G. N. Maxmudova innovatsion iqtisodiyot



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/130
Sana15.11.2022
Hajmi2,3 Mb.
#866029
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   130
Bog'liq
Innovatsion iqtisodiyot

 
 


22 
2.2. Innovatsion jarayonlar modellarining shakllanishi va rivojlanish 
bosqichlari 
Oʻtgan asrning 60-yillarini boshida AQSHda, 70-yillar boshida 
Tayvanda, 
Isroilda, 
Janubiy 
Koreyada, 
80-yillarda 
Singapur 
va 
Finlyandiyada davlat innovatsion rivojlanish dasturlari tashabbuskori sifatida 
namoyon boʻlgan. “Jadallashish davri” muddati Singapurda 10 yil, AQSH va 
Tayvanda 25 yilni tashkil etdi.
Innovatsion rivojlanishning asosiy gʻoyasi shundaki, iqtisodiyotning 
mazkur rivojlanish jarayonida, avvalo, bilimlarni yangilash tezligi keskin 
ortib boradi, boshqa tomondan esa, texnologiya va mahsulotlarning 
murakkablashuvi koʻplab faoliyat turlari bu jarayonga jalb qilinadi. Bunday 
sharoitda shaxs yoki davlatning muvaffaqiyati uchun nafaqat ixtisoslashgan 
bilimlardan foydalanish, balki bilimlarni yangilash va tezkor oʻqitish 
qobiliyati uchun koʻproq ahamiyatga ega boʻladi.
Jahon tajribasiga koʻra, innovatsion siyosat iqtisodiyotni tartibga 
solishga uzviy bogʻliq boʻladi. Shu bilan birga u ilmiy yoki sanoat 
siyosatining oddiy davomi hisoblanmay, balki iqtisodiyotning hamma 
yoʻnalishlari boʻyicha oʻzaro bogʻliq chora-tadbirlarni aks ettiradi. SHuning 
uchun innovatsion siyosatni ishlab chiqish birgina dastur bilan 
bogʻlanmasligi yoki bir muassasaning huquqi sifatida xizmat qila olmaydi
nafaqat vazirliklar, balki iqtisodiyot va jamiyatdagi turli hamkorlar 
oʻrtasidagi konsensusni topish va muvofiqlashuvni talab etadi. 
Bundan tashqari, fan-texnika rivojini boshqarish davlat institutlari 
faoliyatida bir texnologik tartibni boshqasiga almashtirishni sharoitlari va 
bahosini kuzatish mumkin. Axborot texnologiyalari inqilobi boshqaruv 
tizimini sezilarlicha oʻzgartirdi. Boshqaruv nazariyasi boʻyicha mashhur 
amerikalik mutaxassis V.Xetel bilimlarni boshqarish va intellektual 
yetakchilikka asoslangan an’anaviy boshqaruvdan boshqaruvdagi yangi 
yondashuvga oʻtish modelini tavsiflab berdi.
O.Toffler “Hokimiyat metamorfozalari” kitobida ilk bor hokimiyat 
asosi va zamonaviy olamda muvaffaqiyatli faoliyat manbai sifatida aniq 
tahriflagan. XXI asrda faqat bilim, intellekt hokimiyat manbai va davlat 
uchun raqobat kuchiga aylanadi. Aynan bilimlar – muvaffaqiyat va iqtisodiy 
oʻsish kaliti, bu Yaponiya, Tayvan, Koreya Respublikasi salohiyati ortib 
borishidagi “iqtisodiy moʻjiza” bilan isbotlangan.


23 
Hozirgi kunda turli manbalarda jamiyat rivojidagi “sanoatlashuvdan 
keyingi jamiyat”dan “raqamli iqtisodiyot”ga qadar zamonaviy bosqichning 
koʻplab ta’riflari beriladi. 1996 yilda OESR ta’rifiga binoan, hozirgi kunda 
“bilimlarga asoslangan” iqtisodiyot yoki B.A.Lundval ta’riflaganidek, 
“ta’lim iqtisodiyoti”ga sezilarlicha tez sur’atda harakatlanadi. 
2015 yil boshiga kelib Janubiy Koreya jahondagi 50 ta eng iqtisodi 
innovatsion rivojlangan davlatlar reytingida birinchi oʻrinni egalladi. 2015 
yil Samsung kompaniyasida qilingan ITTKI xarajatlarining salmogʻi yuqori 
boʻlib, ushbu kompaniya jahonda yetakchilik qilmoqda. Janubiy Koreyani 
yutuqlarini tahlil qilsak, dastlab iqtisodiyotni modernizatsiyalash turli 
koʻrinishdagi chet el texnologiyalarini oʻzlashtirish hisobiga (shartnomalar, 
litsenziyalar, maslahat xizmatlari shular jumlasidandir) tashkil qilinib amalga 
oshirildi. Xorij tajribasini oʻrganish orqali, Yaponiya bilan hamkorlikda 
qoʻshma venchur firmalari tashkil qilindi. Janubiy Koreyaning innovatsion 
rivojlanishida yirik korporatsiyalarni (chebollar) qoʻllab quvvatlanishi 
alohida ahamiyatga ega.
Buyuk 
Britaniyada 
2000 
yillar 
boshlaridan 
innovatsiyalarni 
ragʻbatlantirish va rivojlantirishga qaratilgan markazlashtirilgan maqsadli 
siyosat olib borildi, 2003 yilda esa savdo va sanoat vazirligi tomonidan 
texnologik sohani rivojlantirish strategiyasi qabul qilindi. 2004 yilda esa 
texnologik strategiya boʻyicha kengash tuzilib, investitsiyalar yangi 
tenologiyalarni vujudga keltirish, qoʻllab quvvatlash va tijoratlashtirishni 
amalga oshirish uchun yoʻnaltirildi. Uzoqqa moʻljallangan innovatsion 
rivojlanish strategiyasi 2008 yilda nisbatan toʻliq shakllantirildi. Buyuk 
Britaniyada ilm-fan va yuqori texnologiyalarni davlat tomonidan qoʻllab 
quvvatlashda ilmiy izlanishlar va ishlanmalar bilan shugʻullanuvchi 
tashkilotlarga nisbatan qoʻllaniladigan soliq imtiyozlari asosiy mexanizm 
boʻlib hisoblanadi.
Germaniyaning innovatsion siyosatining oʻziga xos tomoni boʻlib 
ilmiy tadqiqotlarni va innovatsion faoliyatni moliyaviy qoʻllab quvvatlashga 
davlat tomonidan koʻmaklashuvi hisoblanadi. Aynan davlat ilmiy 
tadkikotlarni yoʻnaltirishda katta rolgʻ oʻynaydi: oliy ta’lim dargohlaridagi 
ilmiy tadqiqotlarni 80 %gacha beshta yirik ilmiy jamiyatlar tomonidan 
beriladigan grantlar hisobiga olib boriladi. 1950 yillarda Germaniyada 
innovatsion subhektlarni moliyalashtirishning boshlarida ilk venchur fondlari 


24 
‘aydo boʻla boshladi. Bu fondlar kichik biznes kom’aniyalarini 
rivojlantirishga yoʻnaltirildi. Ilmiy-tadqiqot sohasida davlat va xususiy 
sektor hamkorligi borasida qabul qilingan dasturlar ijobiy natija berdi. 1970 
yili ITTKIga davlat byudjetidan ajratilayotgan xarajatlar 70 foizga qisqargan 
boʻlsa, hozirda 30 foizga kamayganini koʻrish mumkin. Germaniya 
innovatsion tizimida ixtirolarni roʻyxatga olishni soddalashtirilgan tartibi 
alohida ahamiyatga ega boʻlib, 1977 yillarga qaraganda ‘atentlar sonini 20 
barobarga koʻpaygani bunga misol boʻla oladi
Finlyandiyani innovatsion rivojlanishida 1980 yillarda tashkil etilgan 
Sitra innovatsion fondi venchur moliyalashda muhim oʻrin tutdi, ushbu 
fondning maqsadi boʻlib iqtisodni raqobatbardoshligini rivojlantirish, 
iqtisodni barqaror rivjlanishini, mamlakatda ishbilarmonlik faoliyatini 
kuchaytirish va finlyandiya korxonalarini xalqaro hamkorligini kuchaytirish 
xizmat qiladi. Finlyandiya milliy innovatsion tizimining davlat segmentida 
ikkita hal qiluvchi vazirliklarni boʻlishi katta ahamiyat kasb etadi. Ta’lim va 
madaniyat vazirligi ilm boʻyicha siyosatga javob bersa, Finlyandiya 
akademiyasi esa ilmiy tekshirishlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirish uchun 
asosiy mexanizm hisoblanadi. Bandlik va iqtisodiyot vazirligi texnik va 
innovatsion siyosatga mashul boʻlib, moliyalashtirishga yoʻnaltirish uchun 
asosiy mexanizm Tekes xizmat qiladi. Tekes agentligi mamlakatni 
rivojlantirishda muhim institut sanalib, izlanuvchilar hamjamiyatini sanoat 
va servis sektorlarini qoʻllab quvvatlaydi. Tekes har yili Finlyandiyadagi 60 
%dan koʻp innovatsion loyihalarni moliyalashtiradi, ularning 80 %i samarali 
natijaga ega boʻldi. SHuningdek Finlyandiyada texnopolis yaratishga katta 
ahamiyat berilgan, dunyodagi yirik va birinchilardan boʻlgan, dunyoda 
oʻzining oʻlchamlari bilan lol qoldirgan “Texnopolis” tarmogʻi yaratilgan. 
“Texnopolis” tarmogʻida 18 ta ilmiy va texnologik parklar kiradi va ulardan 
2 tasi mamlakat tashqarisida joylashgan.

Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish