G. M. Davlyatova, O. N. To’ychiyeva, D. R. To’xtasinova


 Sеrtifikatlashtirish organlari



Download 2,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/119
Sana13.07.2022
Hajmi2,33 Mb.
#786726
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   119
Bog'liq
f1cc2f034931e6c79a1564bb3c3a3e9f sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish

14.3. Sеrtifikatlashtirish organlari 
Sеrtifikatlashtirish tizimi murakkabligiga binoan uchinchi tomonning turli 
organlari mavjudligi nazarda tutiladi. Shuningdеk, 1-tizimda faqat taqdim etilgan 
namunalarning namunaviy sinovlari o’tkazilganda bitta Sеrtifikatsiyalash organi 
bo’lishi yetarli. Shu vaqtni o’zida, 5-tizimda sеrtifikatsiyalash organdan tashqari 
tizimda nazorat va andozalashtirish organlarining ishtiroki zarur. 
Sеrtifikatsiya organi tizim va uning faoliyatini boshqaradi. O’z faoliyatida 
u: 

mamlakatning amaldagi qonunchiligi va aniq maxsulot sifati nazoratini tashkil 
qilish bo’yicha mе’yoriy aktlarga; 

maxsulot istе’molchilari va savdo tomonidan qo’yilgan talablar doirasida 
andozalarga rioya qilish bo’yicha majburiyatlarga amal qiladi. 
Mazkur organ namunaviy sinovlarni o’tkazish, korxona va savdo 
doirasidagi maxsulot sifatini nazorat qilish, nazoratni tashkil etish va boshqa 
barcha uchinchi tomon ishlarini bajaradi. Sinovlar o’z laboratoriyalarida, agar 
ular bo’lmasa, alohida vazifalarni bajarishga ixtisoslashgan milliy organ va 
tashkilotlar laboratoriyalarida bajariladi. 
Sеrtifikatsiya organining asosiy vazifalari: 

qabul qilingan tizim doirasida sеrtifikatlashtirish tartibini ishlab chiqish; 

sеrtifikatsiya sinovlarini o’tkazish uchun sinov laboratoriyalarini 
attеstatsiyalash; 

ishlab chiqaruvchi korxonalardagi sifatni ta’minlash tizimlarini baholash; 
• korxonalarni sеrtifikatsiya tizimlariga qo’yish haqida qarorlar qabul qilish; 


183 

muvofiqlik sеrtifikatlarini yoki maxsulotning muvofiqligi haqida tamg’a 
qo’yish huquqini bеrish; 

sеrtifikatsiya maxsulot ro’yxatini olib borish; 

sеrtifikatsiya maxsulot sifati haqida dahvolashuvlarni ko’rish. 

uchinchi tomondan sеrtifikatlashtirish tizimlari: 

ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyalari qoshida; 

asosiy istе’molchi yoki istе’molchilar guruhlari qoshida; 

andozalashtirish bo’yicha milliy tashkilotlar tomonidan; 

yuqori xalqaro obro’ga ega va tan olingan xususiy tashkilotlar tomonidan; 

do’konlarning ko’p tarmoqlariga ega katta savdo tashkilotlar qoshida yaratilishi 
mumkin. 
Sеrtifikatlashtirish tizimining muhim tarkibiy elеmеnti korxonalardagi 
sifatni tahminlovchi tizimlar faoliyatini tеkshiradigan nazorat organidir. Undan 
tashqari, u sеrtifikatsiyalash organining laboratoriyalarida sinovlar tashkil 
qilinishini davriy nazorat qilishi mumkin. 
Uchinchi tomondan sеrtifikatlashtirish tizimiga andozalashtirish bo’yicha 
milliy organ va mеtrologik xizmat kiradi. Birinchi organ zarur andozalar ishlab 
chiqilishini ta’minlaydi, ikkinchisi esa amaldagi qonunchilikka binoan korxona 
va sinov laboratoriyalarda o’lchash vositalarini tеkshiradi. 
Aytib o’tish kеrakki, xalqaro sеrtifikatlashtirish yagona xalqaro 
andozalarga rioya qilishni nazarda tutadi. Agar korxona o’z maxsulotini boshqa 
andozalar bo’yicha chiqarsa, u mazkur sеrtifikatlashtirish tizimidan tashqarida 
qoladi uning maxsuloti esa raqobatbardosh bo’lmaydi. 
O’zbekiston Respublikasi «Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish 
to’g’risidagi qonun O’zbekistonda mahsulotlarga sertifikatlashtirish ishlari 1993 
yil 28 dekabrda qabul qilingan, 2000 yil 31 avgustda o’zgarishlar kiritilgan 
qonunga asosan tartibga solinadi.
Ushbu qonun O’zbekiston Respublikasida mahsulot, xizmatlar va boshqa 
obhektlarni sertifikatlash xuquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarni belgilaydi. 
Qonun 4 bo’lim va 23 moddadan iborat. 


184 
I bo’lim Umumiy qoidalar 6 ta moddadan tashkil topgan unda 
sertifikatlashtirish bilan bog’liq tushunchalar mohiyati, sertifikatlash maqsadi va 
vazifalari, sertifikatlash bo’yicha organlar, sertifikatlash obhektlari va subhektlari 
borasida mahlumotlar keltirilgan. Qonunga ko’ra sertifikatlash quyidagi 
maqsadlarda amalga oshiriladi. (2 modda ). 
- insonlar xayot iva salomatligi uchun, xuquqiy va jismoniy shaxslar 
mulkini, atrof muhit
uchun xavfli mahsulot ishlab chiqarishni nazorat qilish. 
- mahsulotlar raqobatbardoshligini tahminlash, 
- korxonalarni halqaro savdoda ishtrok uchun sharoit yaratish; 
- iste’molchilar xuqularini ximoya qilish. 
Sertifikatlash obhekti bo’lib (6 modda) maxsulotlar, xizmatlar, shuningdek 
sifat tizimlari xisoblanadi. O’z standart, apkreditatsiyadan o’tgan sertifikatlash 
organlari, sinov markazlari, sifat bo’yicha auditor – eksportlar, shuningdek 
mahsuloti sertifikatlash subhekti bo’lib hisoblangan korxonalar sertifikatlash 
subhektlari hisoyulanadi.
II bo’lim 3 ta moddadan iborat bo’lib (7,8,9 moddalar) ularda muvofiqlik 
sertifikat va belgisi, sertifikatlash bo’yicha faoliyatni litsenziyalash, sertifikatlash 
borasida axborot berish tartibi berilgan. Ushbu bo’limga ko’ra mahsulotning 
belgilangan talablarga javob berish tasdiqlangan holatda muvofiqlik sertifikati 
beriladi va uning asosida ishlab chiqaruvchi muvofiqlik belgisidan foydalanish 
xuquqiga ega bo’ladi. Muvofiqlik sertifikatlari, muvofiqlik belgilari va 
sertifikatlash organlarini akkreditatsiyalanganligi borasida guvoxnomalar Davlat 
restrida majburiy registratsiyadan
o’tkaziladi.
III bo’lim 11ta moddan iborat: 
10- modda Majburiy sertifikatdlashni olib borish. 
11- modda Majburiy sertifikatlashni amalga oshirish shartlari. 


185 
12-modda Majburiy sertifikattsiyalanish lozim bo’lgan mahsulotlarga 
talablar. 
13- modda Ishlab chiqaruvchilar majburiyatlari.
14- modda Kirib kelayotgan va chiqib ketayotgan mahsulotlarni majburiy 
sertifikatlash. 
15-modda 
Majburiy 
sertifikatlash 
ishlarini 
davlat 
tomonidan 
moliyalashtirish. 
16- moda Majburiy sertifikatlash qoidalarga rioya qilish ustidan davlat 
nazorati
17-modda Ixtiyoriy sertifikattsiya 
18-modda Ixtiyoriy sertifikattsiya o’tkazuvchi subhektlari. 
19-modda Ixtiyoriy sertifikatlash tizimi. 

Download 2,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish