G‘. N. Mahmudov


 Ma’lumotlarni avtomobilning pesh oynasida aks ettirish



Download 9,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/314
Sana16.01.2022
Hajmi9,8 Mb.
#375894
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   314
Bog'liq
2 5319092721493742197

 
 4.5.3. Ma’lumotlarni avtomobilning pesh oynasida aks ettirish 
 
Avtomobilning  nazorat-o‘lchov  asboblari  va  displeylardan  foydalanish 
jarayonida  doimo  quyidagi  muammo  mavjud  bo‘ladi:  bir  tomondan  haydovchi 
imkoni  boricha,  xavfsizlikni  ta’minlash  maqsadida  ,  ko‘zini  yo‘ldan  uzmasligi 
kerak  va  ikkinchi  tomondan  asboblarga  qaramasa  ogohlantiruvchi  muhim 
ma’lumotni  ko‘rmay  qolishi  mumkin,  masalan  moyning  bosimini  kamayib 
ketganligi  yoki  sovitish  suyuqligi  haroratini  me’yordan  ortib  ketganligini  va 
hokazo.  Bu  muammoni  xal  qilish  yo‘llaridan  biri  avariya  holatlarida  tovushli 
signal  berilishi  yoki  yorug‘lik  habarchilarini  ishlatishdir.  Lekin  bugunda  eng 
takomillashgan  usul   -  ma’lumotni pesh oynada aks ettirishdir (Head  Up Displey  
yoki  HUD)   Dastlab bu texnologiya 
aviatsiyada 
ishlatildi. 
Unda 
konstruktorlar  qiruvchi  samoletning 
asboblar  panelida  100  dan  ortiq 
ogohlantiruvchi 
indikatorlarni 
joylashtirish 
muammosiga 
duch 
keldilar. 
Pesh  oynada  ma’lumotni  aks 
ettirish 
prinsipi 
4.31-rasmda 
ko‘rsatilgan. Proektordagi (elek-tron-
nur  trubkasi  yoki  suyuq  kristalli 
matritsa)  tasvir  maxsus  ishlovdan 
4.31-rasm. Pesh oynada ma’lumotni aks 
ettirish  prinsipi 
 
4.30-rasm. 
T o yot a   a vt om o bi l l a r in in g  bi r in i   su yu q   k r i st al l i  d i sp l e yi
 
 


 
207 
keyin  yarim  tiniq  kuzgu  holiga 
keltirilgan  pesh oynaga tushiriladi. 
Proektor yoqilgan yoki  o‘chirilgan 
holatda  ham  haydovchi      yo‘lni 
ushbu  kuzgu-oyna  orqali  ko‘radi. 
Tasvirning 
ko‘rinishi 
tashqi 
muhitni yorug‘ligiga moslashadi.  
HUD  tizimining  ishlashi  4.32 
rasmda ko‘rsatilgan. HUD tizimini 
samarali  ishlashi  uchun    oldingi 
pesh oyna har bir avtomobil uchun 
alohida  tanlanadi.  Agar  pesh  oyna 
to‘g‘ri  tanlanmasa  ikkilanish  yuzaga  keladi    va  pesh  oynadagi  tasvir  aniq 
ko‘rinmaydi.  Ommaviy  chiqarilayotgan  avtomobillarda  HUD  tizimi  1988  yildan 
boshlab o‘rnatilmoqda. 
Pesh  oynaga  qanday  ma’lumotni  va  qachon  chiqarishni  yo‘lda  yuzaga 
kelayotgan  vaziyatga  qarab  bort  kompyuteri    hal  qiladi.  Masalan,  spidometr 
ko‘rsatkichini  doimo  ko‘rsatib  borish  kerak,  motordagi  moy  bosimi  indikatorini 
esa faqat bosim me’yordan kamayganda aks ettirilgani ma’qul bo‘ladi. Zamonaviy  
HUD  tizimlari  ma’lumotni  bevosita  haydovchining  ko‘zini  oldiga  chiqaradi.  
Ogohlantiruvchi ma’lu-motlarni aks ettiruvchi displey sifatida orqani ko‘rsatuvchi 
suyuq kristalli kuzgular ham ishlatiladi.  
General  Motors  kompaniyasi  HUD  va  nutq  sintezatori  asosida  haydovchiga 
yo‘lni to‘g‘ri tanlashga yordam beruvchi  tizim ishlab chiqardi. Sintezator tovush 
bilan    “  keyingi  chorraxada    chapga  qayiling”  kabi  yo‘l-yo‘rig‘  beradi,  pesh 
oynada esa yo‘lning  ushbu qismining sxematik tasviri  ko‘rsatuvchi strelka bilan 
namoyon  bo‘ladi.    Tizim  shuningdek  quyidagi  turdagi  ogohlantirishlarni  ham 
berishi mumkin : “ Burilishgacha 0,5 km” yoki “Oldinda yo‘lni ta’mirlash ishlari 
olib borilmoqda”. 
Haydovchining  nigohi  har  daqiqada  qaysi  nuqtaga  yo‘nalgani  aniqlash  va 
zarur  ma’lumotni  pesh  oynaning  aynan  shu  nuqtasiga  tushiradigan  HUD 
tizimlarini  yaratish  borasidagi  ishlar  jadal  olib  borilmoqda.  Bu  ishni  amalga 
oshirishda  portativ  vidiokamera  va  lazer  ishlatish  ko‘zda  tutilgan.      Lazer  nuri  
haydovchi  ko‘zining  mug‘iz  pardasidan  (  ya’ni,  ko‘zning  eng  ustki  tiniq 
pardasidan)  qaytadi  va  bu  haydovchini  pesh  oynaning  qaysi  nuqtasiga 
qarayotganligini  juda  aniq  topish  imkoniyatini  beradi.  Haydovchi  nigohining 
harakatini  kuzatuvchi  detektor  yordamida  ,  uning  hol-ahvolini  ham  aniqlasa 
bo‘ladi.  Agar  haydovchining  holati  yomonlashsa,  havotir  signali  (tovushli  yoki 
yorug‘lik) beriladi. 
 

Download 9,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish