G‘. N. Mahmudov


 Yarim o‘tkazgichli kuchlanish rostlagichlari



Download 9,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/314
Sana16.01.2022
Hajmi9,8 Mb.
#375894
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   314
Bog'liq
2 5319092721493742197

 
1.3.3. Yarim o‘tkazgichli kuchlanish rostlagichlari 
 
   Yuqorida  ko‘rib  o‘tilgan    elektromagnitli    kuchlanish    rostlagichlari  bir  qator 
afzalliklari,  chunonchi tuzilishining   nisbatan  soddaligi, tannarxining pastligi  va  
foydali  ish  koeffitsiyentining  ancha  yuqoriligi  bilan  birga  jiddiy  kamchiliklarga 
ham ega. Birinchidan, tebranuvchi  kontaktlarning borligi, ulardan o‘tishi mumkin 
bo‘lgan  uyg‘otish  toki  qiymatini  1,5-1,8  A  bilan  cheklaydi  va  hozirgi  zamon 
quvvati    nisbatan    katta  bo‘lgan  o‘zgaruvchan  tok  generatorlarini,  bu  turdagi 
rostlagichlar  bilan  birga  ishlash  imkonini    bermaydi.    Oldingi    bo‘limlarda 
ta’riflangan,  kontaktlarga  tushadigan  yuklama  va  ular  orasida  uchqun  hosil  
bo‘lishini  kamaytirishga  yo‘naltirilgan  usullar  rostlagichlar  ishlash doirasini bir 
muncha  kengaytiradi  xolos,  lekin  ularga  xos  bo‘lgan  kamchiliklarni  bartaraf 
qilmaydi. 
   Ikkinchidan,  bu    rostlagichlarda  generatorning  rostlanilayotgan  kuchlanishi 
qiymatini belgilovchi element - prujinaning tortish kuchidir (rostlagichning asosiy 
tenglamasi 1.14 ga qarang). Rostlagichning ishlash jarayonida vaqt  o‘tishi  bilan 
muqarrar  ravishda  prujinaning  qayishqoqligi  susayadi,    binobarin,  uning  tortish 
kuchi  ham  o‘zgara  boshlaydi.    Natijada,    rostlanilayotgan    kuchlanish  qiymati  
ham    oldin    belgilangandan    ancha  kamayib  ketish  hollari  yuzaga  kelib,    bu 
akkumulatorni  zaryad  qilinmay  qolishiga  va    muddatidan    oldin    ishdan  
chiqishiga  olib  kelishi mumkin.  Xullas, elektromagnitli rostlagichda  kontaktlar  
va    prujinaning    borligi    ularning    ishonchlilik  darajasini  ancha  pasaytiradi  va 
doimo  nazorat  qilib,    zarurat  tug‘ilganda  prujinaning  tortish  kuchini  rostlab  
turishni talab qiladi. 
   Hozirgi  vaqtda  ko‘pchilik  avtomobillarga  elektromagnitli    kuchlanish  
rostlagichlarining    yuqorida  keltirilgan  kamchiliklaridan  ko‘p  jihatidan  holi 
bo‘lgan  yarim  o‘tkazgichli    rostlagichlar  o‘rnatilmoqda.    Ularning  kontakt-
tranzistorli va kontaktsiz-tranzistorli turlari mavjud. 


 
36 
          
1.27-rasm.Kontakt-tranzistorli  kuchlanish     
rostlagichining umumiy sxemasi 
   Kontakt-tranzistorli  rostlagichlar  bizga  ma’lum  bo‘lgan  elektromagnitli 
rostlagichlarning    takomillashtirilgan    ko‘rinishi    bo‘lib,  ularga    o‘rnatilgan  
tranzistor    generatorning  uyg‘otish  zanjiriga  ulanadi  va  u  rostlash  elementi 
vazifasini bajaradi.   Bu   turdagi rostlagichlarda  kontaktlar  orasida  uchqun  hosil 
bo‘lishini keskin kamaytirish hisobiga ularning ishonchli ishlash muddati sezilarli 
darajada  oshirilgan.  Lekin  harakatlanuvchi  qismlari  saqlanib  qolgani  uchun 
elektromagnitli  rostlagichlarga  xos  bo‘lgan  kamchiliklarning  ko‘pchiligi  bu 
turdagi rostlagichlarga ham taalluqlidir. 
   Generator  kuchlanishini  ishonchli  rostlashni  ta’minlashdagi  keyingi  bosqich 
kontaktsiz-tranzistorli  rostlagichlar  ishlab  chiqilishi  va  avtomobillarga  keng 
ko‘lamda  tatbiq  qilinishi  bo‘ldi.  Bu  rostlagichlarda  o‘lchov  elementi  vazifasini 
ham,    rostlash  elementi  vazifasini  ham  tranzistorlar  bajarib,  ularda  kontaktlar  va 
prujinaga ehtiyoj yo‘q. Harakatlanuvchi qismlarining yo‘qligi, qo‘llanilgan  yarim 
o‘tkazgichlarning    chidamlilik  darajasining  yuqoriligi  va    kafolatli    xizmat  
muddatining  kattaligi,    namlikka,    chang-loyga,  vibrasiyaga    ta’sirchansizligi 
kontaktsiz-tranzistorli  rostlagichlarini  uzoq  vaqt  davomida  ishonchli  ishlashini 
ta’minlaydi.    Bundan  tashqari,    bu  turdagi  rostlagichlarda  generator-ning 
uyg‘otish toki qiymatini sezilarli darajada oshirish imkoniyati mavjud. 
   Yarim  o‘tkazgichli  kuchlanish  rostlagichlarida  ishlatiladigan  tranzistorlarning 
tavsifnomasi  ma’lum  darajada  temperaturaga  bog‘liqligi,  ularning  asosiy 
kamchiligi    hisoblanadi.  Atrof    muhitning    yuqori  harorati    yarim    o‘tkazgichli 
rostlagichlarning barqaror ishlashiga  putur  yetkazishi  mumkin.  Shuning  uchun,  
yarim  o‘tkazgichli  rostlagichlarni  ishlatishning  chegaraviy  temperaturasi  
elektromagnitli rostlagichlarnikiga nisbatan kamroq bo‘ladi. 

Download 9,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish