, 3 – panjasimon
tomirlanish, 4 - patsimon tomirlanish, dixotomik tomirlanish.
134
ta’minlaydi va mezofillda hosil bо‘lgan organik moddalarni boshqa
organlarga olib boradi. Bargning mexanik tо‘qimalari (sklerenxima va
kollenxima) mezofill va epiderma tо‘qimalari
bilan birgalikda
bargning mustahkamligini ta’minlaydi.
Barg о‘simliklarning boshqa organlariga nisbatan tashqi muhit bilan
kо‘proq bog‘langan. Shuning uchun yashash muhiti ta’sirida barglar
kо‘proq о‘zgaradi.
Ikki urug‘ pallali о‘simliklar barglarining анатомик tuzilishi.
Barg ustki va ostki tomondan yupqa tiniq kutikula bilan qoplangan
epiderma tо‘qimasi bilan о‘ralgan. Kutikula
barg mezofillini quyosh
qizdirib yuborishidan saqlaydi. Barg epidermasida о‘simliklarning
turlariga yashash sharoitiga qarab, har xil sondagi og‘izchalar
uchraydi. Epiderma tо‘qimasining ba’zi hujayralari oddiy va
murakkab tuzilishdagi tuklarni hosil qiladi. Og‘izchalar
barglarda
gazlar almashinish va transpiratsiya jarayonlarini boshqarib turadi.
Barglarning ustki (adaksial) va ostki (abaksial) epidermalari
oralig‘ida barg mezofilli joylashgan bo‘lib, bir necha xil
to‘qimalardan
tashkil
topgan:
qoplovchi
(epiderma),
assimilyatsiyalovchi (ustunsimon, g‘ovaksimon, krans-hujayralar),
o‘tkazuvchi (floema va ksilema), mexanik (kollenxima va
sklerenxima), g‘amlovchi (suv jamg‘aruvchi hujayra),
aerenxima
to‘qimalardan tashkil topgan. Barg mezofillarning tiplari
assimilyatsion, suv saqlovchi va o‘tkazuvchi to‘qimalarning o‘zaro
munosabati hamda barg yaprog‘ida joylashishiga qarab aniqlanadi.
Hozirgi kunda barcha mezofill tiplari 2 guruhga: Krans-hujayrasiz va
krans-hujayrali barg tiplariga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: