Hujayra pо‘stining kimyoviy tarkibi.
Hujayra pо‘sti asosan,
polisaxaridlarning (ksilan – ksiloza, manan – manoza, glyukan –
glyukoza va boshqa modsalar) monomerlaridan tashkil topgan.
Polisaxaridlardan tashqari hujayra pо‘sti tarkibida oqsillar, mineral
tuzlar, lignin, pigmentlar va boshqa moddalar ham bо‘ladi. Yuksak
о‘simliklar hujayra pо‘stining asosini sellyuloza (kletchatka) tashkil
etadi. Bu modda – 1,4 glyukan yoki (S
6
N
10
O
5
)p karbonsuvdan iborat
bо‘lib, uzun molekulalar zanjirga о‘xshash, takrorlanadigan birlikdan
hosil bo‘lgan ikkita glyukoza qoldig‘i (sellyuloza)dan iborat. Elektron
mikroskopda ular ingichka (1,5-4 nm) tolalar shaklida kо‘rinadi. Bu
tolalar kristallanish xususiyatiga ega bо‘lib, mikrofibrillalar deb
ataladi. Bu modda elastiklik, pishiqlik xususiyatiga ega bо‘lib,
nurlarni yaxshisindiradi. Sellyuloza suvda va organik birikmalarda
erimaydi, qaynatilganda ham ishqor va kuchsiz kislotalardan
ta’sirlanmaydi. Sellyuloza mikrofibrillari elastik va juda pishiq, shu
sababdan xalq xо‘jaligida keng qо‘llaniladi. Jumladan, sellyulozadan
paxta tolasi, viskoz deb ataladigan sun’iy ipak, miltiqning tutunsiz
о‘qi, sellofan, qog‘oz, yog‘och olinadi. Zamburug‘larning hujayra
pо‘sti xitin deb ataladigan polisaxaridlardan tashkil topgan. Xitin –
glyukozaning qoldig‘i bо‘lib, sellyulozadan ham pishiqrokdir.
Polisaxaridlar kimyoviy va fizikaviy xususiyati jihatidan ikki guruhga:
pektin va gemisellyuloza degan moddalarga bо‘linadi. Pektin (yunon.
pektos – quyuqlashgan) suvli sharoitda shishish va ba’zan erish
xususiyatiga ega. Ishqor va kislogalarda osonlik bilan parchalanadi.
Yuksak о‘simliklar barchasining hujayra pо‘stida poligalaktur
kislota yoki galakturan degan modda uchraydi. Bu modda
galaktozaning oksidlanishidan x,osil bо‘ladi va suvda eriydi. Yosh
hujayralarning pо‘stida uchraydigan pektin moddasining ta’mi nordon
bо‘ladi. Pektin moddalar Ca
2
+ va Mg
2
+ ionlari bilan qо‘shilib suvda
erimaydigan kalsiy va magniy tuzlarini hosil qiladi. Hujayra
pо‘stining tarkibida murakkab organik moddalardan lignin (lignum –
yog‘och) uchraydi. Bu modsa aromatik spirtlardan tashkil topgan
bо‘lib, suvda erimaydi. Ajratib olingan lignin sarg‘ish amorf shaklida.
46
Yuksak о‘simliklarning (daraxt va butalarning) sellyuloza
mikrofibrillalari qatorida lignin joylashgan. Hujayra pо‘sti
yog‘ochlanganda uning devori atrofida tо‘planadi. Yog‘ochlanish
natijasida uning qattiqligi, zichligi va nur sindirishi ortadi. Ba’zi
hujayralarning (epiderma, endoderma, pо‘kak) iо‘stlarida mum, kutin,
suberin (lot. suber –pо‘kak) tо‘planib, ikkilamchi, qalinlashgan
hujayra pо‘stida alohida qaglam hosil qiladi. Kutin va suberin
kimyoviy jihatidan bir-biriga yaqin modda bо‘lib, fellon, gliserin
kislotalaridan tashkil topgan. Bu moddalar amorf shaklda bо‘lib
erituvchi moddalarda erimaydi.
Mum – yog‘ va spirtlarning monolari bulib, erituvchi organik
moddalar yordamida ajratib olinadi va shu zahoti kristall ga aylanadi.
Kutin mum bilan birlashib barg, novda iо‘stlarining ustida maxsus
qatlam kutikula (lot. kutikula – pо‘st, qobiq) hosil qiladi. Bu qatlam
qurg‘oqchilik sharoitida о‘simlikning о‘zidan suvni kam
bug‘lantirishiga sababchi bо‘ladi. Suberin hujayraning ikkilamchi
pо‘sti ichida tо‘planib pо‘kak xrsil qiladi. Pо‘kaklashgan pо‘st о‘zidan
suvni ham, gazni ham о‘tkazmaydi. Keyinchalik bunday pо‘stli
hujayra hayotchanligini yо‘qotadi.
О‘simliklarning maxsus ixtisoslashgan hujayralari bahorda
tanasidan shirali modsa va yelim ajratadi (shaftoli, olcha, gilos va
boshqalar). Bu moddalar asosan Goldji apparagida sintezlanadi,
keyinchalik protoplastnn yorib ikkilamchi va birlamchi pо‘st
qavatlarini teshib, hujayradan tashqariga chiqariladi.
Kimyoviy jihatdan har ikkala modda bir-biriga juda yaqin bо‘lib,
pektinlardan tashkil topgan. Shira suvda eriydi, yelim esa uzun ipga
о‘xshab chо‘ziladi. Bu moddalarning hosil bо‘lishi vaqtida protoplast
asta-sekinlnk bilan burishib, hajmi kichrayib, hulayra markazida
tо‘planadi. О‘simlik hujayrasidan ajralib chiqadigan moddalar har xil
vazifani bajaradi. Masalan, ildiz qini tomonidan ajratiladigan
shilimshiq modda ildizni tuproqqa mustahkam о‘rnashishi uchun
xizmat qiladi.
Qumli chо‘llarda juzg‘un degan о‘simlik о‘sadi. Uning yon ildizlari
20–30 m uzunlikda bо‘ladi. Ildiz tomonidan chiqarilgan shirali modda
qum zarrachalarini bir-biriga yopishtirib, ildiz ustini qinga о‘xshab
mahkam о‘raydi. Kuchli shamollar qumni uchirib ketgan vaqgda ham
ildiz hayotchanligini saqlab qoladi.
47
Sharqiy Osiyo о‘rmonlarida о‘suvchi nepentes о‘simligining
barglari shaklini о‘zgartirib, kо‘zachasimon bо‘lib о‘zidan shira
chiqaradi. Bu shira hasharotlarni о‘ziga jalb etadi va ular bilan
oziqlanadi. Shuning uchun ham bu о‘simlik hasharotxо‘r deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |