8.2. Mutaxassislik fanlarini o‘qitishda qo‘llaniladigan ta’limning tashkiliy shakllari
Ta’lim islohoti talablariga ko‘ra oliy o‘quv yurtidagi pedagogik jarayonning asosiy maqsadi-bo‘lajak oliy ma’lumotli mutaxassislarda bilim, ko‘nikma, malakalar hosil qilish, ularni yuksak ma’naviyaxloqiy salohiyat, yuqori kasbiy mahorat egasi bo‘lishga ko‘maklashishdir. Bundan tarbiyachilik va o‘qituvchilik ixtisosligiga tayyorlanayotganlar ham istisno emas. Bu pedagogik hodisa ta’lim jarayonida axborotlar almashinuvi orqali amalga oshadi.
Psixologiya fanlari doktori, professor V.M. Karimovaning ta’kidlashicha, bunday pedagogik muloqot jarayonidagi ma’lumotlar almashinuvi va monolog, dialog, polelog ko‘rinishida amalga oshiriladi.
Monolog-ma’ruzadagii oq’ituvchining tinglovchilar yoki o‘quvchi talabalar qarshisiga chiqib nutq so‘zlashi, darsni bayon etishidir.
Dialog- o‘quv mavzusi yoki muammoni guruh sharoitida o‘qituvchi bilan birgalikda va hamkorlikda muhokama qilish yo‘lidir.
Polelog- guruh ichidagi munozaradir. U tinglovchilar yoki o‘quvchilarning faolligini yanada oshirish, ulardagi ijodiy qobilyatlarni rivojlantirish maqsadida ishlatiladi.
Oliy ta’lim maktablarida ham yuqoridagi shakllar bilan o‘quv ishlari tashkil qilinmoqda.
Ma’ruza (o‘quv ma’ruzasi)-oliy o‘quv yurti pedagogik jarayonida eng ko‘p qo‘llaniladigan shakli bo‘lib unda ta’lim oluvchilarga maksimal darajada yangi ilmiy axborotlar berish, o‘quv materialini talabalar ongiga yetkazish nazarda tutiladi. Ma’ruzalarda talaba uchun zarur bo‘lgan kasbiy, ilmiy-nazariy ma’lumotlar bayon etiladi.
Oliy ta’limda pedagogika fanlaridan tashkil etiladigan ma’ruzalar pedagogik qonuniyatlar, g‘oyalar mazmunini nuqtai nazarlar mohiyatini ochib berishga, bilimlarni tizimlash va umumlashtirishga qaratiladi. Bunda ma’ruzani tinglay olish, asosiy g‘oyalar va muhim sanalar, fikrlarini yozib borish muhim hisoblanadi.
Ma’ruza jarayonida professor-o‘qituvchi bilan tinglovchi-talaba o‘rtasida jonli muloqot yuzaga keladi. Shuning uchun ma’ruzachi o‘z o‘quv predmetining ilmiy-nazariy asoslarini chuqur va mukammal bilishi, fandagi ma’lumotlarni qiziqarli, tushunarli, jonli qilib talabalarga yetkaza olish mahoratiga ega bo‘lishi talab etiladi. Ma’ruzada jonli muloqot tashkillashtirilganligi sababli talabalar ilmiy nazariy bilimlar olamiga kiradilar,o‘zlari uchun mavhum bo‘lgan pedagogik tushunchalarni mohiyatini tushunib oladilar. Bu hol ma’ruzachining o‘quv dasturidagi muhim ma’lumotlar, murakkab fikrlar mazmunini aniqlab, ochib berishi, farazlar mohiyatini izohlashi, talabalar oldiga muammolar qo‘yishi ularni mustaqil fikrlashga undashi yordamida ro‘y beradi.
Ko‘pgina ma’ruza raqiblari ma’ruzada lektorning faolligi, tinglovchi talabaning passivligini keltirib chiqaradi, talabalar mashg‘ulotda passiv tinglovchi sifatida ishtirok etadilar deb da’vo qilib ma’ruzani video ko‘rsativlar, texnika komputer vositalari bilan almshtirishni tavsiya qiladilar. Ammo tajriba shuni ko‘rsatadiki hech qanday texnika vositasi, hech qanday video ko‘rsatuv o‘qituvchining jonli bayoninimg o‘rnini bosa olmaydi.Chunki texnika vositasi video ko‘rsatuv yordamida tashkillashtirilgan o‘quv ishlartida sun’iylikdan iborat va shuning uchun ham ular ma’ruza uchun yordamchi vosita bo‘lib ishlatilishi mumkin. Sun’iylikning mohiyati shundaki ma’ruzadagi qarama – qarshi fikrlar nuqtaiy nazarlar ziddiyatlarning mazmunini texnika vositalari video ko‘rsatuvlar jonli muloqotchalik ochib bera olmaydi. Shuning uchun pedagogika fanlarini o‘qitishda ma’ruza oliy ta’lim tizimida muhim o‘rin egallaydi.
Ma’ruzaning afzalligi shundaki u katta hajimdagi materialni qisqa mudatda, aniq izoh yordamida tinglovchiga yetkaza oladi va o‘quv ma’lumotlarini sistwmali bayon qilishni ta’minlaydi. Ilmiy pedagogik nazariya va amaliyot shundan darak beradiki, maruzani ta’limiy va tarbiyaviy imkoniyatlarini ijobiy bo‘lishi ko‘p hollarda auditoriyada maruzachi bilan tinglovchining aloqao‘rnatishiga bog‘liq. Maruzachi professor- o‘qituvchi va talaba - tinglovchining auditoriyadagi hamkorlik va aloqa o‘rnatishning muhim shartlari mavjud. Ularni pedagog olim N.V.Savin uch guruhga ajratadi.
Birinchi guruhga maruza mazmuni va tuzilishi bilan bog‘liq shart kiradi.
Maruza mavzusini aniq rejalash va ko‘rish;
Maruzani ilmiy informatsiyalarga boyitish;
Maruzada fanning eng yangi yutuqlarini bayon etish;
Maruza uchun o‘quv materialini puxta tayyorlash va uning mazmunini asosiy tushunchalar mohiyatini yoritishga qaratish;
Bayon etilayotgan o‘quv materialining darslikdagi izohini obyektiv baholash va qo‘shimcha ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish hamda ulardan o‘z o‘rnida foydalanish.
Maruzachining talabalar bilan aloqasining ikkinchi sharti maruza sifatiga taa’lluqli:
Maruzachi mavqeining aniqligi uning g‘oyaviy va ilmiy ishonchi hamda bu ishonchning maruza mazmuniga, fikrlar bayonida ifodalanishi.
Umumiy va ilmiy bilimdonlik, erkin axbarotlarni bayon etishi.
O‘z o‘quv faniga ishtiyoq va ilmiy ijodga qiziqish
Diktorlik mahorati, bilimdonlik va fikrlar boyligi, bayon etish malakasiga ega bo‘lish ( ma’ruzada diqqatini turli obyektlarga taqsimlay olishi va uni butun mashg‘ulot davomida saqlay olishi, aqliy faoliyatini stimullash va h.k).
Nutq sifati: fikrni til orqali ifodalashi, nutqning yorqinligi, auditoriyada aniq eshitilishi, ifodali bayon etish.
Ma’ruza o‘qish tizimi: barcha kurs talabalarining o‘quv ma’lumatlarni to‘liq idrok qilish va ayrim yozuvlarni qayd qilish imkoniyatining yaratilishi
Talabalarga xayrixohlik bilan, munosabatda bo‘lish, munofiqlik, soxta obro‘ga ega bo‘lish izidan quvmaslik va h.k. Ma’ruzachi va tinglovchining mashg‘ulotdagi aloqasining uchunchi sharti: ma’ruza vaqtini optimal taqsimlash o‘quv jarayoniga sifatli o‘quv ma’lumotini tanlash va uni o‘z vaqtida bayon etishi, ish sifatiga e’tibor qaratish,yordamchi vositalarni jalb eta olishi kiradi1. Maruzalarda talabalarni o‘quv materialini idrok qilishga faolishtirokini tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi.Buning uchun ma’ruza jarayonida talabalar oldiga muammoli savollar qo‘yish ularning fikrlarini tinglash,javoblarni izohlash, faktlar, misollardan foydalanish darkor.
Professor M.Ochilovning ta’kidlashicha oliy ta’lim maktablarida o‘qiladigan ma’ruzalar kirish maruzasi, mavzular bo‘yicha maruza, umumlashtiruvchi ma’ruzalardan iborat. Mualliflarning fikriga ko‘ra kirish ma’ruzasida o‘rganilayotgan oliy o‘quv yurtidagi fanlar tizimidagi o‘rni ya’ni agar “Umumiy pedagogika” fani bo‘yicha ikkinchi kursda ma’ruza o‘qilayotgan bo‘lsa, uning umumkasbiy fanlar tarkibidagi o‘rni, boshqa turdosh bo‘lmagan fanlar bilan aloqadorligi, bog‘liqligi, fan o‘rganadigan asosiy muammolar, kursning maqsadi, vazifalari,mutaxassislikda tutgan mavqei,metodik asoslari, tadqiqot metodlari, manbalari hamda fanning o‘ziga xos xususiyatlari bayon etiladi.
Mavzular bo‘yicha ma’ruzalarda o‘quv va ishchi dasturda ko‘rsatilgan vaqt doirasida o‘tkaziladi. Unga har bir mavzu bo‘yicha ma’lumotlar, ushbu mashg‘ulotlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidagi o‘rni, munozarali masalalar, qonunlar, muammoning mohiyati, tarixi, erishilganlik darajasi, nazariy va amaliy ahamiyati bayon etiladi. Umumlashtiruvchi, yakuniy ma’ruzalar, fanni o‘rganishning yakunida, yakuniy davlat attestatsiyasi oldidan o‘tkaziladi. Bunda fan bo‘yicha mavzulardagi ma’lumotlar umumlashtirilib, mavzular bo‘yicha sodir bo‘layotgan voqealar, yangiliklar, o‘zgarishlar, erishilgan yutuqlar to‘grisidagi axbarot beriladi. Shunday qilib, ma’ruza bugungi kunda oliy ta’lim maktablarida o‘qitishning asosiy shakllaridan biri edi va shunday bo‘lib qoladi. U ma’lumotlarni bayon qilishga katta hajmdagi axbarotni qamrab olganligi, vaqtni tejasi ko‘p sonli tinglovchilarni qamrab olganligi jihatlari bilan oliy o‘quv yurtlarida o‘qitish shakllarining muhim shakllari bo‘lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |