276
harakatini bevosita boshqarish, ijrochi mexanizmlar tomonidan amalga oshiriladi.
Uzish kontrolleri boshqarish dasturining ishini datchiklardan olinayotgan
signallarga moslashtiradi.
Dizel dvigatellarida yonilg‘i uzatishni rostlashning juda muhim masalasi –
o‘tish jarayonlarini sifatini ta’minlashdir. Chunki, aynan o‘tish jarayonlari
dvigatelni texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlariga katta ta’sir ko‘rsatadi. Rostlagichning
eng yaxshi dinamik tavsifini ta’minlash va rostlashdagi statik xatolarni bartaraf
qilish maqsadida tizimda proporsional-integral-differensial qonuni bo‘yicha
ishlaydigan boshqarish amalga oshirilgan. Boshqaruv qonunining integral
bog‘lanishlik qismi hisoblash daqiqasigacha amalga oshirilgan barcha
boshqaruvchi ta’sirlarning yig‘indisi sifatida shakllantiriladi. Boshqaruv
qonunining differensial qismi rostlanayotgan ko‘rsatkichning vaqt birligidagi
orttirmasi ko‘rinishida shakllanadi. Shuning uchun, tizimda vaqt o‘lchash asbobi
zurur bo‘ladi. Bu vazifani taymer bajarib, u uzish kontrolleriga vaqt belgilarini
uzatadi. Kontroller bu signal asosida asosiy boshqaruv dasturni to‘xtatib turib, bir
xil vaqt orasida rostlanuvchi ko‘rsatkichning orttirmasini o‘lchaydi.
Avariya datchiklari ham uzish kontrolleriga ulanadi. Biror ko‘rsatkich
belgilangan chegaraviy qiymatdan ortib ketsa, uzish kontrolleri asosiy dasturni
ishini to‘xtatib turib, dvigatelni avtomatik himoya qilish dasturini ishga tushirib
yuboradi. Masalan, sovitish suyuqligining harorati 105
0
C gacha ko‘tarilganda,
tirsakli valning aylanishlar chastotasi asta-sekin salt ishlash qiymatgacha
kamaytirilib, ovozli yoki yorug‘li avariya xabarchilarini ulanishini ta’minlanadi.
Moylash tizimidagi moy bosimi yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan darajada kamaysa,
avariya xabarchilari ishga tushadi va dvigatel to‘xtatiladi.
Dizel dvigatellarini mikroprotsessorli boshqarish tizimi aylanishlar chastotasi
va yuklamaga bog‘liq ravishda yonilg‘i purkashni ilgarilatish burchagini
o‘zgartirish imkoniyatini beradi.
Dizel dvigatellaridagi yonilg‘i purkash tizimiga qo‘yiladigan talablar tobora
ortib bormoqda. Purkash bosimi va forsunkalarning ishlash tezligini yanada
ortishi, purkash jarayonini avtomobilning ishlatish sharoitlariga keng moslashuv
xususiyatlarining mavjudligi katta quvvatli, tejamli va ekologik xavfsiz dizel
motorlarini yaratilishiga olib keldi. Bu, dizellarni yuqori toifadagi avtomobillarga
ham o‘rnatish imkonini tug‘dirdi. Shunday mukammal tizimlardan biri - Common
Rail akkumulator tizimi bo‘lib, uning asosiy afzalligi yonilg‘i bosimini va purkash
daqiqasini keng doirada o‘zgarishidir. Common Rail tizimi, mexanik yuritmali,
yuqori bosimli yonilg‘i nasosiga ega bo‘lgan an’anaviy purkash tizimlardan farqli,
yonilg‘ini purkash bo‘yicha ancha yuqori talablarga javob beradi. Xususan:
ishlatish doirasining kengligi;
yonilg‘i purakash bosimini
Do'stlaringiz bilan baham: