G‘. N. Mahmudov


Rostlagich quyidagicha ishlaydi



Download 9,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/314
Sana16.01.2022
Hajmi9,8 Mb.
#375894
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   314
Bog'liq
2 5319092721493742197

Rostlagich quyidagicha ishlaydi
: generator kuchlanishi belgilangan rostlanish 
qiymatidan  kam  bo‘lganda  stabilitron  VD1  va  tranzistorlar  VT1  ,  VT2  yopiq 
bo‘ladi, qo‘shma tranzistor VT3-VT4 esa ochiq bo‘ladi va uning emitter-kollektor 
o‘tish  joyidan  uyg‘otish  chulg‘amiga  tok  o‘tadi.  Generator  kuchlanishi 
belgilangan  qiymatga    yetishi  bilan  stabilitron  VD1,  tranzistorlar  VT1  va  VT2 
ochiladi.  Qo‘shma  tranzistor  VT3-VT4  ning  emitter-baza  o‘tish  joyi  VT2 
tranzistorning  emitter-kollektor  o‘tish  joyi  tomondan  shuntlanadi  va  u  yopiladi. 
Natijada  uyg‘otish  toki  zanjiri  uziladi.  Rostlagich  sxemasida  bikir  teskari  aloqa 
rezistori R2 ko‘zda tutilgan. Qo‘shma tranzistor VT3-VT4 ning ochilishi bilan R2 
qarshilik  R4  qarshilikga  parallel  ulanib  qolishi  natijasida  stabilitron  VD1  dagi 
kuchlanish  keskin  ortadi  va  u  ochiladi.  Bu  esa  tezkor      ravishda  VT1,  VT2 
tranzistorlarni  ochilishi,  VT3-VT4  qo‘shma  tranzistorni  yopilishi  va  R2  qarshilik 
zanjirni  uzilishiga  olib  keladi.  Stabilitron  VD1  dagi  kuchlanish  keskin  kamayadi 
va  u  yopiladi. Natijada VT1, VT2 tranzistorlar  ham  yopiladi, VT3-VT4  qo‘shma 
tranzistor  esa  ochiladi.  Shunday  qilib,    teskari  aloqa  tranzistori  R2  sxemadagi 
tranzistorlarni ochilib-yopilishini tezlatadi. 
 C1  kondensator  generator  kuchlanishi    impulslarini  silliqlaydi  va  ularni 
rostlagich  ishiga  ta’sirini  istisno  qiladi.    VT5  tranzistor  C2  kondensator  va  R12 
rezistor  bilan  birgalikda  rostlagichda  egiluvchan  teskari  aloqani  amalga  oshiradi, 
ya’ni  VT2,  VT3-  VT4  tranzistorlarni  ochilib-yopilishini  tezlatadi.  Qo‘shma 
tranzistor  VT3-VT4  ni  yopilishi  uning  kollektoridagi  potensialni  keskin 


 
41 
kamayishiga  olib  keladi.  Natijada  VT5  tranzistorning  emitter-baza  o‘tish  joyi  - 
R12 tranzistor - C2 kondensatordan iborat zanjir orqali tok o‘ta boshlaydi va VT5 
tranzistor  ochiladi.  Bu  VT2  tranzistorni  tezkor  ochilishi  natijasida  qo‘shma 
tranzistor VT3-VT4 ni  yopilishini tezlatadi. VT3-VT4 tranzistor yopiq bo‘lganda, 
VT5  tranzistor  ham  yopiladi  va  C2  kondensator  razryadlanib  VT2  tranzistorini 
yopilishi, qo‘shma tranzistor VT3-VT4 ni esa ochilishini tezlatadi. 
   Bundan tashqari VT5 tranzistordan tuzilgan sxema avariya rejimida VT3-VT4 
tranzistorini  kuyishdan  saqlaydi.  Uyg‘otish  chulg‘amidagi  qisqa  tutashuv  VT3-
VT4  tranzistori  kollektoridagi  potensialni  o‘zgarishiga  olib  keladi.  C2 
kondensatorining  zaryad  toki  VT5  va  VT2  tranzistorlarni  ochadi.  Bunda  VT3-
VT4  qo‘shma  tranzistori  yopiladi.  C2  kondensator  zaryadlanib bo‘lgandan  so‘ng 
uning  zanjiridagi  tok  yo‘qoladi  va  VT5,  VT2  tranzistorlar  yopilib,  VT3-VT4 
tranzistor  ochiladi.  Bu  jarayon  davriy  ravishda  davom  etadi  va  VT3-VT4 
tranzistor  avtotebranish  rejimiga  o‘tadi.  Bu  jarayonda  qo‘shma  tranzistor  VT3-
VT4  orqali  o‘tayotgan  tokning  o‘rtacha  miqdori  katta  bo‘lmaydi  va  unga  zarar  
yetkazmaydi. 
  VD3 diod rostlagich sxemasida so‘ndirgich diod vazifasini bajaradi. VD4 diod 
rostlagichni  tok  manbai  kuchlanishining  teskari  qutbli  impulslaridan  himoya 
qiladi. Sxemadagi qolgan elementlar rostlagichdagi yarim o‘tkazgichli asboblarni 
me’yorida ishlashini ta’minlash uchun xizmat qiladi. 
   Elektron  rostlagichlarning  keyingi  taraqqiyoti  natijasida  mikroelektronika 
elementlari  ishlatilgan  integral  rostlagichlar    ishlab  chiqildi.  Integral 
rostlagichlarning  o‘lchamlarini  (38*58*12  mm)  va  massasini  (50  g)  juda 
kichikligi , temperaturaga chidamlilik darajasi nisbatan yuqori bo‘lganligi tufayli, 
ularni      to‘g‘ridan-to‘g‘ri  generatorning  ichki  qismiga  (ba’zi  generatorlarda  
cho‘tkatutqichga) joy    lashtirish imkoniyatini  beradi. 
   Hozirgi  vaqtda  ikki  turdagi  integral    rostlagichlar    chiqarilmoqda:    14  V  ga 
mo‘ljallangan Я-112 va 28 V ga- Я-120.  Ularning gabarit o‘lchamlari va massasi 
PP-350  rostlagichga  nisbatan    14-24  marta    kichik,    temperatu-raga    chidamliligi 
esa  1,6  marta  yuqori.  Я-112A  rusumidagi    rostlagichlar  "Moсквич",  ВАЗ-2105, 
2107    yengil  avtomobillarida  va  ПАЗ,  ЛАЗ  avtobuslarida  o‘rnatilgan.  GM-
Uzbekistan  qo‘shma  korxonasining  chiqarayotgan  avtomobillarida  ham  (Damas, 
Nexia, Matiz ) integral rostlagichlar ishlatilgan (1.17-d rasmga qarang). 
   Я-112A 
rostlagichi 
(1.31-
rasm) integral rostlash elementi  2 
va    folgalangan  getinaksdan 
yasalgan  chiqish  qisqichlari  4 
o‘rnatilgan  metall  asos  1  dan 
iborat.  Integral  rostlash  elementi 
tarkibiga    plyonkali    qarshiliklar 
bloki  3,    yarim  o‘tkazgich 
asboblar  (tranzistorlar,  diodlar, 
stabilitron) 
bloki 

va 
kondensator  6  kiradi.  Bloklar 
issiqlik o‘tkazuvchanlik qobiliyati 
          
1.31-rasm. Я-112А integral rostlagichi: 
          a) qopqog’I  olingan ; b) qopqog’i  yopiq 
 


 
42 
katta  bo‘lgan  keramik  plastinalardan    iborat 
bo‘lib,  ularga  qobiqsiz  tranzistorlar,  diodlar, 
stabilitron  payvadlangan  va  qalin  plyonka 
ko‘rinishidagi    qarshiliklar    yopishtirilgan. 
Rostlash elementi qopqoq 9 bilan  yopilib, asos 1 
ga    yelimlanadi  va  teshik  8  orqali  maxsus 
germetik pasta  quyiladi. Asosning turtib chiqqan 
joyi  7  rostlagichni  cho‘tka  tutqichga  to‘g‘ri 
o‘rnatilishini  ta’minlaydi.    Integral  rostlagichlar 
qismlarga ajratilmaydi va ta’mirlanmaydi. 
  Avtomobil  generatorlarini  ishlab  chiqarish 
bo‘yicha  ixtisoslashgan  dunyoning   

Download 9,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish