Mavzuni takrorlash va mustahkamlash uchun savollar hamda topshiriqlar: Talabalarning malakaviy amaliyot jarayonida bajargan ishlarini hisobga olish haqida tushuncha bering.
Amaliyot rahbarining majburiyatlarini tushuntiring.
Olingan nazariy ma’lumotlaringizga tayanib, pedagogik amaliyot dasturini ishlab chiqing. 4. Amalyot burchagida nimalar o’z aksini topishi lozim? Maktabgacha ta’lim yo’nalishi talabalarining malakaviy amaliyotini kuzating.
Pedagogik amaliyot oldi konferinsiyasiga ishtirok eting va tahlil qiling.
16-MAVZU. PEDAGOGIK AMALIYOTNI BAHOLASH MEZONLARI, PEDAGOGIK AMALIYOT BO‘YICHA ISH HUJJATLARI Tayanch iboralar: malakaviy amaliyot, malakaviy amaliyotni baholash, baholash mezoni, pedagogik amaliyot, amaliyot hisoboti, amaliyot hujjatlari, amaliyot rahbari. 16.1. Pedagogik amaliyotni baholash mezonlari Pedagogik amaliyot davomida talabalarning faoliyatini nazorat qilish va baholash 100 ballik reyting tizimi asosida amalga oshiriladi. Hisobot malakaviy amaliyot tugagandan so‘ng 3 kun muddatda qabul qilinishi shart. Baholash komissiyasi tarkibi a'zolari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
Fakul'tet dekani
Dekani o‘rinbosari
Kafedra mudiri
Fakul'tet amaliyot rahbari
Amaliyot ob'ektidan tayinlangan metodist
Metodist o‘qituvchi
Pedagogik amaliyot jarayonida o‘quv rejasidagi fanninng xususiyatidan kelib chiqib ballar quyidagicha taqsimlanadi:
Mutaxassislik fanidan– 50%
«Pedagogika» fanidan– 20 %
«Psixologiya» fanidan– 15%
Hisobot uchun– 15 %
Talabalarning ballarda ifodalangan o‘zlashtirishlari quyidagicha baholanadi:
86 – 100 ball– 5 «a'lo»
76 – 85 ball– 4 «yaxshi»
55 – 75 ball 3 «qoniqarli»
Fanlar bo‘yicha belgilangan vazifalarga ballarning taqsimoti Pedagogika fani– 20%
№
Bajariladigan ish mazmuni
Vazifa soni
Bajarish muddati
Reyting
balli
1
Sinf rahbarlarining tarbiyaviy ishlar rejasini o‘rganish,
biriktirilgan sinfda tarbiyaviy
rejani tuzish
1 hafta
2
Tarbiyaviy tadbir ishlanmasini tuzish
Amaliyot davomida
3
Tarbiyaviy tadbirlarda qatnashish va o‘tkazish
Amaliyot davomida
4
Pedagogik va psixologik tavsifnoma2 ta(sinf va bitta o‘quvchiga)
Amaliyot davomida
5
Matnlarni tuzish(mehnat ta'limi bo‘yicha) va ularga tarbiyaviy maqsadni yoritish darajasi