14. Qo‘zg‘aluvchan toifa. Bu toifadagi odamlarga xos xususiyatlar – haddan tashqari ijtimoiy ta’sirchanlik, o‘z ehtiroslari, harakatlari va intilishlarini boshqara olmaslik bo‘lib, bular oxir-oqibatda ziddiyatlar va boshqalar bilan bo‘ladigan muloqotdagi muammolarni keltirib chiqaradi.
Yuqoridagi shaxs toifalarining xususiyatlaridan kelib chiqib, nizoli vaziyatlarda o‘z-o‘zini tutishning quyidagi uslublari mavjud:
Konfliktli vaziyatda o‘zini tutishning besh asosiy uslubini ajratib ko‘rsatish mumkin:
moslashuvchanlik, yon bosish;
o‘zini chetga olish (chap berish);
qarama-qarshilik (ziddiyat);
hamkorlik;
kompromiss (murosa).
Do'stlaringiz bilan baham: |