19
Tormozlanishning bu turi hujayra somasi va dendritlari membranasining
qo‗zg‗aluvchanligini pasayishidan hosil bo‗ladi. Tormozlovchi postsinaptik potensial
o‗zining vaqt tavsifi bilan qo‗zg‗aluvchi postsinaptik
potensialining aksi emas,
chunki uni latent davri katta. Tormozlovchi mediatorlar ta‘siridan postsinaptik
membrananing kaliy va kalsiy kationlarini o‗tkazuvchanligi kuchayadi.
Membrananing manfiy zaryadlangan teshiklari faqat kationlarni o‗tkazib
yuboradi, anionlarni o‗tishiga esa yo‗l qo‗ymaydi. Tormozlovchi postsinaptik
potensialning faol fazasida hujayra tormozlangan holatda bo‗ladi. Tormozlovchi
sinapslardan mediatorning ajralishi qo‗zg‗aluvchi sinapsdagiga o‗xshaydi. Tuzilishi
jihatidan farqlanmaydigan oddiy sinaptik pufakchalarda tormozlovchi mediatorlar
bo‗ladi. Ular qatoriga
gammaaminomoy kislota, glisin, dofamin, gistamin, serotonin,
glutamin kislota va boshqalarni kiritish mumkin.
Agar birorta efferent asab ta‘sirlanganidan keyin (bu vaqtda motoneyronda
tormozlovchi postsinaptik potensial hosil bo‗lmasa ham) mushak dukcha afferentini
ta‘sirlansa motoneyronda hosil bo‗layotgan qo‗zg‗atuvchi postsinaptik potensialning
amplitudasi kamayib ketishi kuzatiladi. Bu mediator ajralishining kamayishi sababli
bo‗layotgan tormozlanish
presinaptik tormozlanish
deb ataladi.
Afferent asab ta‘sirlangandan keyin motoneyron ta‘sirlansa, presinaptik
ta‘sirlanish sababli, monosinaptik refleks 15-20 ms o‗tgach tormozlanadi va 100–150
ms o‗tgach, qayta tiklanadi. Akso-akson sinapsni faollashuvining postsinaptik
membranasini
depolyarizasiyaga
olib
keladi.
U
birlamchi
afferentning
depolyarizasiyasi deb ataladi.
Postsinaptik membrananing depolyarizasiyalanishi presinaptik membranadan
mediator ajralishini kamayishiga olib keladi.
Presinaptik
tormozlanish
vaqtida
ajralayotgan
mediatorni
kamayishi
presinaptik harakat potensiali amplitudasining kamayishiga bog‗liq. Sust elektronik
tarqalayotgan harakat potensiali asab uchlaridan mediatorlar ajralishini ko‗paytirib
yuboradi,
yoki aksincha, batamom to‗xtatib qo‗yadi. Buning oqibatida asab tolalari
uchida to‗liq blokada sodir bo‗ladi.
20
MAT ning asosiy vazifasi organizm faoliyatini integrasiyalashdan iborat
ekanligini Ch. Sherrington (1906) ko‗rsatgan. Integrasiya reflektor yo‗l bilan amalga
oshadi. MAT va uning neyronlari tomonidan qo‗zg‗alish impulslarni qabul qilish,
xotira asosida ularni qayta ishlash, jumladan reflektor faoliyatini rejaga solish,
boshqarish va nazoratga yo‗naltirilgan buyruq impulslarni hosil qilish kabi vazifalar
MAT tomonidan umumlashtirilgan integrasiya deb ataladi.
Asab tizimining
integrasiyalash (lotincha ―integration‖ - umumlashtirish, tiklash) qobiliyati murakkab
tizim tomonidan amalga oshiriladi. Bu tizim MAT ning ma‘lum qismi emas, uning
bo‗limlarini o‗zaro uyg‗unlikda ishlashidan iborat. Bu esa organizmning tashqi va
ichki muhitda ro‗y beradigan barcha o‗zgarishlar ta‘siriga organizmning reflekslar
orqali moslashishini ta‘minlaydi.
MATning integrasiya xususiyati neyronlarning konvergensiya va
divergensiya
qobiliyatiga, postsinaptik membranalarni geterokimyoviy sezgirligi va
neyronlarni ta‘sir izlarini saqlab qolish xususiyatiga bog‗liq. Refleks halqasi deganda
refleksni amalga oshiradigan va reflektor javob harakteri va kuchi haqidagi
ma‘lumotni MATga uzatuvchi barcha tuzilmalarning uyushmasi tushiniladi. Refleks
halqasi refleks yoyidan tashqari effektor a‘zodan, MAT ga javob natijasi haqidagi
ma‘lumotni uzatuvchi teskari yo‗nalishli afferentasiyani ham o‗z ichiga oladi.
Ekstrafuzal (kapsula sirtidagi) va intrafuzal mushak tolalari b- va g-motoneyronlar
bilan nervlantirilgan. g-motoneyronlar orqali ekstrafuzal mushaklar qisqarishi
ta'minlanadi. g-motoneyron orqali qisqargan dukchalarning
ikkala uchiga kelib
tushadi. Bu asab orqali dukchalar, b-neyronlar orqali esa ekstrafuzal mushaklar
qisqarishi ta‘minlanadi. g-motoneyron orqali qisqargan dukchalarning reseptorlarida
hosil bo‗lgan impulslar 1- va 2-afferent asablar vositasida markazga uzatiladi.
Natijada yoyiluvchi mushak refleksi kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: