9.3. Jahon mamlakatlarida o’qituvchilar malakasini oshirish
Yevropa modeli: Yevropa davlatlarida buni tashkil qilishning aniq
ko‘rinishini tasvirlash bir necha sabablarga ko‘ra qiyin kechadi:
126
— ta‘lim darajasidagi farqlar;
— muqarrar va qo‘shimcha ta‘lim;
—mashg‘ulot turi;
— davomiylik va predmetlar bo‘yicha.
Malaka oshirish asosan rivojlanishning ikki bosqichida kechadi (Avstriya,
Belgiya, Finlyandiya, Niderlandiya, Portugaliya, Shotlandiya, Ispaniya, Shvetsiya).
Dastavval u norasmiy va ko‘ngilli ravishda, shundan so‘ng ikkinchi bosqichda aniq
tizimli, muqarrar ravishda bo‘ladi. Odatda ta‘lim barcha darajadagi maktablarda bir
vaqtda olib boriladi (Avstriya, Germaniya, Norvegiya, Portugaliya, Shotlandiya).
Bungacha dastlabki shu singari amaliyot boshlang‘ich maktablarga yuklatilgan edi
(Fransiya va Lyuksemburgda), Irlandiyada esa, istisno tariqasida norasmiy
mashg‘ulot dastavval o‘rta maktablarga kiritilgan.
O‘qituvchilar tayyorlanishi agentligi Angliya va Uelsda malaka oshirishning
doimiy
standartlarini
ishlab
chiqdi.
Standartlarning
asosiy
maqsadlari
quyidagilardan iborat:
— o‘qituvchilarga kasbiy faoliyatning har xil ko‘rinishlarida yordam berish:
takomillashuvning samarali rejasini tuzish va tekshirib borish, o‘z-o‘zini
takomillashtirishga tayyorgarlik, faoliyat va bu yo‘lda aniq maqsadni qo‘ya olish;
— o‘z-o‘zini takomillashtirishda o‘quvchilarning ma‘lum yutuqlarga erishishi
uchun maqsadni yo‘naltira bilishni doimiy ta‘minlash va ta‘lim sifati;
— o‘qituvchi mehnatining asosini professional jihatdan anglashni ta‘minlash;
— uzluksiz kasbiy kamolotni rejalashtirish va o‘qituvchilarning bo‘sh
vaqtlarini samarali o‘tkazish hamda ularning o‘quvchilariga eng yuqori foyda
keltiruvchi yuksak malakaviy mashqlarni taqdim qilishga ko‘maklashish.
Shotlandiyada o‘qituvchilar malaka oshirishga bo‘lgan o‘z ehtiyojlari bilan
baholanadilar. Shundan so‘ng ular bu ehtiyojlarni tajribali xodimlar bilan
muhokama qiladilar. O‘rta maktabda katta o‘qituvchining vazifasiga kadrlar
tayyorlash masalalari bilan ishlash kiradi. Muhokama milliy ta‘limni boshqarishda,
maktabda va individual rivojlanishda eng muhim ehtiyojlar doirasida o‘tadi.
Xodim ehtiyoji, xoh, o‘qituvchilik, xoh, undan tashqari ishda bo‘lsin, maktabni
rivojlantirish rejasining eng muhim va ajralmas qismi bo‘lib qoladi, Bu
ehtiyojlarning bir qanchasi mahalliy darajada, boshqasi ta‘limni boshqarish
darajasida, o‘qituvchilar malakasini oshirish instituti yoki ekspertlar yordamida
qondirilishi mumkin.
Gretsiyada o‘qituvchilar joylarda har 5-6 yilda uch oylik o‘qituvchilar
malakasini oshirish kurslarini o‘tashlari kerak. Bundan maqsad o‘qituvchilarni turli
tartibdagi ta‘lim sohasining eng so‘nggi yangilik va yutuqlari, o‘quv dasturlari,
o‘qitish usullari bilan tanishtirib borishdir.
Tadqiqotlar maktab faoliyatining samaradorligi, ta‘lim muassasasining
rahbarlik qobiliyatiga shubhasiz bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi. So‘nggi yillarda
Shotlandiyada ―Direktorlarni menejment bo‘yicha tayyorlash‖ kurslari faoliyat
yuritmoqda. Ular joylarda mashqlar orqali va turli masalalar yuzasidan materiallar
e‘lon qilish vositasida ta‘limning yuksak standartlarini yoyishga imkon beradi.
127
Shotlandiya ofisi Shotlandiya direktorlari standartini tayyorladi. U ushbu
lavozim sohibiga xos bo‘luvchi chuqur bilimlilikning asosiy o‘lchamlarini belgilab
beradi.
O‘qituvchilar bilan davomli hamkorlik va o‘zaro maslahatlashuvlar jarayonida
ishlab chiqilgan standart Shotlandiya rahbarlari malakasi (SHRM) ning asosi
hisoblanadi. SHRMni egallashga boruvchi o‘qituvchilar malakasini oshirishning
bu yangi ko‘rinishini yanada mukammallashtirish ustida olimlar ish olib
borishmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |