G. Q. Hasanova, Z. B. Jalilov


-MAVZU. MUTAXASSISLIK FANLARINI O‘QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH



Download 1,07 Mb.
bet89/134
Sana27.06.2022
Hajmi1,07 Mb.
#710678
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   134
Bog'liq
G. Q. Hasanova, Z. B. Jalilov

20-MAVZU. MUTAXASSISLIK FANLARINI O‘QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH.


Tayanch so‘zlar:texnologiya, pedagogic texnologiya, innovatsiya, texnologik jarayon,texnologik operatsiya, texnologik xarita, texnologik rejim, tadqiqiy-ijodiy ta’lim texnalogiyasi, ishbilarmonlik o‘yinlari texnalogiyasi, muammoli o‘qitish texnalogiyasi, individuallashtirilgan ta’lim texnalogiyasi, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnalogiyasi, interfaol usullar
20.1. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning mohiyati
Demokratik, huquqiy davlat barpo etish va fuqarolik jamiyati asoslarini rivojlantirishning eng muhim masalalaridan biri mamlakatimiz ilmiy salohiyatini rivojlantirish masalasidir. Darhaqiqat, ilmiy salohiyatni taraqqiy ettirmay, mamlakatni iqtisodiysiyosiy, ijtimoiy madaniy rivojlantirib bo‘lmaydi. Ilmiy salohiyat esa ta’lim-tarbiya vositasida yuksaladi. Shu sabab mustaqillikning dastlabki davridan boshlab mamlakatda barcha sohalar bo‘yicha tub islohotlar amalga oshirildi. Shulardan biri “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi bo‘ldi.
Chunonchi, “Ta’lim O‘zbekiston xalqi ma’naviyatiga yaratuvchilik faoliyatini baxsh etadi. O‘sib kelayotgan avlodningbarcha eng yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo‘ladi, kasb-kori, mahorati uzluksiz takomillashadi, kata avlodlarning dono tajribasi anglab olinadi va yosh avlodga o‘tadi”1 – deb ta’kidlagan edi birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov. Bu ta’kid mamlakat ta’lim mazmunini o‘zgartirishni uni amalda tadbiq etish jarayonini…. zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘z vaqtida ishlab chiqish va joriy etishni ta’minlashni”2 joriy etishni taqozo etadi. Chunki ta’lim texnologiyalariilmiy kadrlarni tayyorlash va ularning intellektual salohiyatlarini yuksaltirishda ta’lim jarayonini optimallashga, o‘zlashtirish natijalarini kafolatlashga, buning uchun esa ta’lim shakllari, metodlari, vositalarini qulaylashtirishga xizmat qila oladigan texnologiyadir.
2017 yil 20 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida oliy ta’lim tizimini kelgusida kompleks rivojlantirishning eng muhim vazifalari qatorida o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan eng zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ta’lim dasturlari va o‘quv-metodik materiallarni keng joriy etish, ta’lim jarayonini, oliy ta’limning o‘quv reja va dasturlarini yangi pedagogik texnologiyalar va o‘qitish usullarini keng joriy etish asosida yanada takomillashtirish masalasi ham joy olgan1.
Darhaqiqat, an’anaviy ta’lim talaba-yoshlarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatsa, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari esa bilim oluvchilarni o‘rganayotgan mavzu bo‘yicha ma’lumotlarni, o‘zlari izlanib topishlariga, mustaqil o‘zlashtirib, tahlil qilib shaxsiy mulklariga aylantirishga chorlaydi. Bunda pedagog yo‘naltiruvchi, boshqaruvchi funksiyasini o‘tab, o‘quvchitalabalarning shaxsini shakllanishi, rivojlanishi, bilim olish dunyoqarashini tarkib topishiga sharoit, imkoniyat yaratadi.
Zamonaviy texnologiya deyilganda zamon talablarini qondira oladigan, uni ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-siyosiy va madaniyma’rifiy taraqqiyotini tezlashtira oladigan texnologiyani tushunmoq darkor. Zero, zamonaviy texnologiya asosini innovatsiya (inglizcha innovation – yangilik, yangilik yaratish) termini tashkil etadi. Shu ma’noda innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda pedagog va talaba faoliyatiga o‘zgartirishlar, yangilik kiritishni anglatadi va o‘quvchi madaniyati hamda ta’lim ustuvorligini ta’minlaydi.
Chunonchi: a) mashg‘ulot davomida (nazariy, amaliy) o‘quvchilarning ijodiy munosabatini, ijod qilish, izlanishga da’vat etishi; bilim olishga nazariy mashg‘ulotlarni mustaqilegallashga qiziqishlarini uyg‘otishni ta’minlashga; talabani ta’lim obyektidan ta’lim subyektiga aylanishiga; b)mashg‘ulotda pedagog va talabaning doimiy hamkorlikda ishlashlarini yo‘lga qo‘yishini amalga oshiradi.
Oqibatda o‘qituvchi va o‘quvchi-talabalarning qo‘yilgan maqsadga erishishi kafolatlandi.
Shunday qilib, zamonaviy o‘qitish texnologiyalari o‘zlashtirishni faollashtirib,maqsadga erishishni ta’minlaydigan, natijani kafolatlovchi texnologiya ekan, avvalo, uning nazariy va amaliy asoslarini yorituvchi tushunchalar “Texnologiya”, “Zamonaviy texnologiya”, “Zamonaviy o‘qitish texnologiyalar”ning mazmunmohiyatini anglash, tushunib olish talab etiladi. Bu tushunchalarning mazmun-mohiyati, birinchidan bu tushunchalarga berilgan lug‘aviy izohlarda, ikkinchidan bu tushunchalarga berilgan ta’riflarda namoyon bo‘ladi.
“Texnologiya” so‘zi 1872 yilda fanga kiritildi va u yunoncha
“texne” – mahorat, san’at hamda “logos”-fan, ta’limot tarzida ishlatila boshlandi va unga quyidagicha izoh berildi:
“-bu fan taklif etgan algoritm, vosita va yo‘llar tizimi bo‘lib, ishlatilganda oldindan belgilangan faoliyat natijalariga olib kelib, sifatli va miqdoriy mahsulot chiqishini ta’minlovchi jarayondir”12.
Texnologiya tushuncha asosan ishlab chiqarishda ishlatiladi. Bundan texnololigik jarayon, texnologik operatsita, texnologik harita, texnologik rejim tushunchalari “Texnologiya” so‘zining mohiyatini yaratishda kalit rolini o‘ynaydi. Shundan texnologik jarayon– ishlab chiqariladigan mahsulotga ishlov berishning yagona jarayonini hosil qiluvchi texnologik operatsiyalarning yig‘indisidan iborat bo‘lsa,texnologik operatsiya– ishchi yomonidan o‘zining ish joyida bajariladigan, yakuniga yetkazilgan harakat ko‘rinishidagi jarayonning bir qismi deb ta’kidlaniladi.

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish