1.2.4. Kontaksiz (cho‘tkasiz) o‘zgaruvchan tok generatorlari
Kontakt halqalari va cho‘tkalari bo‘lmagan o‘zgaruvchan tok generatorlari
boshqa turdagi generatorlardan o‘zining ishonchlilik va chidamlilik darajasiтштп
yuqoriligi bilan ajralib turadi. Bu turkumdagi generatorlarning xizmat muddati
faqat podshipniklar yeyilishi va chulg‘amlar izolyasiyasi eskirishi bilan
cheklanadi. Kontaksiz generatorlar og‘ir sharoitda, ya’ni chang - to‘zon ko‘p
bo‘ladigan karerlarda, yo‘lsizlik sharoitida ishlaydigan avtomobillar uchun
ayniqsa zarur.
1.19-rasm. Kompakt generatornining alohida qismlari
1.20-rasm. Kontaktsiz (cho‘tkasiz) generatorlarning konstruktiv sxemasi:
a) induktorli; b) qisqartirilgan qutbli
26
Kontaktsiz generatorlarning induktorli va
qisqartirilgan tumshuqsimon qutbli shakllari
mavjud. Bu turkumdagi generatorlarning
umumiy tomoni shundan iboratki, ularda
uyg‘otish chulg‘ami qo‘zgalmas bo‘ladi,
farqi esa, uyg‘otish chulg‘ami o‘rnatilgan joy
bilan
bog‘liq.
Masalan,
induktorli
generatorlarda (1.20-rasm, a) uyg‘otish
chulg‘ami rotorning yon tomonida,
qopqoqqa
mahkamlangan
vtulkaga
o‘rnatilgan
bo‘lsa,
qisqartirilgan
tumshuqsimon qutbli generatorda (1.20-rasm,
b), maxsus moslamalar yordamida, rotorning
ikkita
yarim
o‘zagining
o‘rtasiga
joylashtiriladi.
Induktorli
generatorlar
quyidagicha
ishlaydi. Uyg‘otish chulg‘ami 1 dan
o‘zgarmas tok o‘tishi natijasida hosil bo‘lgan
magnit oqimi rotor aylanganda kattaligini
ham, yo‘nalishini ham o‘zgartirmaydi. Bu
oqim vtulka 2 va val 3 orasidagi havoli
tirqish, tishchalari yulduzcha ko‘rinishida
ishlangan rotor 4, rotor va stator orasidagi
havoli tirqish, stator o‘zagi 5, qopqoq 6
orqali yana vtulka 2 ga tutashadi. Rotor aylanganda undagi tishchalarning stator
tishchalariga nisbatan holati o‘zgaradi va stator tishchalaridan o‘tayotgan magnit
oqimi maksimal qiymat-dan (rotor va stator tishchalarining o‘qlari mos kelganda)
minimal qiymatgacha (stator tishchalari bilan rotor ariqchalarining o‘qi mos
kelganda) o‘zgaradi. Stator tishcha-laridagi magnit oqimining o‘zgarishi uning
chulg‘amlarida o‘zgaruvchan EYUK induksiyalanishiga olib keladi.
Qisqartirilgan tumshuqsimon qutbli ge-neratorlarda (1.20-rasm) uyg‘otish
chulg‘a-mi 4 rotorning ikkita yarim o‘zagi 2, 3 orasidagi tirqishdan tushirilgan
qo‘zgalmas nomagnit disk 1 ga o‘rnatilgan. Uyg‘otish chulg‘amidan tok
o‘tganda, uning atrofida hosil bo‘lgan magnit maydoni ta’sirida rotorning
tumshuqsimon qutbli yarim o‘zaklari magnitlanadi. Rotor aylanganda uning
atrofidagi magnit maydonining kuch chiziqlari (magnit oqimi) stator chul-
g‘amlarini kesib o‘tadi va ularda o‘zgaruvchan EYUK induksiyalaydi. Bu
generatorlar sodda to‘zilishi bilan ajralib turadi. O‘lchamlari nisbatan kattaligi
va uyg‘otish chulg‘amini bikr mahkamlash qiyinligi bu turdagi generatorlarning
kamchiligi hisoblanadi.
AQSH ning Delko-Remi firmasi tomonidan qisqartirilgan qutbli tumshiq-
simon kontaktsiz generatorlarning boshqacha turi ishlab chiqilgan (1.21-rasm). Bu
generatorlarda rotor qo‘ng‘iroqsimon shaklga ega bo‘lib, po‘lat qutbning birinchi
yarmi oddiy cho‘tkali generatorlardagi singari rotor valiga presslab
mahkamlangan. Qutbning ikkinchi yarmi esa qisqartirilgan ko‘rinishda nomagnit
1.21-rasm. Delko-Remi firmasining
(AQSH) kontaktsiz generatori:
1–shkiv, 2–ventilyator, 3–qo‘zg‘almas
magnit o‘tkazgich o‘rnatilgan qopqoq, 4–
nomagnit halqa, 5–qo‘zg‘almas uyg‘atish
chulg’ami,
6–qo‘ng‘iroqsimon
rotor
qutbining valga mahkamlangan yarmi, 7–
orqa qopqoq, 8–kuchlanish rostlagichi,
9–to‘g‘rilagich bloki, 10–-mahkamlash
qulog‘i, 11–stator, 12–rotor qutbining
nomagnit halqa orqali kavsharlangan
yarmi.
27
halqa orqali qutbning birinchi yarmiga kavsharlangan. Uyg‘atish chul-g‘ami
generator qopqog‘iga qo‘zg‘almas qilib mahkamlangan magnit o‘tkazgichga
joylashtirilgan. Rotor vali harakatga kelganda bir-biriga kavsharlangan tum-
shuqsimon po‘lat qutblar aylanadi, uyg‘atish chulg‘ami esa qo‘zg‘almas holda
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |