G‘. M. Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar



Download 3,32 Mb.
bet118/142
Sana14.07.2022
Hajmi3,32 Mb.
#798232
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   142
Bog'liq
MILLIY IQTISODIYOTDA AXBOROT TIZIMLAR VA TEXNOLOGIYALAR

Kodlashtirish deb axborotni bir tizimdan boshqa tizimga ma’lum bir belgilar yordamida belgilangan tartib bo‘yicha o‘tkazish jarayoniga aytiladi.
Kriptografiya deb maxfiy xabar mazmunini shifrlash, ya’ni ma’lumotlarni maxsus algoritm bo‘yicha o‘zgartirib, shifrlangan matnni yaratish yo‘li bilan axborotga ruxsat etilmagan kirishga to‘siq qo‘yish usuliga aytiladi.
Steganografiyaning kriptografiyadan boshqa yana o‘zgacha masalasi ham bor, ya’ni uning maqsadi - maxfiy xabarni o‘zining mavjudligini ham yashirish. Bu ikkala usul birlashtirilishi ham mumkin va natijada axborotni himoyalash samaradorligini oshirish uchun ishlatilishi imkoni paydo bo‘ladi ( masalan, kriptografik kalitlarni uzatish uchun).
Kompyuter texnologiyalari steganografiyaning rivojlanishi va mukammalashuviga yangi turtki berdi. Natijada axborotni himoyalash sohasida yangi yo‘nalish - kompyuter steganografiyasi paydo bo‘ldi.
Global kompyuter tarmoqlari va multimedia sohasidagi uzluksiz rivojlanishlar telekommunikatsiya kanallarida ma’lumotlarni uzatish xavfsizligini ta’minlash uchun mo‘ljallangan yangi usullarni yaratishga olib keldi. Bu usullar shifrlash qurilmalarining tabiiy noaniqligidan va analogli video yoki audiosignallarning serobligidan foydalanib, xabarlarni kompyuter fayllarida (konteynerlar) yashirish imkonini beradi. Shu bilan birga kriptografiyadan farqli ravishda bu usullar axborotni uzatish faktining o‘zini ham yashiradi.
K. Shennon sirli yozuvning umumiy nazariyasini yaratdiki, u fan sifatida steganografiyaning bazasi hisoblanadi. Zamonaviy kompyuter steganografiyasida ikkita asosiy fayl turlari mavjud : yashirish uchun mo‘ljallangan xabar - fayl, va koteyner - fayl, u xabarni yashirish uchun ishlatilishi mumkin. Bunda konteynerlar ikki turda bo‘ladi: konteyner - original (yoki «bo‘sh» konteyner) - bu konteyner yashirin axborotni saqlamaydi; konteyner - natija (yoki «to‘ldirilgan» konteyner) - bu konteyner yashirin axborotni saqlaydi. Kalit sifatida xabarni konteynerga kiritib qo‘yish tartibini aniqlaydigan maxfiy element tushuniladi.
Kompyuter steganografiyasi rivojlanish tendensiyasining tahlili shuni ko‘rsatadiki, yaqin yillarda kompyuter steganografiyasi usullarini rivojlantirishga qiziqish kuchayib boradi. Jumladan, ma’lumki, axborot xavfsizligi muammosining dolzarbligi doim kuchayib bormoqda va
axborotni himoyalashning yangi usullarini qidirishga rag‘batlantirayapti. Boshqa tomondan, axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi ushbu axborotni himoyalashning yangi usullarini joriy qilish imkoniyatlari bilan ta’minlayapti. Va, albatta, bu jarayonning kuchli katalizatori bo‘lib umumfoydalaniladigan Internet kompyuter tarmog‘ining juda kuchli rivojlanishi hisoblanadi.
Axborotni himoyalash sohasi rivojdanishi tendensiyasida hozirgi vaqtda eng ko‘p qo‘llanilayotganligi bu - kriptografik usullardir. Lekin, bu yo‘lda kompyuter viruslari, «mantiqiy bomba»lar kabi axborotiy qurollarning kriptovositalarni buzadigan ta’siriga bog‘liq ko‘p yechilmagan muammolar mavjud. Boshqa tomondan, kriptografik usullarni ishlatishda kalitlarni taqsimlash muammosi ham bugungi kunda oxirigacha yechilmay turibdi. Kompyuter steganografiyasi va kriptografiyalarining birlashtirilishi paydo bo‘lgan sharoitdan qutulishning yaxshi bir yo‘li bo‘lar edi. Chunki, bu holda axborotni himoyalash usullarining zaif tomonlarini yo‘qotish mumkin bo‘lar edi.
Shunday qilib, kompyuter steganografiyasi hozirgi kunda axborot xavfsizligi bo‘yicha asosiy texnologiyalardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Zamonaviy kompyuter steganografiyasining asosiy holatlari quyidagilardan iborat:

  • yashirish usullari faylning autentifikatsiyalanishligini va yaxlitligini ta’minlashi kerak;

  • yovuz niyatli shaxslarga qo‘llaniluvchi steganografiya usullari to‘liq ma’lum deb faraz qilinadi;

  • usullarning axborotga nisbatan xavfsizlikni ta’minlashi ochiq uzatiladigan faylning asosiy xossalarini steganografik almashtirishlar bilan saqlashga va boshqa shaxslarga noma’lum bo‘lgan qandaydir axborot - kalitga asoslanadi;

  • agar yovuz niyatli shaxslarga xabarni ochish vaqti ma’lum bo‘lib qolgan bo‘lsa, maxfiy xabarning o‘zini chiqarib olish jarayoni murakkab hisoblash masalasi sifatida tasavvur qilinishi lozim.

Internet kompyuter tarmog‘ining axborot manbalarini tahlili quyidagi xulosaga kelishga imkon berdi, ya’ni hozirgi vaqtda steganografik tizimlar quyidagi asosiy masalalarni yechishda faol ishlatilayapti :

  • konfidensial axborotni ruxsat etilmagan kirishdan himoyalash;

  • monitoring va tarmoq zaxiralarini boshqarish tizimlarini yengish;

  • dasturiy ta’minotni niqoblash;

  • intellektual egalikning ba’zi-bir turlarida mualliflik huquqlarini himoyalash.

Sanab o‘tilgan har bir masalada qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

Download 3,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish