«Mahbub ul-qulub»da talqin qilinadi:
«Karam — bir jabrlanganning qattiqchiJik yukini ko‘tarm oq
va uni o ‘sha qiyinchilikdan qutqarmoqdir».
«Ehson degan sifatni abadiy saodat bil... Kishilik bog'ining
ko‘ngilga yoqar daraxti ehsondir».
«Saxiylik kishilik bog'ining xosildor daraxtidir, balki u
daraxtning
shirin mevasidir, odamgarchilik o ‘lkasining to'lqinli
daryosi, balki u to'lqinli daryoning asl gavharidir».
«Saxiylik odamning badanidir, him m at uning joni: him m at-
lilardan dunyoga yuz ming kushoyish b o ‘lar,
himmatsiz kishi er
sonida emas, jonsiz badanni kishi tirik demas».
«Tiling bilan ko‘nglingni bir tut, ko‘ngil va tili aytgan so‘ziga
but. So‘zni ko‘ngulda pishqormaguncha tilga keltirma».
«Oqil chin so‘zdan o ‘zgani demas».
Kishi chinda so‘z desa zebo durur,
N echa muxtasar b o ‘lsa avlo durur.
Vazifa: 0 ‘qing, tahlil Idling!
(«Mahbub ul-qulub»dan ayrim tanbihlar)
1. Oz gapirmoq — hikmatga sabab, oz emoq — sog‘liqqa sabab.
Og‘ziga kelganni demoq — nodonning ishi va oldiga kelganni yemoq
— hayvonning ishi.
2. Olim kishi bir johilni qarshisiga o ‘tkazib, uni mulzam qilishni
istasa, bu olimning o ‘zi uchun haqoratdir. Olim awalo, o ‘z ilmining
darajasi va salmog‘ini asrashi kerak, gavharni sinab ko‘rish uchun
toshga urmasligi kerak.
3. Sayyodning baliqqa qarmoq tashlashi — nafs muddaosi
uchun; baliqning qarmoqqa ilinmog‘i ham xuddi shu balo uchun.
4.
Qanoat ehtiyojsizlik negizidir, izzat va sharaf tantanasidir.
Qanoatli kambag‘al — davlatmanddir; uning shohu gadoga ishi
tushmaydi.
5. Chin so‘z — m o‘4abar; yaxshi so‘z qisqa — muxtasar.
K o‘p so‘zlovchi — zeriktiruvchi; qayta-qayta
gapiruvchi aqldan
ozgan. Ayb izlovchi - aybli; kishi aybini gapiruvchi — o ‘ziga
yomonlik sog‘inuvchi.
71
6. Fosiq olim — o ‘ziga zolim donishmanddir; davlatmand
baxil — o ‘z ziyonini ko‘zlovchi nodondir. Bu ikki toifa —
umrini
bekorga o ‘tkazadi va go‘rga xasratu armon olib ketadi.
7. Yel agar ko‘kka yetsa ham, baribir yengil va qadrsiz; tog‘ —
agar tuproqqa botsa ham salobatlidir.
8. Bilmaganin so‘rab o ‘rgangan — olim; orlanib so‘ramagan
— o ‘ziga zolim. Oz-oz o ‘rganib — dono bo‘lur, qatra-qatra yig‘ilib
— daryo bo‘lur.
9. Nafs balosiga uchragan odamning eyishdan boshka hunari
yo‘q; xudbin odam gap sotishdan boiakka yaramaydi. U biri harom
ovqatdan rohatlanadi, bu biri esa doim o ‘zini maqtab orom oladi.
10. Odamning yaxshisi —
yomon narsalardan saqlanuvchi,
pok bo‘lgay va xaq so‘zni aytishda xech narsadan qo‘rqmagay. 0 ‘zi
pok, ko‘zi pokli inson desa bo‘lur...
11. Yaxshi odamlardan yomonlar ham yomonlik kutmas;
yaxshi odam yomonlardan ham yaxshilikni ayamas. Yaxshilik qila
olmasang — yomonlik ham qilma.
Do'stlaringiz bilan baham: