4.3. Innovasion indikatorlarni rivojlantirishning milliy vazifalari
Oʻzbekistonda iqtisodiy taraqqiyotning yangi sifat bosqichiga oʻtishda
islohotlar va oldinga qoʻyilgan maqsadlar oʻz darajasida aniq va bir necha
bor ifoda etilgan. Muammo bu maqsadlarni qanday amalga oshirish,
mamlakatni amalda tayyorlash, uni yangi holatga keltirish va transformatsiya
mexanizmlarini topishdadir. Belgilangan strategik koʻrsatmalarning toʻliq
miqyosda amalga oshirilishi mamlakatning yangi texnologik va bilimga
asoslangan iqtisodiyoti tomonidan talab qilinadigan ijodiy va eng muhimi,
samarali ish uchun ulkan imkoniyatlar yaratadi.
20
6-jadval
Innovasion rivojlanishning milliy koʻrsatkichlari
2014 2015 2016 2017 2018
Indikator 9.1.1 Umumiy foydalanishdagi
avtomobil yoʻllari umumiy uzunligidagi
qattiq qoplamali yoʻllarning ulushi, %
98,4 98,4 98,5 98,5 98,5
Indikator 9.1.2 Transport turlari boʻyicha
yoʻlovchi va yuk tashish hajmi.
a) Yoʻlovchi tashish aylanmasi, ming
yoʻlovchi - km
jami
113,2 120,1 126,0 130,0 135,3
avtomobil transporti
101,9 109,1 114,9 117,7 121,6
temir yoʻl transporti
3,8
3,8
4,0
4,3
4,3
havo transporti
7,0
6,8
6,7
7,5
8,8
shahar elektr transporti
0,5
0,4
0,4
0,5
0,6
b) yuk tashish aylanmasi, mlrd.tn-km
jami
66,2 65,8 65,3 66,9 71,3
avtomobil transporti
11,9 12,8 13,3 13,6 14,6
temir yoʻl transporti
22,9 22,9 22,9 22,9 22,9
havo transporti, mln. tn-km
125,1 131,1 132,2 156,9 123,5
quvur yoʻli transporti
31,2 30,0 28,9 30,2 33,6
Indikator 9.2.1 Qayta ishlash sanoatida
yaratilgan qoʻshilgan qiymatni YaIMga
nisbatan foizda va aholi jon boshiga
20
Rajabboyev J.J. Innovatsion rivojlanish va yoshlar: mavjud vaziyat va istiqbollar//Academic research in
educational sciences Volume 2 | Issue 1 | 2021
60
hajmi.
a) YiMA ulushi, % da
14,9 14,9 15,8 16,4 18,4
b) aholi jon boshiga, ming.sum
770,7 905,9
1 095,1 1 354,2 2 020,3
Indikator 9.2.2 Umumiy bandlikda qayta
ishlash sanoatidagi bandlikning ulushi, %
11,3 11,3 11,3 11,9 12,0
Indikator 9.3.1 Kichik korxonalar va
mikrofirmalarning qoʻshilgan
qiymatining jami sanoatning yalpi
qoʻshilgan qiymatdagi ulushi, %
-
29,2 33,3 35,6 31,6
Indikator 9.5.1 ITTKIga xarajatlar
YaIMga nisbatan foizda.
0,16 0,17 0,18 0,16 0,1
Indikator 9.5.2 Bir millon aholiga toʻgʻri
keladigan tadqiqotchilar (toʻliq bandlik
ekvivalentida) soni.
492 487 495 485 470
Indikator 9.b.1 Qoʻshilgan qiymatning
umumiy hajmida oʻrta va yuqori
texnologik tarmoqlar mahsulotini
qoʻshilgan qiymatining ulushi, %
17,6 16,1 15,3 19,1 23,3
Indikator 9.c.1 Uyali aloqa tarmoqlari
bilan qamrab olingan aholi ulushi,
texnologiyalar boʻyicha.
2-G texnologiyasi boʻyicha
97,0 98,0
3-G texnologiyasi boʻyicha
75,0 75,5
4-G (LTE) texnologiyasi boʻyicha
43,0 44,0
6-jadvaldan koʻrinadiki, 2014-2018 yillarda Oʻzbekistonda innovasion
rivojlanish indikatorlari oʻsish tendensiyasiga ega boʻlgan. Shuningdek,
keyingi yillarda uyali aloqa tarmoqlari bilan qamrab olingan aholi ulushining
ortib borishi, ayniqsa 4-G (LTE) texnologiyasining keng yoyilishi
ahamiyatga molik.
Mamlakatimizda belgilab olingan milliy vazifalar quyidagilardan
iborat:
•
Iqtisodiy rivojlanish va odamlar farovonligini qoʻllab-quvvatlash
maqsadida sifatli, ishonchli, barqaror va chidamli infratuzilmani, shu
61
jumladan, hududiy va transchegaraviy infratuzilmani rivojlantirish, bunda
barcha uchun arzon va teng huquqli foydalanishni ta’minlash.
•
Umumqamrovli va barqaror sanoatlashuvga koʻmaklashish va ishlov
beruvchi tarmoqlarning oldinlab rivojlanishi, resurs tejovchi i ekologik
xavfsiz texnologiyalarni keng qoʻllash orqali mavjud korxonalarni
modernizatsiyalash hamda yangilarini tashkil etish yoʻli bilan 2030 yilgacha
sanoat ishlab chiqarishining yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 40 foizga
yetkazish.
•
Mayda sanoat korxonalari va kichik korxonalarning moliyaviy
xizmatlardan, shu jumladan arzon kreditlardan, foydalanish imkoniyatini
kengaytirish hamda ishlab chiqarish-sotish zanjirlarida qoʻshilgan qiymatni
hosil qilish va bozorlarga integratsiyalashuvni kuchaytirish.
•
2030
yilgacha
infratuzilmani
modernizatsiyalash
va
sanoat
korxonalarini qayta jihozlash, resurslardan foydalanish hamda sof va
ekologik xavfsiz texnologiyalar va ishlab chiqarish jarayonlaridan keng
foydalanish hisobidan ularni barqaror qilish, bunda barcha manfaatdor
mamlakatlarning ularning individual imkoniyatlariga muvofiq ishtirokini
ta’minlash.
•
Iqtisodiyot tarmoqlarining texnologik salohiyatini oshirishga qaratilgan
ilmiy tadqiqotlarni, jumladan innovatsion faoliyat uchun qulay shart-sharoit
yaratish va ilmiy tadqiqot hamda konstruktorlik sohasidagi xodimlar sonini
jiddiy ravishda koʻpaytirish orqali, jonlantirish.
•
Mahalliy texnologiyalar sohasidagi ishlanmalar, tadqiqotlar va
innovatsiyalarni, jumladan sanoatning diversifikatsiyasi uchun qulay boʻlgan
siyosiy iqlimni yaratish va xom ashyo sohalarida qoʻshilgan qiymatni
koʻpaytirish orqali, qoʻllab-quvvatlash.
•
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini
jiddiy ravishda kengaytirish hamda Internet tarmogʻidan umumiy va arzon
foydalanishni ta’minlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |