G. N. Maxmudova innovatsion iqtisodiyot



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/130
Sana15.11.2022
Hajmi2,3 Mb.
#866029
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   130
Bog'liq
Innovatsion iqtisodiyot

 
mahalliy tanlovlar hamda
 
ikki marotaba
 
qoʻshma Oʻzbekiston-
Rossiya, Oʻzbekiston-Turkiya startap tanlovlari oʻtkazilgan. Tanlovlarga 
jami 700 ta 
loyihalar 
kelib 
tushgan. 
Tanlov 
natijalariga 
koʻra 34,7
 
mlrd. soʻmlik, 39 ta startap loyihalar moliyalashtirilgan. 
Shuningdek, 6,5 mlrd. soʻmlik 10 ta
 
loyiha shartnoma shartlari toʻliq 
bajarilganligi va kalendar rejada belgilangan tadbirlar oʻz vaqtida amalga 
45
O‘zbekiston Respublikasining “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuni 2020-yil 24-iyul, O‘RQ-630-son 


167 
oshirilganligi sababli yakunlangan va topshirish-qabul qilish dalolatnomalari 
rasmiylashtirilgan. 
Bundan tashqari, 3,1 mlrd. soʻmlik 3 ta loyiha tashabbuskorlari tomonidan 
shartnomaviy majburiyatlar toʻliq bajarilmaganligi sababli vazirlikning 
tegishli buyruqlariga muvofiq moliyalashtirish toʻxtatilgan. 
2021 yil 1 avgust holatiga jami 16,8 mlrd. soʻmlik 24 ta startap loyihalari 
moliyalashtirilgan.
46
Oʻzbekiston iqtisodiyotida firma (korxona)lar hayotiyligini ta’minlash, 
ular rivojlanishi va daromadliligini oshirish uchun fan va texnika taraqqiyoti 
yutuqlaridan foydalangan holda, jahon talablari darajasidagi tovar va 
xizmatlarni ishlab chiqarish talab etiladi. Yangi, zamonaviy va ilgʻor 
texnika-texnologiyalarni qoʻllagan holda sifatli, arzon tovar va xizmatlarni 
tashqi bozorlarga yetkazish uchun qaratilgan investitsiyalar innovatsion 
investitsiyalardir. Erkin raqobat muhitida firma (korxona) innovatsiya 
strategiyasini yaxlitlikda ta’minlashga qaratilgan investitsiyalar: 

ishlab chiqarish hayotiyligini saqlab qolish; 

jamoa rivojlanish dasturini ta’minlash; 

zamonaviy boshqarish usullarini qoʻllash; 

foydani maksimallashtirish; 

jamoa faoliyatini takomillashtirish; 

yangi sohalarga kirib borish; 

manfaatlarga mos keladigan maqsadlarga erishish; 

moliyaviy holatga risk vaziyat ta’sirini kamaytirish qobiliyatiga ega 
boʻlish kabi vazifalarni qamrab oladi va ularni ta’minlashga qaratiladi. 
2018 yil noyabr oyida Oʻzbekiston Raspublikasi Prezidentning 
«Tadbirkorlik va innovatsiyalar sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish 
mexanizmlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-
5583 sonli Farmoni
47
kuchga kirdi. Hujjat Innovatsion rivojlanish vazirligi 
tomonidan ishlab chiqilgan. Ushbu farmon tadbirkorlik va innovatsiyalar 
sohasidagi 
istiqbolli 
loyihalarni 
moliyalashtirish 
mexanizmlarini 
rivojlantirishga qaratilgan boʻlib, unda investorlarning investitsiyaviy 
hissalarini tezkor va samarali jalb etish uchun boshqaruv va investitsiya 
kompaniyalarini tashkil etish amaliyotini kengaytirish taklif etilgan. 
46
https://mininnovation.uz/oz/news/3416 
47
https://www.lex.uz/pdfs/4076948 


168 
Boshqaruv kompaniyalari 
investitsiya kompaniyalari oʻrtasida tuzilgan 
shartnomaga muvofiq ularning investitsiya kapitalini boshqarish uchun 
tashkil etiladi. 
Investitsiya 
kompaniyalari 
boshqaruv 
kompaniyasi 
malakali 
investorlardan jalb etgan pul mablagʻlarini keyinchalik innovatsion, venchur 
va istiqbolli loyihalarga qoʻyish uchun ularni shakllantirish va jamlash bilan 
bogʻliq faoliyatni amalga oshiradilar.
Investitsiya kompaniyalariga pul mablagʻlari koʻrinishida investitsiya 
hissalarini qoʻshadigan, shu jumladan chet ellik yuridik va jismoniy 
shaxslar 
malakali investorlar
deb tan olinadi. Har qanday tashkiliy-huquqiy 
shakldagi yuridik shaxslar boshqaruv va investitsiya kompaniyasi boʻlishi 
mumkin, aksiyadorlik jamiyatlari bundan mustasno. 
Quyidagilar boshqaruv kompaniyasining muassislari boʻla olmaydilar: 

davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari; 

mahalliy davlat hokimiyati organlari, ustav fondida (ustav kapitalida) 
davlat ulushi boʻlgan yuridik shaxslar; 

ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulush davlat ulushiga ega yuridik 
shaxsga tegishli boʻlgan yuridik shaxslar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan 
hollar bundan mustasno; 

siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, jamoat fondlari va diniy 
tashkilotlar. 

Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish