G‘. N. Mahmudov


  AVTOMOBIL GENERATORLARI



Download 9,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/314
Sana16.01.2022
Hajmi9,8 Mb.
#375894
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   314
Bog'liq
2 5319092721493742197

1.2.  AVTOMOBIL GENERATORLARI 
 
   Avtomobil  generatorining  tuzilishi  sodda,    ishlatilish  jarayonidagi  chidamlilik 
va  ishonchlilik  darajasi  yuqori,    gabarit  o‘lchamlari,    massasi,  tannarxi  mumkin 
qadar  kichik  va  dvigatel  aylanishlar  chastotasi  past  bo‘lgan  hollarda  ham 
akkumulatorlar  batareyasini zaryad qilinishini ta’minlash kabi xususiyatlarga ega 
bo‘lishi kerak. 
   Uzoq  vaqt  davomida  avtomobillarda  elektr  energiyaning    asosiy  manbai 
sifatida  o‘zgarmas  tok  generatorlari  ishlatildi.  Avtomobillardagi  elektr  toki 
iste’molchilarining  tobora    ko‘payishi,  katta  shahar  ko‘chalaridagi  transport 
harakati 
qatnovining 
nihoyatda 
tig‘izlashganligi 
natijasida 
avtomobil 
dvigatellarining    salt  ishlash  vaqtining  ortishi,    generatorlarning  quvvatini  va 
maksimal  aylanishlar  chastotasini    oshirish  ehtiyojini  tug‘dirdi.  O‘zgarmas  tok 
generatorining  jiddiy  kamchiliklari  va  tuzilishining  o‘ziga  xos  tomonlari  bu 
masalani hal qilish imkonini bermaydi. Xususan:  

 
 o‘zgarmas    tok    generatorida    bir    fazali  o‘zgaruvchan  tok  yakor 
chulg‘amlarida,  ya’ni  generatorning  aylanuvchi  qismida  induksiyalanadi,        uni  
iste’molchilarga  uzatish katta qiyinchiliklar tug‘diradi; 

 
o‘zgarmas    tok    generatorlarida  mexanik  to‘g‘rilagich  vazifasini  bajaruvchi 
kollektor generatorning aylanishlar chastotasini va quvvatini oshirish imkoniyatini 
bermaydi,  chunki  yakorning  aylanishlar  chastotasi  va  undagi  tok  qiymati 
oshganda,  cho‘tka bilan  kollektor orasida me’yoridan ortiq uchqun hosil bo‘ladi 
va ular tez   yeyilib ishdan chiqadi; 

 
o‘zgarmas  tok  generatorining  yuklama  toki  belgilangan  maksimal 
qiymatidan  oshib  ketishi  tufayli,    hamda  akkumulatorlar  batareyasini  (generator 
ishlamay  turgan  holda)  generator  chulg‘amlari  orqali  zaryadsizlanish  havfidan 
saqlash maqsadida kuchlanish rostlagichiga qo‘shimcha  ravishda  tok  cheklagich 
va  teskari  tok  relelari  o‘rnatiladi.Bu  rele-rostlagichlarning    konstruksiyasini  
murakkablashtiradi va ularning ishonchliligini pasaytiradi. 
Elektron  sanoatning  rivojlanishi  natijasida  tannarxi  arzon,  o‘lchamlari  kichik, 
yuqori  haroratlarga  chidamli  va  ishonchliligi  baland  bo‘lgan  kremniy  yarim 
o‘tkazgichlar 
asosida 
yasalgan 
to‘g‘rilagichlarining 
paydo 
bo‘lishi  
avtomobillarda, o‘zgarmas  tok  generatorlariga xos bo‘lgan  kamchiliklardan holi 
bo‘lgan o‘zgaruvchan tok generatorlarini keng ko‘lamda ishlatish imkonini berdi. 
O‘zgaruvchan  tok    generatorlarining  tuzilishi    o‘zgarmas    tok  generatorlariga 
nisbatan sodda,  quvvati bir xil bo‘lgan holda,  gabarit o‘lchamlari va massasi 2-3 
marta  kichik,  chidamlilik  va  ishonchlilik  darajasi  ancha  yuqori.  Ularda 
qimmatbaho rangli metall bo‘lgan  mis  o‘zgarmas tok generatoriga nisbatan  ~ 3 
baravar  kam  ishlatiladi.    O‘zgaruvchan    tok    generatorlarida  kollektor  yo‘q, 
murakkab    yakor  chulg‘ami  o‘rniga  o‘ralishi  oson  bo‘lgan  stator  chulg‘amlari 
ishlatiladi. Uyg‘otish chulg‘ami ham yaxlit bitta g‘altakdan iborat.  O‘zgarmas tok 
generatorlarining  solishtirma  quvvati  (ya’ni  1  kg  massasiga  to‘g‘ri  keladigan 
quvvat) 45 Vt/kg dan  oshmagan  holda,  o‘zgaruvchan  tok  generatorlaridagi  bu  
ko‘rsatkich 150 Vt/kg dan ortib ketdi. 


 

O‘zgaruvchan  tok  generatorlarida  kollektorning  yo‘qligi  hisobiga  uning 
maksimal aylanishlar chastotasini 12000-15000 min 
-1
 ga yetkazish, dvigatel bilan 
generator orasidagi qiyiq tasmali uzatmaning uzatish sonini 2,0-2,5 gacha oshirish 
mumkin. Bu  dvigatel salt ishlagan holda ham generatorning 50…60 %  quvvatini 
iste’molchilarga berish va akkumulatorni zaryadlash imkonini beradi. 
O‘zgaruvchan  tok  generatorlari  yuklama  tok  qiymatini  cheklash  xususiyatiga 
ega  bo‘lganligi  va  ularda  to‘g‘rilagich  sifatida  yarim  o‘tkazgichli  diodlar  
ishlatilganligi sababli tok cheklagich va teskari tok relelariga zarurat yo‘qolad. Bu 
generatorning  kuchlanishini  rostlash  tizimini  ancha  soddalashishiga  va  uning  
ishonchlilik  darajasini  ortdishiga olib keldi.   
 

Download 9,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish