92
1-ilova
Oilada farzand tarbiyasida xalq
og‘zaki ijodidan foydalanishni o‘rganish
yuzasidan so‘rovnoma
(Ota-onalar uchun)
Yo‘riqnoma:
Hurmatli ota-ona quyida sizning hukmingizga
havola etilayotgan ta’kidlar sizning oilangizda va farzandlaringiz
tarbiyasida nechog‘lik ahamiyatga ega ekanligi va amalga
oshirayotgan faoliyatingizga muvofiq kelishi yoki bu boradagi sizning
turmush
sharoitingizga
monand
yoki
monand
emasligi,
farzandlaringiz bilan munosabatlarda aks
etishi nuqtayi-nazaridan
ta’kidlarda ifodalangan hukmlardan birini tanlashingiz kerak bo‘ladi.
№
Savollar
Ha Yo‘q Ba’zida
1 Farzandingiz alla tinglab ulg‘ayganmi?
2
Farzandlaringiz ertak eshitish istagini
bildirishadimi?
3
Farzandingizning
yutuq
va
kamchiliklarini
baholab,
oilaviy
suhbatda
hikoya
va
rivoyatlardan
unumli foydalanasizmi?
4
Farzandingizning
ijobiy
asar
qahramonlariga o‘xshashlikka intilishini
sezganmisiz?
5
Biror bir ertak,
hikoya va rivoyatlarni
o‘qigan farzandingizdan, undan olgan
ibrat, xulosa va fikrlarini so‘raysizmi?
6
Sizga
ham
ota-onangiz,
bobo-
buvilaringiz, hikoya, rivoyat, ertak aytib
berisharmidi?
7
Ertak, doston, rivoyat eshitgan bolaning
emotsiyasida,
xatti-harakatida
jiddiy
o‘zgarishlarni sezasizmi?
8
Farzandingiz
tez aytish, topishmoq va
maqollardan yoddan aytib bera oladimi?
93
9
Oilaviy mehnat, faoliyat jarayonida,
kezi
kelganda
maqol,
matal,
topishmoqlar aytib turasizmi?
10
Xalq
dostonlaridan:
Alpomish,
Go‘ro‘g‘li,
Ravshan,
Kuntug‘mish
dostonlarini oilaviy birgalikda o‘qib
mushohada qilganmisiz?
11
Farzanlaringizga kitoblar sovg‘a qilib
turasizmi?
12
Farzandingizning
qanday,
qanaqa
kitoblar
o‘qiyotganiga
e’tibor
qaratasizmi?
13
O‘zingiz
ham kitob mutolaa qilib
turasizmi?
14
Ommaviy
axborot
vositalari:
televideniya,
radio
va
gazetadagi
yangiliklaridan
xabardor
bo‘lib
turasizmi?
15
Farzandlaringiz siz bilan biror kitob
mutolaasi
yuzasidan
o‘rtoqlashishingizni xohlashadimi?
16
Farzandingizning kitobxonlikka bo‘lgan
ishtiyoqini oshirishda xalq og‘zaki
ijodidan foydalanib, ularning kitobga
bo‘lgan ehtiyojini
izchillikda qondirib
boryapsizmi?
17
Farzanlaringiz
bilan
suhbatingizda
maqollardan foydalanib turasizmi?
18
Milliy qadriyatlarimiz urf odat va
an’analarimiz xalq og‘zaki ijodida
boyitilganligi
farzandingizda
milliy
ruhni uyg‘otishda asosiy ko‘makchi
bo‘la olyaptimi?
19.
Sizningcha
xalq
og‘zaki
ijodi
namunalari bola tarbiyasi rivojida ijobiy
munosabat o‘rnatib kelyaptimi?
Do'stlaringiz bilan baham: