(0,2...0,3 kgs/sm 2 ) kamayadi.
Datchikning chiqish joyidagi kuchlanish esa
1,3±0,2 V gacha pasayadi. Elektron
boshqarish bloki bu ma’lumot asosida purkalanayotgan yonilg‘i ulushini
kamaytiradi.
Drossel to‘liq ochilgan holda (IYOD katta yuklama bilan ishlaganda) kiritish
kollektoridagi bosimning qiymati atmosfera bosimigacha
(0,85....0,95 kgs/sm 2 )
ko‘tariladi. Datchikning chiqish joyidagi kuchlanish esa
4,6±2 V gacha
ko‘tariladi. Elektron boshqarish bloki bu signal asosida purkalanayotgan yonilg‘i
ulushini oshiradi.
Drossel to‘siqchasining holati datchigi. Drossel to‘siqchasining holati va
uni burilish tezligini aniqlash uchun Potensiometrli datchiklardan foydalaniladi
(6.29-rasm). Potensiometrli datchikning asosini bir nechta kontakt yo‘lkalariga
ega bo‘lgan plenkali rezistor tashkil qiladi. Datchikning o‘qi bilan bog‘langan va
u bilan birga harakatlanuvchi elastik tok uzatish elementi kontakt yo‘lkalari
bo‘ylab sirpanadi. Tok uzatuvchi element drossel to‘siqchasi keskin ochilganda
signal o‘zgarishini, dvigatelning salt ishlashi va drossel to‘siqchasining holati
haqidagi ma’lumotlarni uzatishni ta’minlaydi.
Drossel to‘siqchasining holati datchiklaridan kontaktlar dirilla-masdan uzoq
muddat davomida va barqaror ishlashi talab qilinadi. Bu talablarni qondirish
uchun yo‘lkachalar va tok uzatish elementining kontakt maydonchasi mustaxkam
vayeyilishga chidamli materiallardan tayyorlanadi.
Yonilg‘i uzatish tizimlarini boshqarish uchun drossel to‘siqchasining holati
haqidagi ma’lumotdan tashqari uni ochilish tezligi to‘g‘risidagi ma’lumot ham
zarur, chunki aylanishlar chastotasi keskin ortganda dvigatelning dinamik
xususiyatlarini yaxshilash uchun yonilg‘i aralashmasini ma’lum darajada boyitish
talab qilinadi.
Oddiy karburatorlarda bu jarayon tezlatuvchi
nasos
yordamida amalga
oshiriladi, elektron
boshqaruvli tizimlarida esa har bir uzatilayotgan
yonilg‘i ulushi oshiriladi. Buning uchun elektron
boshqarish blokiga maxsus moslamadan drossel
to‘siqchasini ochilish tezligiga proporsional bo‘lgan
bir qator ilpulslar uzatiladi.
Drossel to‘siqchasining holati va ochilish
tezligi datchiklari drossel to‘siqchasining yoniga
mahkamlangan bitta qobiq ichiga joylashtirilgan.
Kontaktli elektromexanik datchiklarga xos
bo‘lgan kamchiliklar kontaktsiz datchiklarda,
xususan kod-lovchi diskli optoelektron datchik-larda
bo‘lmaydi. Pretsizion kodlovchi disklar va optik
yoki fotoelektr mos-lamalarni ishlatilishi hisobiga
bu turdagi datchiklar