2. O‘zini chetga olish (chap berish, qochish). Bunday axloqli individ o‘z huquqlarini himoya qilishni, qarorni ishlab chiqish uchun hamkorlik qilishni istamagan, o‘z pozitsiyasini bildirishdan bosh tortgan, bahsdan bo‘yin tovlagan hollarda tanlanadi. Bu uslub qarorlar uchun mas’uliyatdan qochish konflikt yakuni individ uchun muhim bo‘lmagan, yoki vaziyat o‘ta murakkab va konfliktning hal etilishi ishtirokchilardan juda ko‘p kuch talab etadigan, yo bo‘lmasa, konfliktni o‘z foydasiga hal qilish uchun uning kuchi, hokimiyati yetmagan hollarda ishlatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |