Keramzit (yun. Keramos - loy) -yengil eruvchan loysimon jinsni pishirib olinadigan gʻovak material. Shagʻal, chaqiq tosh yoki qum koʻrinishida tayyorlanadi. Yengil betonning toʻldirgichi, filtrlovchi material, issiqlik va tovush izolyasiyalari sifatida ishlatiladi.
Travertino-akril asosidagi devorlar uchun mo’ljallangan qoplama, travertin tabiiy toshni yoki eskirgan marmarni eslatuvchi samaraga erishish imkoniyatini beradi. Choklar va ulamalarsiz dekorativ qoplam yaratish uchun qo’llaniladi.
Sement (lot. caementum — shagʻal, chaqiq tosh) — sunʼiy noorganik kukunsimon bogʻlovchi mineral. Suv qoʻshilsa, xamirsimon massa hosil boʻladi, vaqt oʻtishi bilan qotib, toshsimon jismga aylanadi. S. havoda ham, suvda ham qotish xususiyatiga ega. S. qurilishda juda keng qoʻllaniladigan betonning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. S.ning romansement, portlandsement, glinozyomsement, kengayuvchan, gidravlik qoʻshimchali kabiturlari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |