58
o’rnatilib, sementlanadi. Markaning devordan chiqib turgan qismining o’rtasida
diametri 4 mm keladigan teshikcha bo’ladi, nivelirlash
vaqtida shu teshikcha
markazining absolut balandligi aniqlaniladi.
Reperlarning devorga va gruntga o’rnatiladiganlari bo’ladi. Devor reperi (6.4-
rasm b) marka kabi imorat devoriga, inshoot yoki
qoyaga yerdan 0,5-0,6 m balandlikda o’rnatiladi.
Reperning markadan farqi shukiu devordan qisman
chiqib turadi. Marka va reperga uni o’rnatgan
tashkilotning qisqartirilgan
nomi va reperning nomeri
yozib qo’yiladi. Reperni o’rnatish uchun munosib
imorat yoki inshoot bo’lmagan joyda reper yerga
o’rnatiladi. Bunday reper grunt reperi deyiladi. Grunt
reperlarining tuzilishi turlicha bo’ladi,
shulardan
ba’zilari 6.5-rasmda ko’rsatilgan (reper o’lchamlari sm
hisobida berilgan). Qisqa muddatga (1-2 yilga)
mo’ljallangan balandlik tayanch punktlariga vaqtinchalik reperlar o’rnatiladi.
Vaqtinchalik reper yerga ko’milgan yog’och ustun, rels parchasi, devor, qoyalarga
qoqilgan dumaloq qalpoqli mix va boshqalardan iborat.
O’rnatilgan geodezik belgilar (markaz, piramida, signal, marka va reperlar)
ning joyda saqlanishini kuzatib turishlari uchun ular geodezik belgi joylashgan
mahalliy tashkilotlarga hujjat bilan topshiriladi.
6.4-rasm.Marka
6.5-rasm.Reper
59
6.3. Geodezik tayanch tarmoqlarini barpo qilish uslublari
Geodezik tayanch tarmoqlarini barpo qilishning bir necha xil uslublari bor.
Astronomik uslub, geodezik uslub,
radiogeodezik uslub, kosmik-geodezik uslub
shular jumlasiga kiradi. Hozirgi vaqtda geodezik uslub qo’llanilmoqda. Geodezik
uslubning o’zi triangulyatsiya, trilateratsiya va poligonometriya turlariga bo’linadi.
Punktlarning geografik koordinatalari (geografik kengligi va geografik uzunligi),
astronomik uslubda bir-biriga bog’lanmay alohida aniqlanadi. Lekin astronomik
uslubda punktlar koordinatalarining aniqlash darajasi
hozirgi vaqtda geodezik
tayanch tarmoqlariga bo’lgan talabini qondirmaydi. Shuning uchun astronomik
uslub katta aniqlik talab qilmaydigan vaqtda (masalan, 1:100000 va undan mayda
masshtabda tasvirga olishda) yoki geodezik tayanch tarmoqlari hosil etishning
boshqa uslublaridan foydalanib bo’lmaydigan joylarda (Arktika,
Antarktida va
boshqa joylarda) qo’llanilishi mumkin. Astronomik uslub geodezik uslub bilan
birgalikda qo’llaniladi. Masalan: geodezik uslubda tayanch tarmoqlari hosil qilish
uchun avvalo biror boshlang’ich punkt yoki bir necha punktning koordinatalari
astronomik uslubda aniqlab olinadi. Tayanch tarmoqlarining
boshqa punktlari
koordinatalari geodezik o’lchash natijalariga asoslanib, hisoblab chiqariladi.
Boshlang’ich punktdan keyin keladigan punktlar fikran chiziq bilan tutashtirilsa
tarmoq hosil bo’ladi. Qator uchburchakdan iborat tarmoq triangulyatsiya tarmoqi,
ko’p burchaklardan iborat tarmoq poligonometriya tarmog’i deyiladi. Keyingi
yillarda 1:50000 va 1:100000 ayrim vaqtlarda esa 1:25000
masshtabli
aerofototopografik tasvirga olish uchun geodezik tayanch tarmoqlari barpo qilishda
radiogeodezik uslub qo’llanilmoqda. Radiogeodezik uslub territoriyani samolyotdan
turib suratga olish vaqtida samolyotning o’rnini aniqlashga asoslangan. Bu uslub
ayniqsa bir-biridan uzoqda joylashgan hamda bir-biridan ko’rinmaydigan
punktlarning koordinatalarini aniqlashda qo’llaniladi.
Qit’a va orollardagi geodezik tayanch tarmoqlarini bir-biriga bog’lashda
kosmik geodezik usuldan ham foydalaniladi. Yerning tabiiy va sun’iy yo’ldoshlarini
kuzatish asosida bir-biridan juda uzoqda joylashgan punktlarning koordinatalrini
aniqlashda, bir-biridan okean va dengiz bilan ajralgan qit’a hamda orollarda
60
o’tkazilgan geodezik tayanch tarmoqlarini bir biriga bog’lashda
bu uslub muhim
ahamiyatga ega. Geodezik tayanch tarmoqlarini barpo qilishda joyning sharoitiga
qarab, iqtisodiy jihatdan eng yaxshi samara beradigan uslub tanlanadi. Hozircha
planli
geodezik
tayanch
tarmoqlari
triangulyatsiya,
trilateraratsiya
va
poligonometriya uslublari bilan hosil qilinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: