G‘. M. Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar


Bank axborot tizimlarining tarkibi va texnologiyasi



Download 3,32 Mb.
bet77/142
Sana14.07.2022
Hajmi3,32 Mb.
#798232
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   142
Bog'liq
MILLIY IQTISODIYOTDA AXBOROT TIZIMLAR VA TEXNOLOGIYALAR

Bank axborot tizimlarining tarkibi va texnologiyasi


BATni yaratish yoki tanlab olish bank strukturasining o‘ziga xos xususiyatlarini, bank faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini va hajmini, shuningdek, bankning barcha bo‘limlarining o‘zaro hamkorligini inobatga olgan holda, qo‘llab-quvvatlovchi tizimlarni rejalashtirish bilan bog‘liq.
BATni tuzilishi - yagona texnologiya asosida ishlab chiqilgan vazifali modullar to‘plami bo‘lib, u yagona moliyaviy yadro atrofida birlashtirilgan va yagona apparat-dasturiy asosida ishlaydi.
Barcha modullar markaziy modul - tizimning yadrosi orqali bir- biriga bog‘langan. Markaziy modul bankning barcha vazifalarini axborot bazasida tayorlab beradi va o‘zaro hamkorlikni ta’minlaydi - hisoblarni ochish va yopish, analitik va sintetik hisoblarni yuritish, balans va hisobotlarni shakllantirish, tizimni boshqarish, ma’lumotlarni arxivlash.
Tizimning alohida modullari quyidagilarga mo‘ljallangan:

  • pul mablag‘larini boshqarish bo‘yicha xizmatlar;

  • hujjatlarni boshqarish bo‘yicha tashkillashtirish;

  • banklararo hisob-kitoblar (vakillik hisob varaqlari bilan ishlash, SVIFT tarmog‘idagi hisob-kitoblar);

  • pul mablag‘larini qabul qilish, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar, depozitar xizmatlar, valyuta operatsiyalari va hisobvaraqlari (depozitlar, "ish haqi" va boshqa hisob varaqlarga xizmat ko‘rsatish, qarz berish) ;

  • masofali mijozlarga xizmat ko‘rsatish (“mijoz-bank” to‘lovlari, Internet-banking);

  • moliyaviy bozorlarda operatsiyalar (valyuta operatsiyalari, banklararo kreditlar, qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq bitimlar);

  • bank kartalari bilan ishlash;

  • filiallar bilan ishlash;

  • depozitariy hisobini va boshqalar.

Bankning axborot texnologiyalarini yaratish bo‘yicha turli yondashuvlar mavjud. Uning uch turdagi axborot texnologiyalari mavjud: operatsion, hujjatli, obyektli.
Operatsion texnologiyalar operatsiyalar zanjiri shaklida yaratilgan. Operatsiyalarning ba’zilari BATning turli modullarida aks ettirilishi kerak, bu ularning vazifali munosabatlarini amalga oshirishda qiyinchiliklarga olib keladi.
Hujjatli texnologiyalar bankning elektron hujjat aylanishini tashkil etishga asoslangan. Buxgalteriya provodkalari avtomatik tarzda tuziladi. Bank faoliyati davomida hujjatlar bir-biri bilan bog‘liq. Bitta hujjat boshqa hujjatlarni yaratilishiga sababchi bo‘lishi mumkin, hujjatdagi o‘zgarishlari u bilan bog‘liq boshqa hujjatlar o‘zgarishlariga olib keladi.
Shuning uchun uchta asosiy turdagi obyektlar mavjud:

  • bitim ( kelishuv, operatsiya);

  • bitim uchun asos bo‘lgan hujjat;

  • buxgalteriya hisobini provodkasi.

Kompyuter tarmoqlari avtomatlashtirilgan bank axborot tizimlarida keng qo‘llaniladi. Odatda, banklar mahalliy kompyuter tarmog’iga ega, ular axborot almashish va ma’lumotlar almashinuvini tashkil etishga imkon beradi. Ko‘pgina foydalanuvchilarning bir vaqtning o‘zida ishlashini ta’minlash uchun "mijoz-server" texnologiyasini qo‘llash kerak.
Ma’lumotlar bazasi yagona markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasi sifatida va quyi bo‘limlarda (filiallarda) tarqatilishi mumkin.
Birinchi holda, ma’lumotlar bazasi quvvatli va tez ishlaydigan serverlarda saqlanadi, ularga masofaviy foydalanuvchilardan aloqa kanallari orqali murojaat qilish mumkin. Ikkinchi holda, ma’lumotlar bazasi ham markaziy ofisning serverlarida, ham filial serverlarida saqlanadi.

      1. Download 3,32 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish