Organik moddalarni tozalash usullari – qayta kristallash, haydash, ekstraksiyalash.
Moddalarni qayta kristallga tushirish usuli bilan tozalash. Ekstraksiya usuli yordamida moddalarni ajratish. Sublimatsiya. Aralashmalarni haydash usuli bilan ajratish.
Organik moddalarni tozalashda va tahlil qilishda xromatografiya usullari – kolonkali xromatografiya usuli yordamida aralashma moddalarni ajratish, gaz-suyuqlik xromatorafiyasi (GSX) yordamida aralashmalarni tahlil etish, yuqori effektiv suyuqlik xromatorafiyasi (YUESX) yordamida aralashmalarni tahlil etish.
Organik moddalarning muhim konstantalarini aniqlash, ularning tuzilishini aniqlashda fizik-kimyoviy usullardan foydalanish.
Moddalarning suyuqlanish temperaturasini aniqlash. Moddalarning qaynash temperaturasini aniqlash. Eritmaning nisbiy zichligini aniqlash.
Organik moddalarning IK-, UF-spektrlari va ulardan olinadigan informatsiyani tahlil eta olish. YAMR-spektrlari va mass-spektrlar haqida umumiy tasavvur. Signallarning o‘rni, kimyoviy siljish, signallar soni.
Do'stlaringiz bilan baham: |