“Elektron hukumat” tizimida tomonlar o‘zaro munosabati.
“Elektron hukumat” maqsad va vazifalari.
“Elektron hukumat” tizimida G2G modeli.
Elektron hukumat arxitekturasi bu nima?
Elektron tijorat nima?
Elektron tijoratning qanday turlari mavjud?
O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining rasmiy sayti qanday?
Korxona resurslarini boshqarishda qanday texnologiyalar qo‘llaniladi?
BOB. AXBOROTNI SAQLASH, ISHLOV BERISH VA HIMOYALASHNING ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARI
Gridtexnologyalari
Zamonaviy fan va texnika rivojlanishida hisoblash quvvatini keskin oshirish talab etiladi. Ammo superkompyuterda ishlash chegaralanib qo‘yilgan. Shu bois Grid – bu hisoblash resurslariga ega bo‘lish va ma’lumotlarni saqlash uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratib beradi.
Grid texnologiyasining paydo bo‘lishidagi asosiy omillar:
tarmoq texnologiyalarining keskin rivojlanishi va ma’lumotlar uzatish tezligining oshishi (har 9 oyda uzatish tezligi ikki barovarga oshib kelmoqda);
yuqori tezlikda ishlaydigan hisoblash resurslarining mavjudligi (hisoblash tezligi har 18 oyda ikki barovarga oshib kelmoqda);
Internet texnologiyalarining rivojlanishi;
ilmiy, muhandislik va biznes masalalarini yechish zarurligi; Grid tushunchasi elektr tarmoqlaridan (electric power grid)
kirib kelgan bo‘lib, elektr tokni qaysi generator ishlab chiqqanligi muhim bo‘lmagandek, qaysi kompyuterda qo‘yilgan masala yechilganligi ham muhim hisoblanmaydi.
Grid taqsimlangan tizim bo‘lib bevosita WWW dan farqliroq yangi hisoblash infratuzilmani shakllantirib, unda hisoblash resurslariga uzluksiz ulanishni ta’minlab beradi.
Grid-texnologiyasining asosi quyidagi 5 banddan iborat:
ochiq standartlarni qo‘llash;
har xil tizimlarni birlashtirish;
ma’lumotlarin birgalikda ishlatish;
resurslarni dinamik ajratish;
hisoblash tarmoqlarini birlashtirish.
Hozirgi kunda Grid – texnologiyasi katta hajmdagi hisoblash ishlarini, vektorli grafikani qayta ishlashda qo‘llanilmoqda.
Ushbu texnologiya hozircha to‘liq joriy etilmagan.
Hozircha biz asosan bizga berkitilgan kompyuterda asosiy ishlarni bajaramiz, Grid-texnologiyasi esa o‘zi bo‘sh resurlarni qidirib masalani yechish uchun tarmoqdan keraklicha resurs talab qilib ishlarni bajarish imkonini beradi.
Ilk bor Grid texnologiyasi AQSh da yaratilgan bo‘lib, TeraGrid deb nomlangan va 2001-yilda ishga tushirilgan. Tarmoq doirasida ma’lumotlar uzatish tezligi 40 Gb/s bo‘lgan. Unda 200 ta universitet ulangan bo‘lgan va undan 4000 ta foydalanuvchi faoliyat ko‘rsatgan. Tarmoqda 30 ta hisoblash tizimi mavjud bo‘lib, ishlash tezligi 1,9 Pflops va ma’lumotlarni saqlash uchun 5 Petabaytli umumiy xotiradan iborat bo‘lgan.