G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/126
Sana28.06.2022
Hajmi3,11 Mb.
#712626
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   126
Bog'liq
fayl 1865 20210918

2.8. Oraliq miya 
Oraliq miya topografik va funksional jihatdan epitalamus, talamus va 
gipotalamus kabi qismlarga bo‗linadi.
Oraliq miya qadoqli tana va 
svod
ostida yotadi, yon tomonlari bilan oxirgi 
miya yarim sharlari bilan qo‗shilib turadi, oldingi miyaning funksiyasi va 
rivojlanishi to‗g‗risida yuqorida aytilganlarga mos ravishda oraliq miyada ikkita 
asosiy qismlar farqlanadi: 1) dorsal (filogenetik jihatdan ancha yosh) – afferent 
yo‗llar markazi; 2) ventral (filogenetik jihatdan ancha qari) – gipotalamus – yuksak 
vegetativ markaz. Uning bo‗shlig‗i III me‘dacha hisoblanadi. 
Talamik miya, o‗z navbatda, uchta qismdan iborat: talamus, epitalamus – 


78 
talamus usti soha va metatalamus – talamus orti soha. 
Talamus
 
– yirik hosila bo‗lib, unga barcha afferent yo‗llardan va bosh 
miyaning turli tuzilmalaridan (miyacha, katta yarim sharlar po‗stlog‗i, targ‗il tana) 
impulslar keladi. Talamusning yadrolarida ushbu impulslarning qayta taqsimlanishi 
va yaqindan o‗zaro hamkorligi, po‗stloqosti darajasida integrasiyasi sodir bo‗ladi. Bu, 
signallarni katta yarim sharlar po‗stlog‗i darajasida yakuniy tahlili va sintezlanishi 
uchun ahamiyatga ega. Evolyusion rivojlanish jarayonida talamusning dorsal qismi 
boshqa sohalar bilan taqqoslaganda ancha rivojlanishga uchraydi. Yuksak 
hayvonlarning talamusi ko‗p sonli yadrolardan tarkib topgan bo‗lib, ularning bir 
qismini kelib chiqishi qadimiy va rivojlanishning turli darajalarida turgan 
hayvonlarda deyarli bir xildir. Talamusning ayrim yadrolari evolyusiya davrida 
progressiv ko‗paygan, tuban hayvonlarda o‗z analoglariga ega emas va shundan kelib 
chiqqan holda, periferik reseptorli hosilalar va bosh miya tuzilmalarini 
murakkablashuvi natijasida rivojlangan talamik strukturalar hisoblanadi.
Talamusning funksional ahamiyati juda katta. Unda afferent yo‗llar qayta 
ulanadi: orqa yadroda ko‗ruv trakti (po‗stloqosti ko‗ruv markazi, talamusning
assosiativ yadrosi) tolalarining bir qismi tugaydi; oldingi yadrolarida – talamusni hid 
bilish sohasi bilan bog‗lovchi tutam; va oxirida qolgan yadrolarda markaziy asab 
tizimining pastdagi bo‗limlaridan chiquvchi barcha qolgan afferent sezuvchi yo‗llari 
tugaydi. Shunday qilib, talamus deyarli barcha turdagi sezuvchanlikning po‗stloqosti 
markazi hisoblanadi. Bu yerdan, sezuvchi yo‗llarning bir qismi po‗stloqosti 
yadrolarga boradi (buning oqibatida talamus ekstrapiramida tizimning sezuvchan 
markazi hisoblanadi), bir qismi esa – bevosita po‗stloqqa boradi. 
Epitalamus.
Embriogenez jarayonida oldingi miya orqa tomonining 
to‗plamidan (epitalamusdan) epifiz (shishsimon bez) rivojlangan. Tuban 
umurtqalilarda, masalan minogada, ikkita analogik struktura rivojlanishi mumkin. 
Miyaning o‗ng tomonida joylashgan bittasining nomi pineal, chap tomondagi 
ikkinchisiniki – parapineal bez deyiladi. Pineal bez barcha umurtqalilarda mavjud 
(timsohlar va ayrim sut emizuvchilardan tashqari). Voyaga yetgan struktura 


79 
ko‗rinishidagi parapineal bez ayrim guruh umurtqalilarda (minoga, kaltakesak
baqalarda) mavjud.
Pineal va parapineal bezlar yorug‗likni qabul qiluvchi a‘zo yoki ―uchinchi 
ko‗z‖ sifatida funksiya qilgan joyda ular ko‗rayotgan obrazlarni emas, balki faqat 
turli darajadagi yorug‗likni farqlash qobiliyatiga ega. Bunday a‘zo sifatida, ular xulq-
atvorning ayrim shakllarini aniqlashi mumkin, masalan, kun va tunnning almashishi 
bilan bog‗liq bo‗lgan chuqur suv qatlamida yashaydigan baliqlarning vertikal 
migrasiyasini. 
Suvda va quruqlikda yashovchilarda pineal bez sekretor funksiyani bajaradi. U, 
melatonin gormonini ishlab chiqaradi. Bu gormon, melanoforalarda (pigmetli 
hujayralarda) pigmentlar egallab turgan maydonni kamaytirib, ushbu hayvonning 
terisini oqartiradi. Melatonin qushlar va sut emizuvchilarda ham topilgan bo‗lib, u 
tormozlovchi samara, xususan gipofiz gormonlari sekresiyasini pasaytiradi, deb 
hisoblanadi. Bundan tashqari, asab impulslariga gormonlar ishlab chiqarish bilan 
javob beradigan neyroendokrin qayta o‗zgartiruvchi rolini o‗ynaydi. 
Metatalamus.
Talamusning orqasida ikkita uncha katta bo‗lmagan do‗ngliklar
- tizzasimon tanalar mavjud. Hajmi kichkina, lekin ancha aniq ifodalangan medial 
tizzasimon tana talamus yostiqchasining tagida (undan aniq ko‗rinadigan pushta bilan 
ajralgan holda) pastki do‗ngchaning qo‗lchasini oldida yotadi. Unda, eshituv 
sitrmog‗ining tolalari tugaydi, buning oqibatida, u, o‗rta miya tomining pastki 
do‗ngchalari bilan birgalikda eshituv markazi hisoblanadi. Lateral tizzasimon tana 
kattaroq. Yassi do‗ngcha ko‗rinishida bo‗lib, yostiqchaning pastki lateral tomonida 
joylashadi. Unda, ko‗ruv traktining lateral qismini ko‗proq qismi tugaydi. Shu tufayli, 
lateral tizzasimon tana yostiqcha va o‗rta miya tomonining yuqorigi do‗ngchalari 
bilan birgalikda po‗stloqosti ko‗ruv markazi hisoblanadi. Ikkala tizzasimon tananing 
yadrolari markaziy yo‗llar orqali mos ravishdagi analizatorlarning po‗stloq oxirlari 
bilan bog‗langan 

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish