Murakkab tо‘pgullarda asosiy о‘qning turli xil о‘sishi uchraydi
ba’zida asosiy о‘q monopodial о‘sib, yon tо‘pgullar simpodial о‘sadi.
bunday monopodial va simpodial tо‘pgullarning
birgalikda kelishiga
tirs deyiladi.
Oddiy tо‘pgullar monopodial о‘sib, barcha gullar asosiy о‘qqa
birikkan bо‘ladi (104-rasm).
103 – rasm. Ochiq tо‘pgullar (yon gulli) va ularning evolyutsion sxemasi:
Savatcha
Murakkab shingil
Sо‘ta
Soyabon
Boshoq
Boshchasimon
uchki gulli
Shingil
Barg qо‘ltig‘idagi shingil
Barg
qо‘ltig‘idagi
yakka gullar
198
1) Boshoq tо‘pgullarda asosiy о‘q kuchli rivojlangan bо‘lib, gullar
о‘q bо‘ylab bandsiz yoki juda qisqa band bilan birikadi (zubturli).
2) Shingil tо‘pgullarda asosiy о‘q uzun bо‘lib,
unda gullar bir xil
uzunlikdagi band bilan ketma-ket spiralsimon joylashadi (oq akasiya,
burchoq va boshqalar).
3) Sotada tо‘pgullarda asosiy о‘q ser etli bо‘lib, gullar bandsiz
joylashadi (makkajо‘xori).
4) Kuchala tо‘pgullarning asosiy о‘qi osilib turib egilgan shingilni
hosil qiladi (yong‘oq, tol).
5) Soyabon tо‘pgullarda asosiy о‘q qisqargan bо‘lib,
gullarning
yaxshi rivojlangan bir xil uzunlikdagi gulbandlari bir joydan chiqadi
(piyoz, olcha).
6) Boshcha tо‘pgullarda asosiy о‘q juda qisqarib ketgan bо‘lib,
unda gullari bandsiz yoki yaxshi rivojlanmagan band bilan zich
joylashgan (beda, skabioza).
7) Savatcha tо‘pgullarda asosiy о‘q
yassi yoki konussimon
kengaygan bо‘lib, gullari bandsiz joylashgan (kungaboqar, butakо‘z).
Gullar akropetal holatda ochiladi avval chetki gullar, sо‘ngra о‘rta
qismdagi gullar.
Murakkab tо‘pgullarda asosiy о‘qqa
gullar emas balki oddiy
tо‘pgullar joylashadi (104-rasm).
1) Murakkab boshoq – monopodial shoxlangan asosiy о‘qda
ikkinchi tartibli о‘q bо‘lib oddiy boshoqlar joylashadi (bug‘doy, arpa).
2) Murakkab shingil – uzun monopodial asosiy о‘qda ikkinchi
tartibli oddiy shingillar joylashadi (uzum, siren).
3) Murakkab soyabon – asosiy о‘qning yuqorigi tomoni qisqargan
bо‘lib, undagi gulyonbarglarning qо‘ltig‘ida
oddiy soyabonlar
joylashadi (sabzi, ukrop).
4) Murakkab qalqon – bu aralash tо‘pgul bо‘lib, uning asosiy о‘qi
oddiy qalqon, yon о‘qlari savat yoki qalqonlardan iborat
(bо‘ymodaron).
Simoz.
Simoz - simpodial о‘sadigan murakkab tо‘pgullar bо‘lib,
birinchi gul ochilgandan keyin asosiy о‘q о‘sishdan tо‘xtaydi. Yon
shoxlarini soni tur uchun о‘zgarmas bо‘ladi. Gullar yuqoridan pastga
qarab (bazipetal) ochiladi. Yon shoxlarning
soniga qarab uchga
bо‘linadi: dixazii, monoxazii va pleyxazii.
Do'stlaringiz bilan baham: