1.4.10.
Akkumulatorlarning ishlatish jarayonidagi qarovi va ularning
texnik holatini aniqlash
Akkumulatorlarning xizmat muddati, asosan, ularni ishlatish davrida
belgilangan qoida, tadbir-amallarni o’z vaqtida va sifatli o’tkazishga bog‘liq. Bu
qoida, tadbir-amallar quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- muntazam ravishda qutb quloqlarini tozalab ularga texnik vazelin suriladi,
batareyaning ustki qismi 10% li navshadir spirti eritmasi bilan tozalab turiladi,
batareyaning yaxshi mahkamlanganligi tekshiriladi;
- kamida ikki haftada bir marta elektrolit sathi tekshiriladi va zarurat
bo’yicha distillangan suv quyiladi;
- kamida 1 oyda bir marta elektrolit zichligi o’lchanadi va akkumulatorning
razryadlanganlik darajasi aniqlanadi. Agar razryadlanganlik darajasi yozda 50%
dan, qishda 25% dan ortiq bo’lsa, batareya darhol zaryadlashga qo’yiladi;
- generator kuchlanishining qiymati muntazam ravishda nazorat qilinadi va
zarurat bo’yicha rostlanadi;
- bir yilda 1-2 marta akkumulatorni avtomobildan olib, tok qiymati
o’zgarmas bo’lgandagi zaryad usuli bilan to’la zaryadlash tavsiya qilinadi.
Elektrolit sathini o’lchash uchun akkumulatorbankasining tiqinlari ochiladi va
unga saqlovchi to’siqqa qadalguncha ichki diametri 3-4 mm bo’lgan shisha
naycha tushiriladi (1.57-rasm). So’ngra, shisha naychaning ustki tomoni barmoq
bilan berkitiladi va akkumulatordan chiqariladi. Shisha naychada elektrolit
sathiga teng bo’lgan suyuqlik ustunchasi hosil bo’ladi. Akkumulyatordagi
elektrolit sathi saqlovchi to’siqdan 10-15 mm yuqori bo’lishi kerak. Agar
elektrolit sathi bundan past bo’lsa, akkumulatorga distillangan suv quyiladi,
yuqori bo’lsa - ortiqcha elektrolit noksimon rezinali so’rg‘ich bilan olib
tashlanadi.
Akkumulatorlarning razryadlanganlik darajasini ikki yo’l bilan aniqlash
mumkin: elektrolit zichligi va akkumulator kuchlanishi orqali.
Akkumulyatordagi elektrolit zichligi, odatda, areometr yoki zichlik
o’lchagich bilan o’lchanadi. Elektrolit zichligini areometr (1.58-rasm,a) bilan
o’lchash uchun uning noksimon rezinali so’rg‘ichi 1 siqiladi va naychasi 5
akkumulator bankasiga tushiriladi. So’ngra asta-sekin so’rg‘ichni bo’shatib
densimetr 3 qalqib chiqqunga qadar pipetkaga 2 elektrolit so’riladi. Shundan
89
keyin
naychani
akkumulatordan
chiqarmasdan
elektrolitning
mavjud
temperaturadagi zichligi o’lchanadi. Elektrolit zichligining temperaturaga
bog‘liqligini hisobga olib, uni quyidagi ifoda yordamida 25
0
С ga keltiriladi
25
=
o’lch
- 0,7( 25 - t )
Bunda
25
- elektrolitning 25
0
С ga keltirilgan zichligi, kg/m
3
;
o’lch
-
elektrolitning mavjud temperaturada o’lchangan zichligi kg/m
3
;
t
-elektrolitning
mavjud temperaturasi,
0
С.
Akkumulatorning razryadlanganlik darajasi quyidagi ifoda yordamida
hisoblanadi:
%
100
25
tr
tz
tz
r
D
Bunda
D
r
- akkumulatorning razryadlanganlik darajasi, %;
tz
-
elektrolitning akkumulator to’la zaryadlangandagi zichligi, kg/m
3
;
tr
-
elektrolitning akkumulator to’la razryadlangandagi zichligi, kg/m
3
.
O’rta Osiyo iqlim sharoiti uchun yil bo’yi
tz
= 1,25...1,27
10
3
kg/m
3
,
tr
=
1,09...1,11
10
3
kg/m
3
qiymatlarga teng qilib olinadi.
Zichlik o’lchagichning (1.58-rasm,b) plastmassadan tayyorlangan qobig‘i 6
ichiga massasi turlicha bo’lgan qalqovichlar 7 joylashtirilgan. Har bir qalqovich
to’g‘risiga unga to’g‘ri keladigan zichlik qiymati yozilgan. Elektrolit zichligini
o’lchash uchun noksimon rezinali so’rg‘ich 1 yordamida zichlik o’lchagich
qobig‘i ichiga elektrolit so’riladi. Elektrolitning zichligi, yuqoriga ko’tarilib
1.57-rasm. Ekektrolit sathini
o’lchash
1.58-rasm. Elektrolit zichligini o’lchash
asboblari:
a) areometr; b) zichlik o’lchagich
90
chiqqan qalqovich orqali aniqlanadi.
Akkumulatorlar batareyasining razryadlanganlik darajasini kuchlanish orqali
aniqlash uchun ЛЭ-2, ЛЭ-3 belgili yuklama sanchqilari yoki Э108, Э107
(elementlar
aro
tutashtirgichlari
yashirin
bo’lgan
umumiy
qopqog‘li
akkumulatorlar batareyasi uchun) belgili akkumulatorsinov asboblari ishlatiladi.
Э108 belgili akkumulatorsinov asbobi sig‘imi 40-190
A
soat
bo’lgan
akkumulatorlar batareyasining ishga yaroqligini tekshirish imkonini beradi.
Tekshirishni boshlashdan avval, sinov asbobidagi kontakt gaykalar yordamida
akkumulator sig‘imiga mos keladigan yuklama qarshiliklari zanjirga ulanadi.
Tekshirish vaqtida sinov asbobi oyoqchalarining uchi akkumulatorning
tashqariga chiqarilgan quloqlariga qattiq bosiladi (1.59-rasm) va 5 sekund oxirida
voltmetr ko’rsatishiga ko’ra kuchlanish aniqlanadi.
Ishga yaroqli akkumulatorning kuchlanishi 1,7-1,8 V chegarasida bo’ladi.
Kuchlanishning qiymati 1,4-1,6 V chegarasida bo’lsa, akkumulatorni zaryad
qilish lozim. Agar kuchlanish 1,4 V dan past bo’lsa, bunday akkumulyatorlarni
tekshirish va zarurat bo’yicha ta’mirlash zarur. Akkumulatorning alohida
bankalaridagi kuchlanish bir-biridan 0,1 V ga farq qilsa, ular
baravarlashtiruvchi usulida zaryadlash lozim. Ba’zan o’lchash boshlangan
daqiqalarda asbob 1,7-1,8 V kuchlanishni ko’rsatib, o’lchashning 5 sekundiga
kelib kuchlanish pasayib ketadi. Bu akkumulator plastinalarining sulfatlanib
qolganligining belgisidir.
Umumiy qopqoqli sig‘imi 190 A
soatgacha bo’lgan akkumulatorlarning
kuchlanishi Э107 belgili sinov asbobi (1.60-rasm) yordamida o’lchanadi. Uning
kontakt oyoqchalaridan biri uchi o’tkir shchup bilan almashtirilgan. Umumiy
qopqoqli, 12 V li akkumulatorning yuklama ostida o’lchangan kuchlanishi 5
sekund oxirida 8,9 V dan katta bo’lsa, u ishga yaroqli hisoblanadi. Kuchlanishi
8,9 V dan kam bo’lgan akkumulatorlar batareyasi nihoyat darajada razryadlangan
1.59 - rasm. Э-108 belgili
akkumulator- larning sinov asbobi
1.60 - rasm. Э-107 belgili
akkumulatorlar batareyasining sinov
asbobi
91
yoki unda jiddiy nosozlik mavjud bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |