G‘. N. Mahmudov


«Xizmat  ko‘rsatilmaydigan» akkumulatorlar  batareyasi



Download 9,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/314
Sana16.01.2022
Hajmi9,8 Mb.
#375894
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   314
Bog'liq
2 5319092721493742197

     «Xizmat  ko‘rsatilmaydigan» akkumulatorlar  batareyasi 
 
Oddiy  qo‘rg‘oshin-kislotali    akkumulator  batareyalariga  xos  kamchilik-
larning  (elektrolit sathining  tez   kamayib   ketishi,   musbat qutbli plastinalarning 
tez    yemirilishi,  o‘z-o‘zidan  razryad  bo‘lishi  va  hokazo)  ko‘pchiligi  plastina  
panjaralari  tarkibida  
4...6%  surma
 borligidan kelib chiqadi. 
Surma  elektrolit  tarkibidagi  suvni  elektroliz  (  suvni  vodorod  va  kislorod 
molekulalariga parchalanishi) bo‘lishiga katalizator  sifatida  ta’sir  qiladi.  Surma, 
suvning  vodorod  va  kislorodga  parchalanish  potensialini,  generatorning  ishchi 
kuchlanishlari  darajasigacha  pasaytirib,  akkumulatordan  gazlar  ajralib  chiqishni 
tezlatadi. Natijada, akkumulatordagi elektrolit sathi nisbatan tez pasayadi,  ajralib 
chiqayotgan 
gazlar 
musbat 
plastina 
panjaralari, 
qutb 
quloqlari 
va 
avtomobillarning metall qismlari korroziyalanishiga olib keladi. 
Oddiy  akkumulator  batareyalarining  yuqorida  keltirilgan  kamchiliklarini  
bartaraf    qilish    maqsadida    o‘tgan  asrning      yetmishinchi  yillarining  oxiridan 
boshlab  AQSH  da    "xizmat  ko‘rsatilmaydigan"  akkumulatorlar  ishlab  chiqarila 
boshlandi.  "Xizmat  ko‘rsatilmaydigan"  akkumulatorni    ishlab  chiqishdagi 
izlanishlar asosan gaz ajralib chiqishini tezlatuvchi plastinalar tarkibidagi surmani 
butunlay  istisno  qilishga  yoki    miqdorini  kamaytirishga  yo‘naltirildi.  Ilmiy 
tadqiqotlarning  natijalari,    plastina    panjaralari    qo‘rg‘oshin-kaltsiy-qalay  qotish-
masidan  tayyorlansa,  akkumulatordan ajralib chiqayotgan gaz miqdori juda  kam 
bo‘lishini  ko‘rsatdi.  Hozirgi  vaqtda  sanoatda  ishlab  chiqarilayotgan  "xizmat 
ko‘rsatilmaydigan"    akkumulator  batareyalarda  manfiy  plastina  panjaralari 
qo‘rg‘oshindan  quyilib unga 0,06-0,09% atrofida kaltsiy va 0,1-1,0% gacha qalay 
qo‘shiladi.  Musbat  plastinalarning  panjarasi  esa    qo‘rg‘oshin,  1,25%  surma  va 
1,5% kadmiydan tashkil topgan. 
 Plastina  panjaralarini    qo‘rg‘oshin-kaltsiy-qalay    qotishmasidan  tayyor-lash, 
akkumulator  ishlab  chiqarish  jarayonini  to‘la  o‘zgartirishni  taqozo  qiladi.  


 
60 
Shuning  uchun,  akkumulatorlarni  ishlab  chiqarishdagi  yo‘lga    qo‘yilgan  
texnologik    jarayonni  saqlab  qolish  bilan  bir  vaqtda  uning  xususiyatlarini 
yaxshilash  maqsadida,  plastina  panjaralari  tarkibidagi  surma  miqdori  2,0-2,5% 
gacha  kamaytirilib,  panjaralarni  mustahkamligini  oshirishga  mo‘ljallangan 
legirlovchi  qo‘shimchalar (mishyak, qalay, mis, selen va hokazo)  qo‘shish bilan 
cheklaniladi. 
Bu 
usulda 
tayyorlangan 
akkumulyatorlar 
"kam 
xizmat 
ko‘rsatiladigan"  akkumulyator  deb    yuritiladi  va  ularda  gaz  ajralib  chiqishi, 
odatdagi akkumulatorlarga nisbatan bir necha barobar kam bo‘ladi/ 
90  yillarning  oxirida  AQSH  va      Yevropada  har  ikkala  plastina  panjaralari 
qo‘rg‘oshin-kalsiyli  qotishmadan  tayyorlangan  va  ko‘p  komponentli  legirovchi 
elementlar,  shu  jumladan  kumush  qo‘shilgan  batareyalar  ishlab  chiqarish  yo‘lga 
qo‘yildi.  Bu  akkumulatorlar  kuchli  razryad  qilinganda  ham  qo‘rg‘oshin-kalsiyli 
texnologiya  bo‘yicha  tayyorlangan  birinchi  avlod  batareyalariga  nisbatan 
sig‘imini  kamroq  va  sekinroq  yo‘qotish  qobilyatiga  ega  bo‘ldi.  Bu  batareyalarda 
suvning  sarfi  juda  kam  bo‘lganligi  uchun  qopqoqdagi  suyuqlik  quyish  teshiklari 
olib  tashlandi  va  akkumulator  butun  ishlash  davrida  mutlaqo  suv  quyilmaydigan 
holga keltirildi. 
Kimyoviy  sanoatning  rivojlanishi  yangi  xususiyatga  ega  bo‘lgan 
materiallarni  paydo  bo‘lishi,  akkumulatorlarni  ishlab  chiqarish  texnologiyasini, 
ularning    konstruksiyasini  takomillashtirish  imkonini  berdi.  Termoplastdan 
tayyorlangan  yaxlit  qobiqning  usti  umumiy  qopqoq  bilan  yopiladigan  “xizmat 
ko‘rsatilmaydigan” batareyalar ishlab chiqildi (1.41- rasm). Yaxlit qobiq 7 ga turli 
qutbli  plastinalardan  yig‘ilgan  elektrodlar  bloki    o‘rnatilgan.  Plastinalar  bir-
biridan separatorlar bilan ajratiladi. Bu turdagi akkumulatorlarda plastina bloklari 
bir-biri 
bilan 
yaxlit 
qobiq 
devorchalaridagi 
teshiklar 
orqali 
qisqartirilgan  elementlar  aro  ulagichlar  
3 yordamida ulangan. 
Albatta 
batareyalar 
konstruksiyasining 
bu 
darajada 
o‘zgarishi  va  xizmat  ko‘rsatilmaydigan 
akkumulatorlarning 
imkoniyatlaridan 
to‘la  foydalanish  uchun  avtomobilning 
generator  qurilmasi  benuqson  ishlashi, 
belgilangan  zaryad  kuchlanishi   
±0,1V
 
aniqlik bilan barqaror ta’minlanishi zarur 
bo‘ladi.  Shuning  uchun  avtomobillarni 
ishlatish davrida generator va kuchlanish 
rostlagichlarini  me’yorida  ishlashiga, 
elektr jihozlarda tokni oqib ketish hollari 
bo‘lmasligiga katta e’tibor berish kerak. 
"Xizmat  ko‘rsatilmaydigan"  va 
"kam  xizmat  ko‘rsatiladigan"  akkumu-
latorlarda  separatorlarning  yangi  turi  - 
"separator-konvert"  (1.41-  rasm,  9  va 
1.41-rasm.  Bosch  firmasining  “xizmat 
ko‘rsatilmaydigan akkumulatorlar batare-
yasi:
 
1  -  ajramaydigan  umumiy  qopqoq;  2  - 
qutb qopqog‘i; 3 - elementlar aro ulagich; 4 – 
chiqish  qutbi;  5  –  to‘siq;  6  –  baretka;  7  –
yaxlit  qobiq;  8  –  manfiy  plastina;  9-  separa-
tor-konvertga joylashtirilgan musbat plastina. 
 


 
61 
1.42-rasm,  b)  o‘rnatilmokda.  Bu    sepa-ratorlar  yuqori  g‘ovoklikga  ega  bo‘l-gan 
polietelendan  konvert    ko‘rinishida  tayyorlanib,    ikki  yoni  va  ostki  qismi 
kavsharlangan  bo‘ladi.  Separator-kon-vertga  akkumulatorning  musbat  qutbli  
(ba’zi  hollarda  manfiy  qutblisi)  plastinasi    joylashtiriladi.    Bu  ko‘rinishdagi  
separatorlarni    qo‘llash,  elektrod-larning  aktiv  massasidan  to‘kiladigan 
cho‘kmalar  orqali  plastinalar  orasida  qisqa  tutashuv  bo‘lishini  istisno  qiladi. 
Natijada,  akkumulator  yaxlit  qobig‘ining  tubidagi  qovurg‘alarga  ehtiyoj 
yo‘qoladi.    Separator-konvertlar  ishlatilishi,  plastina  bloklarini  bevosita 
akkumulator  qobig‘ining  tubiga  joylashtirish  va  shuni    hisobiga    qobiq 
balandligini  o‘zgartirmasdan  plastinalar  yuzasini  hamda  akkumulatorga 
quyiladigan elektrolit miqdorini oshirish imkonini beradi (1.42-rasm).  
«Xizmat    ko‘rsatilmaydigan»  batareya  plastinalarini  shaklanish  jarayoni 
odatda  blok  usulida  amalga  oshiriladi.  Bu  usulda  akkumulator  batareyasi  avval 
to‘la  yig‘iladi,  keyin  unga  zichligi  1,25  g/sm
3
  bo‘lgan  elektrolit  quyiladi  va 
tasdiqlangan tartibda plastinalarni shakllanishi o‘tkaziladi.    
"Xizmat  ko‘rsatilmaydigan"  akkumulatorlarning    ba’zi    turlari  elektrolit 
quyiladigan tuynuksiz, ichki bo‘shlig‘i atrof muhitga umumiy qopqoqning chekka 
qismidagi  kichik  shamollatish  teshiklari  orqali  bog‘langan  bo‘ladi.  Bu 
akkumulatorlarning razryadlanganlik darajasini elektrolit zichligi orqali  aniqlash 
imkoniyati yo‘q. Shuning uchun,  bunday akkumulatorlarning qopqog‘ida maxsus 
razryadlanganlik  ko‘rsatkichi - indikator o‘rnatiladi (1.43-rasm). Indikator shaffof 
yorug‘lik  o‘tkazgichdan  tashkil  topgan  bo‘lib,  uning  pastki  qismiga  bitta  yoki 
ikkita  rangli  zo‘ldirli  (odatda  zo‘ldircha  bitta  bo‘lsa  rangi  yashil  bo‘ladi,  ikkita 
1.42-rasm.  Separator-kovert  ishlatilganda  akkumulatorga  quyiladigan  elektrolit 
miqdorini  ortishi: 
a)  oddiy  batareya;  b)  seprator-konvertli  xizmat  ko‘rsatilmaydigan 
batareya;  1-tiqin;  2-batareyadagi  elektrolit  sathi;  3-plastinalar;  4-separator-konvert;  5-
plastinalar  bloki  o‘rnatiladigan  qovurg‘alar;  6-oddiy  separator; 

Download 9,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish