G‘. N. Mahmudov



Download 9,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/314
Sana16.01.2022
Hajmi9,8 Mb.
#375894
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   314
Bog'liq
2 5319092721493742197

         Plastinalar 
 
 
Akkumulator  elementi  musbat  va  manfiy  plastinalardan  yig‘ilgan. 
Plastinaning  asosini    qo‘rg‘oshin  panjara  tashkil  qilib,  u  aktiv  massadan  tok 
uzatish (razryad), tok qabul qilish (zaryad) va aktiv massani mexanik ushlab turish 
vazifasini bajaradi. Plastina panjarasi (1.39-rasm) ramka 2, vertikal qovurg‘alar 4 
va  gorizontal  paychalar  6,  quloqchalar  1  va  ikkita  oyoqchalari  3  dan  tashkil 
topgan.  Qovurg‘alar  diogonal  (5)  holatda  ham  bo‘lishi  mumkin.  Gorizontal 
paychalar  odatda  vertikal  qovurg‘alarga  nisbatan  ingichkaroq  bo‘lib,  shaxmat 
tartibda  joylashtiriladi.  Ramka  qovurg‘a  va  paychalarga  nisbatan  ancha  yo‘g‘on 
qilib ishlanadi.  
 
Plastina  panjarasi  qo‘rg‘oshindan  quyish  yo‘li  bilan  tayyorlanadi. 
Panjaraning  mexanik  mustahkamligini,  korroziyaga  chidamliligini  oshirish, 
quyilish  xususiyatini  yaxshilash  maqsadida  qo‘rg‘oshinga  4…6%  surma  va 
0,1...0,2%    mishyak  qo‘shiladi.  Masalan,  qo‘rg‘oshinga  5  %  surma  qo‘shilishi 
plastina  panjarasining  mustahkamligini  ikki  marta,  uzilishga  qarshiligini  esa  3-4 
barobar oshiradi.  
 
To‘rsimon  tortilgan  panjara  (1.39-rasm,  e)  o‘ram  ko‘rinishidagi qo‘rg‘oshin 
tasmasidan  maxsus  qurilmada  tayyorlanadi.  Bunday  panjaraning    ishchi  yuzasi 
ancha  katta  bo‘lib,  aktiv  moddani  yaxshiroq  ushlaydi,  panjaraga  korroziya 
ta’sirini kamaytiradi va batareyaning ishlash muddatini oshiradi.  
 
Plastina  panjarasi  g‘ovak  aktiv  modda  (pasta)  bilan  to‘ldiriladi.  Pastaning 
asosini  sulfat  kislotaning  suvdagi  eritmasi  aralashtirilgan  qo‘rg‘oshin  poroshogi 
tashkil  qiladi.  Aktiv  moddaning  mustahkamlash  maqsadida  pastaga  polipropilen 
tolalar qo‘shiladi. Manfiy plastina aktiv moddasini zichlashib ketishini oldini olish 
maqsadida  bu  elektrod  pastasiga  kengaytiruvchi  elementlar  [(bariy  sulfati  BaSO
4
 
(~44%), lignosulfat Na (~28%), kuya (~ 28%) ] qo‘shiladi.  
 
Xamirsimon  pastani  plastina  panjaralariga  suriladi,  presslanadi  va  quritiladi. 
So‘ngra akkumulator plastinalariga sulfat kislotaning distillangan suvdagi kuchsiz 
eritmasida  (~  1,05  g/sm
3
)  kichik  tok  bilan  elektrokimyoviy  ishlov  beriladi.  Bu 
jarayon plastinalarni shakllanishi (formirovka) deb nom  
olgan. Shakllanish  natijasida  musbat  plastinada  to‘q  jigar  rang  qo‘rg‘oshin  ikki 
oksidi 
(PbO
2
)
,  manfiy  plastinada  to‘q  kulrang  g‘ovak  qo‘rg‘oshin 
(Pb)
  hosil 


 
57 
bo‘ladi. Shakllanishdan keyin plastinalardagi aktiv modda yuqori g‘ovaklikka ega 
bo‘ladi. G‘ovak  moddaning aktiv  yuzasi (elektrolit bilan bevosita ta’sirlanadigan 
yuza) plastinaning  geometrik yuzasiga  nisbatan  yuz barobardan ortiq bo‘ladi. Bu 
elektrolitni plastinaning  ichki qatlamlariga bemalol o‘tishini ta’minlaydi  va aktiv 
moddadan foydalanish koeffitsiyentini oshiradi. 
 
Shakllanish  jarayonidan  keyin  plastinalar  quritiladi  va  havo  tarkibidagi 
kislorod  ta’sirida  oksidlanadi.  Bu  usulda  tayyorlangan  akkumulatorlar  “quruq 
razryadlangan” deb ataladi  va  ishga tushirishdan oldin ularni zaryad qilish kerak 
bo‘ladi. “Quruq zaryadlangan” akkumulatorlarni tayyorlash uchun plastinalar o‘ta 
qizdirilgan bug‘ yordamida, ya’ni kislorodsiz sharoitda quritiladi.  
 
Tayyor  plastinalar  baretka  yordamida  manfiy  va  musbat  yarim  bloklarga 
birlashtiriladi.  Baretka-born  va  plastinalarning  quloqchalari  kavsharlanadigan 
ko‘prikchadan  tashkil  topgan.  Yarim  blokdagi  parallel  ulangan  plastinalar  soni, 
akkumulator  batareyasining  nominal  sig‘imini  belgilaydi,  ya’ni  plastinalar  soni 
ortishi  bilan  sig‘im  ham  ortadi.  Musbat  plastinalar  odatda  manfiy  plastinalardan 
qalinroq  bo‘ladi.  Standart  avtomobil  akkumulatorlarida  musbat  plastinalarning 
qalinligi 
1,52  mm
,  manfiy  plastinalar  esa 
1,4  mm
  ni  tashkil  qiladi.  Quvvati  katta 
bo‘lgan  akkumulatorlarda  plastinalarning  qalinligi 
6,35  mm
  gacha  bo‘lishi 
mumkin.  
 
Avval akkumulatorlar blokidagi  manfiy plastinalar soni  musbat plastinalarga 
nisbatan bitta ko‘p bo‘lar edi. Hozir bu an’ana o‘zgarib, endi musbat plastina bitta 
ortiqcha  tayyorlanmoqda,  chunki  bunday  tuzilishga  ega  bo‘lgan  akkumulator, 
o‘lchamlari o‘zgarmagan holda, kattaroq tok berishi mumkin. 
 

Download 9,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish