O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar. Fan dasturidagi asosiy masalalar, fanni o‘qitish bilan bog‘liq uslubiy ko‘rsatmalar qisqa beriladi.
Ma’ruza mashg‘ulotlari. O‘quv fanining mavzulari fan dasturiga qat’iy amal qilgan holda mantiqiy ketma-ketlikda oddiy jadval shaklida keltiriladi. Har bir mavzu ketma-ket raqamlanadi va unga ajratilgan soat ko‘rsatiladi. Jadval tagidagi oxirgi katakda ma’ruzalarga ajratilgan umumiy soatlar hajmi ko‘rsatiladi, ushbu raqam o‘quv rejadagi bilan to‘liq mos kelishi shart.
Amaliy, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlari. O‘quv reja, fan dasturi, o‘quv fanining mohiyati va nazariy mavzulariga mos ravishda amaliy (seminar, kollokvium, laboratoriya va boshqa) mashg‘ulotlar oddiy jadval shaklida keltiriladi. Har bir mavzu ketmaket raqamlanadi va unga ajratilgan soat ko‘rsatiladi. Jadval tagidagi oxirgi katakda ushbu mashg‘ulotlarga ajratilgan umumiy soatlar hajmi ko‘rsatiladi, mazkur raqam o‘quv rejadagi bilan to‘liq mos kelishi shart. Ishchi fan dasturining ushbu qismida faqat o‘quv reja va fan dasturida ko‘zda tutilgan mashg‘ulotlar turi qayd etiladi.
SHuningdek, amaliy mashg‘ulotlarda ishlatiladigan jihozlar, axborot va pedagogik texnologiyalar, muhokama etiladigan mavzular, masalalar variantlari, “keys”lar, faol va interfaol usullar, laboratriya ishlarining maqsadi, mazmuni, ishlatiladigan laboratoriya asbobuskunalari, jihozlari va ashyolar ro‘yxati, mashg‘ulotlar boyicha talabalarning yakuniy ishlari, hisobot turlari hamda fan mohiyatidan kelib chiqadigan boshqa ma’lumotlar aniq yoritilishi shart.
Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar. Mazkur qismda mustaqil ta’limning shakli va mazmuni, mustaqil o‘zlashtirishga mo‘ljallangan mavzular va topshiriqlar keltiriladi. Har bir mavzu ketma-ket raqamlanadi va unga ajratilgan soat ko‘rsatiladi. Jadval tagidagi oxirgi katakda ushbu mashg‘ulotlarga ajratilgan umumiy soatlar hajmi ko‘rsatiladi, mazkur raqam o‘quv rejadagi bilan to‘liq mos tushishi shart. Mustaqil mashg‘ulotlar jarayonida talabalar tomonidan tayyorlanishi zarur bo‘lgan yakuniy ishlar shakli (referat, esse, mustaql (ijodiy) ish, muammoli ma’ruza va boshqalar) va uni topshirish (himoya qilish) tartibi aniq ko‘rsatiladi.
SHuningdek, o‘quv reja va fan dasturiga muvofiq kurs loyihasi, kurs ishi, chizma-hisob, ijodiy va boshqa mustaqil ishlarining mavzu va mazmuni, bajarish bo‘yicha zarur uslubiy ko‘rsatmalar, rasmiylashtirish, topshirish shakli va tartibi keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |