G. S. Tursinbayeva, G. M. Duschanova, J. S. Sadinov


Hujayra pо‘stining kimyoviy tarkibi



Download 10,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/185
Sana18.07.2022
Hajmi10,76 Mb.
#818879
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   185
Bog'liq
Botanika kitob

Hujayra pо‘stining kimyoviy tarkibi.
Hujayra pо‘sti asosan, 
polisaxaridlarning (ksilan – ksiloza, manan – manoza, glyukan – 
glyukoza va boshqa modsalar) monomerlaridan tashkil topgan. 
Polisaxaridlardan tashqari hujayra pо‘sti tarkibida oqsillar, mineral 
tuzlar, lignin, pigmentlar va boshqa moddalar ham bо‘ladi. Yuksak 
о‘simliklar hujayra pо‘stining asosini sellyuloza (kletchatka) tashkil 
etadi. Bu modda – 1,4 glyukan yoki (S
6

10
O
5
)p karbonsuvdan iborat 
bо‘lib, uzun molekulalar zanjirga о‘xshash, takrorlanadigan birlikdan 
hosil bo‘lgan ikkita glyukoza qoldig‘i (sellyuloza)dan iborat. Elektron 
mikroskopda ular ingichka (1,5-4 nm) tolalar shaklida kо‘rinadi. Bu 
tolalar kristallanish xususiyatiga ega bо‘lib, mikrofibrillalar deb 
ataladi. Bu modda elastiklik, pishiqlik xususiyatiga ega bо‘lib, 
nurlarni yaxshisindiradi. Sellyuloza suvda va organik birikmalarda 
erimaydi, qaynatilganda ham ishqor va kuchsiz kislotalardan 
ta’sirlanmaydi. Sellyuloza mikrofibrillari elastik va juda pishiq, shu 
sababdan xalq xо‘jaligida keng qо‘llaniladi. Jumladan, sellyulozadan 
paxta tolasi, viskoz deb ataladigan sun’iy ipak, miltiqning tutunsiz 
о‘qi, sellofan, qog‘oz, yog‘och olinadi. Zamburug‘larning hujayra 
pо‘sti xitin deb ataladigan polisaxaridlardan tashkil topgan. Xitin – 
glyukozaning qoldig‘i bо‘lib, sellyulozadan ham pishiqrokdir. 
Polisaxaridlar kimyoviy va fizikaviy xususiyati jihatidan ikki guruhga: 
pektin va gemisellyuloza degan moddalarga bо‘linadi. Pektin (yunon. 
pektos – quyuqlashgan) suvli sharoitda shishish va ba’zan erish 
xususiyatiga ega. Ishqor va kislogalarda osonlik bilan parchalanadi.
Yuksak о‘simliklar barchasining hujayra pо‘stida poligalaktur 
kislota yoki galakturan degan modda uchraydi. Bu modda 
galaktozaning oksidlanishidan x,osil bо‘ladi va suvda eriydi. Yosh 
hujayralarning pо‘stida uchraydigan pektin moddasining ta’mi nordon 
bо‘ladi. Pektin moddalar Ca
2
+ va Mg
2
+ ionlari bilan qо‘shilib suvda 
erimaydigan kalsiy va magniy tuzlarini hosil qiladi. Hujayra 
pо‘stining tarkibida murakkab organik moddalardan lignin (lignum – 
yog‘och) uchraydi. Bu modsa aromatik spirtlardan tashkil topgan 
bо‘lib, suvda erimaydi. Ajratib olingan lignin sarg‘ish amorf shaklida.
46


Yuksak о‘simliklarning (daraxt va butalarning) sellyuloza 
mikrofibrillalari qatorida lignin joylashgan. Hujayra pо‘sti 
yog‘ochlanganda uning devori atrofida tо‘planadi. Yog‘ochlanish 
natijasida uning qattiqligi, zichligi va nur sindirishi ortadi. Ba’zi 
hujayralarning (epiderma, endoderma, pо‘kak) iо‘stlarida mum, kutin, 
suberin (lot. suber –pо‘kak) tо‘planib, ikkilamchi, qalinlashgan 
hujayra pо‘stida alohida qaglam hosil qiladi. Kutin va suberin 
kimyoviy jihatidan bir-biriga yaqin modda bо‘lib, fellon, gliserin 
kislotalaridan tashkil topgan. Bu moddalar amorf shaklda bо‘lib 
erituvchi moddalarda erimaydi.
Mum – yog‘ va spirtlarning monolari bulib, erituvchi organik 
moddalar yordamida ajratib olinadi va shu zahoti kristall ga aylanadi. 
Kutin mum bilan birlashib barg, novda iо‘stlarining ustida maxsus 
qatlam kutikula (lot. kutikula – pо‘st, qobiq) hosil qiladi. Bu qatlam 
qurg‘oqchilik sharoitida о‘simlikning о‘zidan suvni kam 
bug‘lantirishiga sababchi bо‘ladi. Suberin hujayraning ikkilamchi 
pо‘sti ichida tо‘planib pо‘kak xrsil qiladi. Pо‘kaklashgan pо‘st о‘zidan 
suvni ham, gazni ham о‘tkazmaydi. Keyinchalik bunday pо‘stli 
hujayra hayotchanligini yо‘qotadi. 
О‘simliklarning maxsus ixtisoslashgan hujayralari bahorda 
tanasidan shirali modsa va yelim ajratadi (shaftoli, olcha, gilos va 
boshqalar). Bu moddalar asosan Goldji apparagida sintezlanadi, 
keyinchalik protoplastnn yorib ikkilamchi va birlamchi pо‘st 
qavatlarini teshib, hujayradan tashqariga chiqariladi.
Kimyoviy jihatdan har ikkala modda bir-biriga juda yaqin bо‘lib, 
pektinlardan tashkil topgan. Shira suvda eriydi, yelim esa uzun ipga 
о‘xshab chо‘ziladi. Bu moddalarning hosil bо‘lishi vaqtida protoplast 
asta-sekinlnk bilan burishib, hajmi kichrayib, hulayra markazida 
tо‘planadi. О‘simlik hujayrasidan ajralib chiqadigan moddalar har xil 
vazifani bajaradi. Masalan, ildiz qini tomonidan ajratiladigan 
shilimshiq modda ildizni tuproqqa mustahkam о‘rnashishi uchun 
xizmat qiladi.
Qumli chо‘llarda juzg‘un degan о‘simlik о‘sadi. Uning yon ildizlari 
20–30 m uzunlikda bо‘ladi. Ildiz tomonidan chiqarilgan shirali modda 
qum zarrachalarini bir-biriga yopishtirib, ildiz ustini qinga о‘xshab 
mahkam о‘raydi. Kuchli shamollar qumni uchirib ketgan vaqgda ham 
ildiz hayotchanligini saqlab qoladi. 
47


Sharqiy Osiyo о‘rmonlarida о‘suvchi nepentes о‘simligining 
barglari shaklini о‘zgartirib, kо‘zachasimon bо‘lib о‘zidan shira 
chiqaradi. Bu shira hasharotlarni о‘ziga jalb etadi va ular bilan 
oziqlanadi. Shuning uchun ham bu о‘simlik hasharotxо‘r deb ataladi. 

Download 10,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish